Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Barcha masalalarni to‘g‘ri tushunib, mazmun va mohiyatini tez holda payqay oladigan bo‘lsin.
Xotirasi baquvvat, ko‘rgan, sezgan narsalarining birontasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin. Zehni o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezish bilan nimani bildirishganligini tezda bilib olsin. So‘zlari aniq, aytadigan fikr-mulohazalarini ravon va ravshan bayon ega olsin. Bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini osonlik bilan o‘zlashtira olsin. Ovqatlanishda ichimlik iste’mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin... Haqiqat va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin. Yolg‘onchilarga nafrat bilan qaralsin. Ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin... O‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va uning uchun kurashadigan bo‘lsin... Adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o‘zbilarmonlikka berilmasin...1. Farobiyning fikricha insonning axloqli, saxovatli va aql-idrokli bo‘lishida bilimlarni egalashi muhim rol o‘ynaydi. Inson bilish orqali o‘z maqsadlariga erisha oladi. Abu Ali Ibn Sino ham «Alloh haqida risola», «Tib qonunlari», «Ash-shifo» va boshqa asarlarida odamlarni fazilatlarini kishilarni yaxshi va yomon xulqlarida bo‘lishini isbotlab berilgan. Ibn Sinoni ta’limotiga ko‘ra, odamga do‘st tutishning uch xil turi bor: Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo‘lishiga qaramay, kishi o‘z do‘stini falokatdan qutqarilsin; Ikkinchidan, g‘oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo‘lgan chinakam va doimiy do‘stlik; Uchinchidan, kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o‘zining shaxsiy manfaatini qondirish haqiqiy ko‘zda tutilgan do‘stlik bo‘ladi-deb ta’kidlaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda shu toyifada xalq pedagogikamizda shunday rivoyat tug‘ilgan:-«Do‘st bo‘lish oson, uni saqlash qiyin». Muqaddas qur’oni Karimda va payg‘ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hodisalarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o‘z ifodasini topgan. Muqaddas kalimalarni qanday qilib saqlanish lozimligi haqida yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatilgan. Jumladan qur’on karimda insonlarni axloqiy ruhda tarbiyalash uchun shunday rivoyatlarni ta’kidlagan: Siz yolg‘iz tangrim yagona Allohga sig‘ining. Ota-onangizga hamisha mehribon bo‘ling. qarindosh-urug‘larga yordamlashing, beva-bechoralarga va musofirlarga madadkor bo‘ling. Xasis bo‘lmang, lekin isrofgarchilikka ham yo‘l qo‘ymang. Bolalaringizning faqirlik tufayli qo‘ydirmang. Hayosiz, axloqsiz bo‘lmang. Bekor-behudaga qon to‘kmang. Etim-esirlarning moli va puliga ko‘z tikmang. Toat-ibodatni kanda qilmang. Savdogar bo‘lsangiz, to‘g‘ri o‘lchang, to‘g‘ri torting. Eshitgan har gapga ko‘r-ko‘rona ishonavermang. Takabbur, shuhratparsat va maxtanchoq bo‘lmang. Axloqiy tarbiya nafaqat harbiylarda bilimlarni hosil qilishni ko‘zda tutadi, balki bu me’yorlarni ularning qarashlariga va e’tiqodlariga aylanib, uning odatdagi xulq-atvor shakllarini belgilanishi nazarda tutadi. Axloqiy tarbiyani asosiy maqsadi: Yuksak axloqli insonni tarkib toptirishdan iborat bo‘lsa; Axloqiy tarbiyani vazifalari: Axloqiy ongni shakllantirish (ya’ni, shaxsning axloqiy tushunchalar, qarashlari va e’tiqodlari orqali ifodalanuvchi insonning borliqni psixikaviy aks etish shaklini tarkib toptirish); Axloqiy his-tuyg‘ularni tarkib toptirish va rivojlantirish; Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling