Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet99/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Xo‘sh, go‘zallik o‘zi nima?
Go‘zallik-insondagi axloq, ichki dunyo, tashqi ko‘rinish va yaxshi fazilatlardir. Go‘zallik ham ba misoli daraxt: yaprog‘i-axloq,, ildizi-ichki dunyo, tashqi ko‘rinish, mevasi-yaxshi fazilat. Xullas, aytganda, odam bolasidagi go‘zallik-tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorini, insondagi eng yaxshi fazilatlarnini o‘z ichiga olgan odamiylikdan iboratdir.
Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar. O‘zlaridan yaxshi nom qoldirishga intilganlar: «Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim»1.
Harbiylarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so‘zi ularning xulqiga bog‘liq. Yaxshi xulqga ega bo‘lgan ofitserdan go‘zallikni kutish mumkin. Abdullo Avloniy yaxshi xulq, go‘zallik qatoriga: matonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g‘ayrat, qanoat, shijoat, ilm, ma’rifat, sabr, intizom, hayo, idrok, itoat, muhabbat, sadoqat, avf va g‘ayralar kabilarni kiritgan.
«Bu yaxshi fazilatlarni qo‘lga olmoq uchun ota-ona, muallim, ustozlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i birla tinglab, doim xotirada tutmoq, axloqi yaxshi kishilar bilan ulfat bo‘lmoq, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdir»2.
Guzallikning turlari va aks etish fazilatlari shu qadar keng, shu qadar sertarmoqki, uni aytgan bilan ado qilib bo‘lmaydi. Lekin biz ma’naviy guzallikni hayot taqozasiga qarab shu fazilatlarga bo‘lindik:
-Odamiylik, bu odamlar jamoasidan ayri yashash mumkin bo‘lmaganidek, xizmat burchi yo turmush ehtiyoji bilan ham odamlarga ro‘baru kelmaslikning iloji yo‘q. Bu esa, «odam ishi odam bilan bitadi», degan so‘z. Lekin bu ish shirin bitadimi yo achchiq, bunisi muomala egasining xulq-atvoriga, qo‘pol yoki muloim muomalasiga bog‘liq. Yaxshi muomala bu insonning odamiylik nuqtai nazaridan aks etishini tushuniladi. Shuning o‘z qadru qimmatini bilgan odam odamiylik fazilat birovga yaxshilik qilish muomala tufayli shakllanadi.
-Yaxshilik qilish fazilati umuminsoniy qadriyatlar orasida juda muhimdir. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi yodgorligi «Avesto» kitobida ezgu fikr, yaxshi so‘z va yaxshi ishlar insoniy fazilat sifatida ulug‘lanadi. Islom ta’limotida ham boshqalarga yaxshilik qilish insonning tabiiy ehtiyoji (vojiboti) bo‘lishi kerakligi tushuntiriladi: «Olloh Senga yaxshilik qilganidek, Sen ham o‘zgalarga yaxshilik qil». «Agar chiroyli amallarni qilsangizlar o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, yomon, gunoh ishlarni qilsangizlar ham o‘zingiz uchundir» deyiladi qur’on suralarida. Yaxshilik qilganlarga qiyomat dahshatlaridan omonlik va’da qilinadi. Yaxshilik-ishonch, mehr, oqibat kabi axloqiy tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, qorong‘ulikda ham yorishib turadi. Shuning uchun ham harbiylarda yaxshilik qilish ularning og‘irini engillatish, el-yurt mustaqilligi, farovonligi uchun yashash, ishlash, kurashish demakdir.
-Guzallikni yana bir akslanuvchi sifati bu-salomlashdir. Harbiylar o‘rtasidagi muomala va munosabatlar salomdan, salomlashishdan boshlanadi. Salom berganingizda Sizga notanish, hatto yoqimsiz nigoh bilan qarab turgan odam ham alik oladi. Ajdodlarimiz salomlashishni insonning «Odob Alifbosi» deb ataganlar. Odatda bir-birimiz bilan uchrashganimizda «Assalomu aleykum» deyishamiz, uning ma’nosi «Salomat va tinch bo‘ling» deganidir. Ikkinchi shaxs javoban «Voaleykum assalom» deyishadiki, unda «Siz ham salomat va tinch bo‘ling» degan ma’noni tushunamiz.
Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhissalom aytgan ekanlar: «O‘rtangizlarda Salomni tarqatingiz, o‘zaro muhabbatlaringiz ortadi». Hadisda yana shuni qayd etadiki, «Uchrashganda qaysi biringiz birinchi bo‘lib salom bersangiz, shu odam tangriga ham itoatliroqdir».
Salomlashish odobi hamma xalqlarda mavjud. Kattayu-kichikka, tanishu notanishga salom berish xalqimizning qadimiy va eng yaxshi urf-odatlaridan biridir. Salomlashganda salomlashish fazilatlariga e’tibor berish zarur.
-Harbiylarni eng yaxshi, olijanob fazilatlaridan biri bu-samimiylikdir. Samimiylik arab tilidan olingan bo‘lib, samimiyat, samimiy so‘zlar deb tushunib, uning ma’nosi «Boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan, xabardor» degan ma’nolar chiqadi. Samimiyat kishilarning o‘zaro munosabat va muloqotida yuzaga chiqadi. Samimiylik maqtov yoki muloim muomaladangina iborat emas, yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish va qayta takrorlamaslik uchun koyish, kamchilikni xolisona ko‘rsatish, to‘g‘ri yo‘lga olish ham samimiylikning muhim qutblaridan biri sanaladi. Samimiy ofitserlar kattayu kichikga barobar, ularnin ko‘nglini olishga, ma’rifatga intiladilar, haqiqatni yoqlaydilar, o‘zini ham hurmat qiladilar. Bunday insonlar elda aziz va katta obro‘ga ega musharraf bo‘ladilar.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling