Harflarni bir XIL balandlikda yozish


I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish


Download 49.5 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1490708
1   2   3
Bog'liq
Harflarni bir xil balandlikda yozish.

I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish.
Boshlang'ich sinf dastur talabiga ko'ra 1-sinfning IV choragida yozuv darslari uchun 24 soat vaqt berilgan bo'lib, undan haftada 1 soatni chiroyli yozuv uchun ajratilgan.
Bu davrda o'qituvchi yozuv malakalarini yanada takomillashtrish, yozuv gigiyenasi qoidalriga rioya qilish hamda harflarning shakli va ularning bog'lanishi, qo'l harakatini uzmasdan yozish, so'z, bo'g'in va so'zlarning ravonligiga e'tibor berishi lozim.
2-sinfda chiroyli yozuv uchun haftada 1 soat vaqt ajratilib, yiliga 34-35 soatni tashkil etadi.
Bu davrda o'quvchilardan ruchkani to'g'ri ushlash, daftarning holatini to'g'ri tutish, to'g'ri o'tirish kabi gigiyenik qoidalar talab etiladi. Shuning harflarning sodda va murakkabligiga qarab gruppalarga bo'lib yozdiriladi. Ayrim bo'g'in va sodda so'zlar qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozdiriladi.
3-sinfda husnixat mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10 minut) qo'shib olib boriladi.
Bu davrda yozilishi va bog'lanishi murakkab bo'lgan kichik va bosh harflarning yozish qoidalari mashq qildiriladi. Ayniqsa bu davrda bog'lanishi murakkab bo'lgan so'z va gaplarni ravon yozish ustida ko'proq mashqlar o'tkaziladi.
4-sinfda ham chiroyli yozuv mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10 minut) qo'shib olib boriladi.
Bu davrda harflarni qoida bo'yicha to'g'ri yozish malakalari mustahkamlanadi. So'z va gaplarda bog'lanishli harflarni topib tahlil qilinadi hamda ravon va tez yozish malakalari rivojlantirilib o'quvchilarning yozuvlarda uchraydigan tipik xatolar ustida mashq qildiriladi.

ADABIYOTLAR

  1. G'ulomov M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini husnixatga o'rgatish" T.1970

  2. G'ulomov M. "Chiroyli yozuvni shakllantirish" T. 1992 3.G'apporovavaboshq. "Alifbe" T. 1999

7. G'apporova va boshq. "1-2 yozuv daftari" T. "O'qituvchi" 1999 6.Husnixat daftari. 1 -sinf uchun.T-1999 7.Husnixat daftari.2-sinf uchun.T-1999
8. Husnixat daftari.3-sinf uchun.T-1999 9. Abdullayev Y. "Hamrohim" T. 1997
9. http://ziyonet.uz
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling