Harbiy xizmatni o‘tash tartibi Reja: Harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga sharh


Ayollar qaysi turdagi harbiy xizmatni o’tashlari


Download 29.45 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi29.45 Kb.
#1173757
1   2   3
Bog'liq
Harbiy xizmatni o

Ayollar qaysi turdagi harbiy xizmatni o’tashlari
O`zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida”gi qonunining 4-moddasi harbiy xizmat turlari haqida. Harbiy xizmat fuqarolarning Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turi. Harbiy xizmatning quyidagi turlari mavjud: [1] muddatli harbiy xizmat; [2] safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat; [3] kontrakt bo’yicha harbiy xizmat; va [4] O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o’tagan rezervchilar xizmati.
Yuqorida tilga olingan birinchi (muddatli harbiy xizmat) va ikkinchi turdagi (safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat) harbiy xizmatga tinchlik davrida faqat quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar jalb qilinishi mumkin:

  • [1] O‘n sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bo‘lgan;

  • [2] Salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli;

  • [3] Erkak fuqarolar chaqiriladilar.

To’rtinchi harbiy xizmat turi ham faqat erkaklar uchun mumkin, chunki rezervchilar xizmati faqat haqiqiy harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervdagi xizmatni o’taganlardan tashkil topadi. Uchunchi turdagi (kontrakt bo’yicha) harbiy xizmatni o’tash uchun erkak bo’lish sharti qo’yilmagan. Demak, ayollar kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tashlari mumkin.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat nima?
Qonunning 7-moddasiga binoan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar. Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin.
Qonunning 24-moddasiga ko’ra, harbiy xizmat talablariga javob beruvchi ayollar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) quyidagi harbiy xizmatlarga kirishlari mumkin:

  • [1] Oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga – o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan ayollar;

  • [2] Oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga – o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar;

  • [3] Harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida – o‘n etti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n etti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek harbiy ta’lim muassasalarda o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;

  • [4] Ofitserlar tarkibi lavozimlariga – qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

Download 29.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling