Harbiy tayorgarlik (tibbiy tayorgarlik va hayot faoliyati xavfsizligi)
§ P1- filtrning namuna olinganga kadar bo’lgan ogirligi
Download 53.54 Kb.
|
1 2
§ P1- filtrning namuna olinganga kadar bo’lgan ogirligi; § P2- filtrning namuna olingandan keyingi ogirligi; § V0-normal sharoitda filtrdan utgan havo mikdori,m3; § V1-tajriba paytidagi havoning harorati va bosimida filtrdan utgan chang mikdori,m3; § B- aspiratorning ko’rsatishi; § t-tajribani utkazishga sarflangan vakt; § T- havo temperaturasi; § 760- mm.sim.ustuni havo bosim; Tajriba o’tkazilgandan keyin quyidagi jadvalni to’ldirish kerak
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me`yorlari. Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritishga qo`yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o`lchov birliklari. Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o`ringa ega hisoblanadi. Ko`rish inson uchun asosiy ma`lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma`lumotning tahminan 90% ko`z orqali olinadi. Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar etkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Yorug’lik ko`zni qamashtirmaydigan bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko`zga to`g’ridan-to`g’ri tushmasligi kerak. Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to`g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo`lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgartirib turishi natijasida ko`zining akkomodatsiya hususiyati buzilib, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. Shuning uchun ham korxonalarni me`yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yahshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi. Me`yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yahshi bo`ladi, shuningdek havfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida bahtsiz hodisalar keskin kamayadi. Inson ko`zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo`lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko`rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientilari kiradi. Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha). 2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir. Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga hizmat qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega. Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: -Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; -Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko`rinishda bo`ladi. -Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi. -Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi darajasida ta`minlaydi. -Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo`llanilganligidir. Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda hizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi. Tabiiy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari. Ishlab chiqarishda yoritilganlikni to`g’ri tanlash uchun zarur qo`llanma sifatida me`yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 hizmat qiladi. Ish o`rinlarida yorug’likni me`yorlashning asosiy maqsadi inson sog’lig’ini himoya qilish va tavakkalchilik asosida qilinajak sarf harajatni oldini olishdan iborat hisoblanadi. Tabiiy yorug’likni vaqtga nisbatan doimiy o`zgaruvchanligi sababli, uni sifati va miqdorini o`lchash va nazorat qilib turish maqsadida mahsus ko`rsatkich, o`lchov mezoni sifatida qabul qilingan. Bu ko`rsatkich tabiiy yoritilganlik koeffitsienti deb ataladi va u bino ichidagi yorug’lik miqdorini (Ei) uning tashqarisidagi miqdori (Et) ga nisbatini foiz hisobida olingan miqdoriga aytiladi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. emH Ei / Et × 100 % Tabiiy yorug’lik ko`rsatkichi me`yorini tanlash ish joyidagi bajariladigan ishning va binoning turiga, yoritish tizimining hiliga qarab quyidagi formula yordamida aniqlanadi. em H em sh × m × S Bu erda, em sh – tabiiy yorug’lik koeffitsienti SNiP II-4-79 jadvalidan olinadi; m – yorug’lik iqlimini ko`rsatuvchi koeff shu me`yorda jadvaldan (m H 0,8 – 1,2); S – iqlimning quyosh koeff jadvalda (0,65 – 1,0). Tabiiy yoritilganlikni me`yorlashda, bino shiftdan yoritilsa, yoritilganlikni o`rtacha miqdori qiymatida me`yorlanadi, agar deraza orqali yoritilsa, unda deraza qarshisidan 1,0 m. masofada turgan nuqta uchun yoritilganlikni eng kam qiymati me`yorlanadi. Nazorat savollari Havo tarkibini aytib bering? Havo namligi insonga qanday ta`sir qiladi? Havo harorati insonga qanday ta`sir qiladi? Shamol insonga qanday ta`sir qiladi? To’yingan va to’yinmagan bug’lar orasidagi farq nimadan iborat? Havoning namligi deb nimaga aytiladi? Absolyut va nisbiy namliklar qanday aniqlanadi? Havoning namligini qanday asboblar yordamida aniqlash mumkin? Havoning namligini aniqlaydigan usullarni tushuntiring? TALABALAR O`QIB KONSPEKT QILISHADI ◄ videomanzillar ...ga o'tish Ishlab chiqarishda faoliyati xavfsizligi boshqarish tizimi ► Download 53.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling