pedagogik takt, ya'ni ofitserning har qanday, hatto konfliktli vaziyatlarda ham bo'ysunuvchilar
bilan bo'ladigan munosabatida pedagogga xos bosiqlik, vazminlik va aqlidrok bilan o'zini tuta
olish qobiliyati.
Tashkilotchilik qobiliyati nima?
Tashkilotchilik qobiliyati- bo'linma pedagogik jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim
vazifalarni hal etishga ruhlantira olish va o'z ishini to'g'ri tashkil eta olish (o'z ishini to'g'ri
rejalashtirish va nazorat qila bilish, konkret sharoitlarga moslasha olish va hokazo).
Muomala (kommunikativ) qobiliyati nima?
Muomala (kommunikativ) qobiliyati - bo'ysunuvchilar, boshliqlar, turli toifadagi harbiy
xizmatchilar va ishchixizmatchilar hamda ularning oila a'zolari, askarlarning otaonalari,
jamoatchilik vakillari bilan pedagogik va psixologik nuqtai nazardan o'zaro munosabatlar o'rnata
olish.
Didaktik qobiliyati nima?
Didaktik qobiliyati-o'quv materialini tushuntira olish, tinglovchi ongiga yetkaza bilish, ilmiy
izlanuvchanlik, fan va texnika yangiliklaridan ta'limtarbiya jarayonida unumli foydalana olish
qobiliyati.
Kuzatuvchanlik qobiliyati nima?
Kuzatuvchanlik qobiliyari-ofitserning o'z bo'ysunuvchilari va atrofidagilarning ruhiy holatini,
ichki kechinmalarini, ulardagi ijobiy va salbiy o'zgarishlarni seza olish qobiliyati.
Nutq qobiliyati (nutq texnikasi) nima?
Nutq qobiliyati (nutq texnikasi) - nutq yordamida o'z fikr va tuyg'ularini aniq va ravshan ifoda
eta olish qobiliyati.
Harbiy xizmatchilar o'rtasidagi munosabatlar qanday shakllarda bo'ladi?
Harbiy xizmatchilar o'rtasidagi munosabatlar quyidagi shakllarda bo'ladi: xizmatga oid,
xizmatdan tashqari (maishiy) va shaxsiy munosabatlar.
Jamoa fikri deb nimaga aytiladi?
Jamoa fikri deb, biron bir masalaga nisbatan jamoa a'zolarida paydo bo'lgan fikrlar majmuasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |