Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
53. Tarbiyada ishontirish
Tarbiya, ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo‘lgan, hamda o‘ziga xos qonuniyatlarga ham egadir. Bir butun pedagogik jarayonida ta’lim doimo tarbiyaviy vazifalarni, tarbiya esa hayotni bilish, bir-biriga ishontirish, unga tayyorlanishdek mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyaning vazifasi ko‘pqirralidir. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, ularni aytgan va qilmishlari boshqalar uchun ishonarli voqeadir. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchilarning qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining xulq-atvori hamda tevarak-atrofdagi muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. Tarbiya ishidagi ishontirish va izchilligi shundan iboratki, har bir tarbiya ishi muassasalarini ish rejasiga ishontirgan holda amalda oshiriladi. Tarbiyada ishontirish tamoyili bir maxsus maqsad va maromga yo‘naltirilgan bo‘lib, tarbiyaning asosiy maqsadiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Tarbiyada ishontirish o‘ziga xos bir ma’noga ega bo‘lgan taqdirda hayotidagi barcha ishlarni amalga oshirilishiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilingach o‘zining intellektual boyliklarini tiklashga kirishdi. Huquqiy demokratik jamiyat kurish yo‘liga o‘tdi. O‘tkazilayotgan demokratik islohotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga jamiyatda barqarorlik, ishonch va ishonchli davlat xavfsizligi darkor. Keyingi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari jangovar shayligi sifat ko‘rsatkichlari oshishida, jangovar potensial mustahamlanishida harbiy jamoaning roli nisbatan oshib bormoqda. Jangovar shaylik bilan bog‘liq vazifalar murakkablashdi, shuningdek, har bir bo‘linma uzaro harakatlar aniqligi, mosligi, bir-birini qullab-quvvatlab, ishontirishning ham ahamiyati oshdi. Jangchining jangovar ma’naviy-ruhiy qirralarining shakllanishida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ishonch paydo qilgan harbiy jamoaga ham talablar kuchaydi. Ayniqsa prinsipial xarakterdagi masalalarda, deylik, harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro ishontirish qoidalari buzilganda o‘ta kechirimlikka, qurqoqliklarga yo‘l qo‘yish, murosasozlik qilishga aslo chidab bo‘lmaydi. Har bir harbiy xizmatchi Nizomga zid o‘zaro ishontirish asosida sodir etgan jinoyati uchun javob beradi. Hamma, har kim harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi qoidalarni buzuvchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borishlari kerak. Kim qonunbuzarlik yo‘liga o‘tgan, harbiy intizomda yuksak jangovar shaylikning muhim asoslarini ko‘rishini istamaslik yo‘liga o‘tgan bo‘lsa ularga nisbatan qonun kuchini ishga solish, shu bilan birga harbiy jamoadagi askarlar, serjantlar, ofitserlar bilan yakka tartibda olib boriladigan kundalik tarbiyaviy ishlarini esdan chiqarmaslik zarur. Ofitser haqiqatan ham, har tomonlama bilimli, jismonan baquvvat, axloqiy-ruhiy jihatdan pok va etuk bo‘lishi lozim. Shunga qarab unga ishonib harbiylarni tarbiyasini topshiriladi. Usha har bir yosh askarni yuborayotgan ota-onalar ishonib mana shu ofitserni qo‘liga topshiradi desak ham mubolag‘adan xoli bo‘lmas. Keyin uni tarbiyachi ofitser bir yil mobaynida komil inson bo‘lib etishini ta’minlaydi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling