Harflarni bosimsiz bir tekis yozish
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish
Download 42 Kb.
|
1 2
Bog'liqHARFLARNI BOSIMSIZ BIR TEKIS YOZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harflarni elementlarga ajratmay yozish.
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish.
Yuqorida eslatib o'tkanimizdek avtoruchkada, asosan, bosimsiz yozdiriladi. Avtoruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo'sh ushlash kerak. Matnda uchragan nuqta va tayoqchalarni qo'yishda avtoruchkan bosmasdan sekin va erkin harakat qildirish lozim. Bosimsiz yozishning afzalligi shundaki, harflarning umumiy ko'rinishi bir tekisda chiroyli bo'lib, tez yozish malakasini shakllantirishda va bog'lab yozishga o'rgatishda osonlik tug'diradi. O'qituvchi ham doskaga yozib ko'rsatganda bo'rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishga harakat qilish kerak. O'quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko'chirib yozishga ruxsat etmaslik kerak. O'qituvchi o'quvchilarni birinchi kundan boshlab bosimsiz, bir tekis yozishga odatlatirib borsa, bolalarning qo'li tolmaydi. Harflarni elementlarga ajratmay yozish. Birinchi sinfda o'quvchilar harflarning shaklini yozib tugatganlaridan keyin o'qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo'shib yozishga o'rgatishdan iborat bo'ladi. Boshlang'ich sinflarning o'quv dasturida o'quvchilardan harflarni elementlarga ajratmay, bog'lab yozishlari talab etiladi. Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda uchraydi, chunonchi sha, ma, na, lo kabi bo'g'inlar shunday yoziladi: Bunday qo'shib yozishni ayrim bot harflarda ham uchratish mumkin. Masalan, K bosh harfining yozilishini ko'raylik: Ko'pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo'l harakatni uzmay, ulab yoziladi. O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qaytarish namuna sifatida quyidagi tartibda tushuntirish mumkin: - Bolalar, qarang. Men kichik 1 harfini kichik o harfiga qo'shib yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'limning harakatiga qarab turing. - Kichk d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik o harfini hosil qilamiz. - Qani, o'quvchilar, kim ko'rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo'shib yozdim? Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo'lni yurgizib ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar. Agar o'quvchi yanglishib qolsa, boshqa o'quvchini chiqarib uning yo'l qo'yogan xatosi tuzatiladi. - Qani endi bolalar, bu harflarning qo'shilishi harakatini havoda hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling, boshladik (o'qituvchining o'zi ham bir qaytaradi). O'quvchilar doskadagi d va o harflarining yozilishiga qarab havoda harakat bajaradilar. - Endi bolalar bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator ko'chirib yozganingizdan so'ng o'zingizni tekshirib ko'ring. Agar yozayotganingizda qo'l harakati uzilmagan bo'lsa, demak to'g'ri yozayapsiz. - Endi bu ikkala harfni qo'shib, bir necha qator yozamiz. O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo'shib yozishda ham shunday yo'l bilan tushuntirish zarur. Birinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5 harfdan tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza oladilar. Ikkinchi sinfdan boshlab esa har qanday murakkab so'zlarni ham bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'l harakatini uzib yozishni talab etadi. Masalan, kichik b harfi o'zidan keyingi harflar bilan bog'lanishda qo'l harakatini uzib yozishni talab etadi. Kichik o harfi ham kichik 1, m, ya harflari bilan bog'lanishda qo'l xarakatini uzib yozishni talab etadi. Bunday harflarning bog'lanishiga o'qituvchi alohida e'tibor berishi kerak. Masalan, o'qituvchi doskada shu harflarning bog'lanishiga xos bo'lgan lola, bobo so'zlarini yozib ko'rsatishi mumkin: Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling