Харобаси (мил ав. 2-минг йилликнинг иккинчи ярми). Шеробод тумани


Aholi punktini vayron qilish [ tahrir | kodni tahrirlash ]


Download 0.74 Mb.
bet31/38
Sana21.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1643141
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38

Aholi punktini vayron qilish [ tahrir | kodni tahrirlash ]


1978 yilda ish to'xtatilgandan so'ng, mahalliy aholi qadimiy shahar xarobalari ostida ko'milgan son-sanoqsiz xazinalarni qidirib, saytda ishladilar. Noyob yodgorlikning madaniy qatlamiga tuzatib bo'lmaydigan zarar yetkazildi - yirtqich qazishmalar aholi punkti bo'ylab xaotik tarzda teshiklarni qazish orqali amalga oshirildi, bu esa hatto Google Maps sun'iy yo'ldosh fotosuratlarida ham ko'rinadigan rel'efning o'ziga xos "to'lqini" ni yaratdi. .
113. Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shim sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir za-monlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. O.ning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.
O.ning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". Kpavixo saroyni koʻzdan kechirganda (1404, 29 avgust) u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xo-razmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2-marta takrorlangan.
Yozma manbalarga koʻra, O. turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur maʼlumotlariga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan gʻisht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan ku-fiy xatlar zamini yoʻgʻon koʻk belboqqa oʻxshash mujassamotni tashkil etgan. O. devorlaridagi ranglar jilosi, tari-xiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori be-zaklar, islimiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bagʻishlagan. Ranglarning oy yorugʻida jilolaniboqarib koʻrinishidan bino O. deb nomlangan.
Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.
1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon O. peshtogʻi ostida toj kiyib, taxtga oʻtirganligi peshtoqning oʻsha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973— 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994—96 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.
114. Oltintepa — jez davriga oid shahar harobasi (mil. av. 3—2 ming yillik). Turkmaniston jan.dagi Meana qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1929-yil A. A. Semenov topgan. 1930-yillarda A. A. Marushenko, 1949-yildan M. Ye. Massoy boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirgan. O. shim.-sharkdan jan.-gʻarbga choʻzilgan boʻlib, bal. 20 m ga yetadi. O. qad. dehqonchilik madaniyatiga oid yodgorlikdir. O.ning maydoni 60 ga dan ortiq. O.ning atrofi kalinligi 2 m gʻisht devor bilan oʻralgan boʻlib, ichida aholi yashaydigan massivlar, kulolchilik mahallasi boʻlgan. Keng va uzun yoʻllar, bir necha xumdonlar, mahobatli uy qoldiklari, diniy inshootlar, zikkurat, mozorlar topilgan. Bu topilmalar qad. Oʻrta Osiyoda dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi oʻtroq qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.[1]

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling