Harorat datchiklari
Download 218.47 Kb.
|
Intellekt 2ta mustaqil ish
BOSIM DATCHIKLARI
Bosim yuzaga perpendikulyar ta’sir qiluvchi kuchning ushbu yuzaning maydoniga nisbatidir. Bosim tarqalgan fizik o’lchash kattaliklar soniga kiradi. Issiqlik va atom energetikasi, metallurgiya, kimyodagi ko’plab texnologik jarayonlarni o’tishining nazorati bosimni yoki gaz va suyuq muhitlar bosimi ayirmasini o’lchash bilan bog’liq. Bosim — bir jism tomonidan boshqasining yuza birligiga ta’sir qiluvchi normal taqsimlangan kuchni ta’riflaydigan keng tushunchadir. Agar ta’sir etuvchi muhit – suyuqlik yoki gaz bo’lsa, bosim muhitni ichki energiyasini ta’riflagan holda holatning asosiy parametrlaridan biridir. Bosimning quyidagi turlari mavjud: atmosfera bosimi, absolyut bosim, ortiqcha bosim va vakuum (siyraklashuv). Atmosfera (barometrik) bosimi — yer atmosferasi havo ustuni massasi bilan yaratiladigan bosim. Absolyut bosim — absolyut noldan boshlab hisoblangan bosim. Absolyut bosimning hisoblash boshi deb havosi butkul tortib olingan idish ichidagi bosim belgilangan. Ortiqcha bosim — absolyut va barometrik bosimlar orasidagi ayirmasi. Vakuum (siyraklashuv) — barometrik va absolyut bosimlar orasidagi ayirma. SI sistemasidagi (tizimidagi) bosimni o’lchash birligi — Paskal (Pa), bir kvadrat metr (N/m2) maydonga bir nyuton ta’sir qiluvchi kuch bilan hosil bo’ladigan bosimga teng. kPa va MPa karrali birliklar ham keng qo’llaniladi. Kvadrat santimetrga (kgs/sm2) va kvadrat metrga (kgs/m2) kilogramm-kuch kabi birliklar ishlatilishi ham mumkin, oxirgisi son jihatdan suv ustuni millimetri (suv ust. mm)ga teng. Bosim datchiki — chiqish parametrlari o’rganilayotgan muhit suyuqlik, gaz yoki bug’ bo’lsin, bosimiga bog’liq bo’luvchi qurilmadir.Zamonaviy sistemalar (tizimlar) ushbu turdagi aniq asboblarsiz ishlay olmaydi, ular turli sohalarni avtomatlashtirish tizimlarida ishlatiladi: energetika, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz sohasi va ko’plab boshqalar. Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) manometr — mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; 2) barometr — atmosfera bosimini o‘lchaydi; 3) vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi; 4) manovakuummetr — ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; 5) naporomer — kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi; 6) tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi; 7) tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; 8) differensial manometr — ikki bosim ayirmasini(bosimlar farqini) o‘lchaydi. Har qanday bosim datchigi tarkibiga quyidagilar kiradi: sezgir elementli dastlabki bosim o’zgartirgichi; t uzilishi bo’yicha har xil korpus detallari; signalni qayta ishlash uchun sxemalar. Download 218.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling