Harorat datchiklari: termopara, qarshilik va termometr harorat datchiklarining tahlili, hisobi va usullari
Download 1.57 Mb.
|
Harorat datchiklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Электр сигналларини рақамли сигналларга айлантириш қ урилмаси Информация-ларни са қ
Harorat datchiklari: termopara, qarshilik va termometr. harorat datchiklarining tahlili, hisobi va usullari. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarning quyidagi fizikaviy kattaliklari( texnologik parametrlari) o‘lchanadi: texnologik jarayondagi harorat(harorat); texnologik jarayonning borishidagi bosim; texnologik jarayonda mahsulotlarni tayyorlash uchun qo‘llanilayotgan hom ashyolarning nisbiy miqdorlari; texnologik jarayonda atrof muhitga chiqarilayotgan chiqindi gazlarini tarkibi va ularni nisbiy miqdori. Sanab o‘tilgan texnologik jarayonlarni fizikaviy parametlarini qiymatini o‘lchash maxsus birlamchi datchiklar yordamida amalga oshiriladi. Sxematik tarzda ixtiyoriy fizik parametrni o‘lchash tizimini quyidagicha ifodalash mumkin: Электр сигналларини рақамли сигналларга айлантириш қурилмаси Информация-ларни сақлаш ва ифодалаш қурилмаси Иккиламчи ўлчаш курилмаси Бирламчи датчик Sxemadan ko‘rinib turibdiki, texnologik jarayonni kuzatishda asosiy birlamchi o‘rinni datchiklar egallaydi. Datchik bu fizikafiy parametrni qiymatini mos elektr yoki boshqa ko‘rinishdagi signalga aylantirish qurilmasidir. Ikkilamchi qurilmalar datchiklardan olingan elektr yoki boshqa ko‘rinishdagi signallarini qiymatini ma’lum o‘lchov shkalasi yordamida ifodalash bilan birgalikda o‘rnatilgan chegaraviy qiymatlarda diskret boshqaruvchi signallar chiqarishщi mumkin. Elektr signallarini maxsus programma ta’minoti asosida aniq protokollarga mos raqamli signallarga aylantiruvchi qurilma informatsialarni saqlash (yozib borish) va vizual ifodalash qurilmasi hisoblangan kompyuterga uzatadi. Bizning maqoladan asosiy maqsadimiz, ishlab chiqarishni hamma sohalarida keng qo‘llanilayotgan hozirgi zamon birlamchi harorat datchiklarini ishlash prinsiplari va kvalifikatsiyasi bilan tahliliy tanishishdir. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab dunyo bo‘yicha texnologik jarayonlarni nazorat qilishni o‘lchov asboblari yangi pog‘onaga o‘ta boshladi. Bu qo‘llanilayotgan datchiklarni bir standartga olib kelish, ya’ni datchiklardan olinayotgan signallarni aniq universal shkalalarga keltirish, ularni ixtiyoriy markadagi ikkilamchi o‘lchov qurilmasiga ulash imkoniyatini berdi. Ko‘pchilik turdagi birlamchi datchiklardan olinayotgan ya’ni, datchikdan chiqayotgan analog elektr signallari datchikni texnologik jarayonni qanday fizik parametirini o‘lchashidan qat’iy nazar quyidagi universal qiymatlar shkalasiga keltirildi: - 0 dan 5 mA gacha; - 0 dan 20 mA gacha; - 4 dan 20 mA gacha; - 0 dan 1 V gacha; - 0 dan 10 V gacha. Xaroratni o‘lchashni suyuqlikli, manometrik termometrlaridan farqli o‘laroq, hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarni uzliksiz nazorat qilish va boshqarish tizimida asosan quyidagi haroratlarni o‘lchash datchiklari qo‘llanilmoqda: - termoqarshilikli datchiklar; - termoparalar; - pirometrlar; Bu datchiklar o‘zlarini ishlash prinsiplari, haroratni o‘lchash intervali va xatolik darajasi bilan farqlanadi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling