Харобаси (мил ав. 2-минг йилликнинг иккинчи ярми). Шеробод тумани


Download 0.74 Mb.
bet25/38
Sana21.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1643141
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Minorayi Kalon (Katta minora), Arslonbek minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Poyi Kalon meʼmoriy ansamblining bir qismi. Eski Buxoroning eng baland inshooti, balandligi 47.5metr. Oʻz vaqtida Chor Rossiyasi hujumi natijasida 26 ta bomba borib tekkan lekin qulab tushmagan. Minorayi Kalon 1127-yilda qurilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Minorai Kalon oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan.
Oʻz vaqtida Minorai Kalon yuqoridan kuzatish va din ishlari, xususan, aholini Poi Kalon masjidiga bayram namozlariga va juma namozlarga chaqirish uchun xizmat qilgan. Baʼzi manbalarda Buxoro amirligi davrida bu yer tomoshaviy qatl joyi boʻlgan degan farazlar ham uchraydi.
Bu ulugʻ inshoot bilan bogʻliq koʻplab afsonalar keltirilgan. Ulardan birida aytilishicha, tuya suti va alebastr qorishmasidan minoraning poydevorini tiklagan usta-quruvchi birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻng qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan.
Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Muhammad 1127-yilda qurdirgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan.

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Yer sathidan 10 m chuqur, balandligi 47,5m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 105 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan krikcha boʻlgan. Minorai Kalonning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak gʻishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasaviy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasaviy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). Minorai Kalon shu turdagi qadimiy inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi, handasaviy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling