Hasharotlar ahamiyat. Ayni paytda hasharotlarning mln ga yaqin turlari ma’lum bo‘lib, entomologiya biologiyaning eng tez su’ratlar bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi
Download 17 Kb.
|
1.Hasharotlar a-WPS Office
1.Hasharotlar ahamiyat. Ayni paytda hasharotlarning 2 mln. ga yaqin turlari ma’lum bo‘lib, entomologiya biologiyaning eng tez su’ratlar bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi.Entomologiya fani 2 ta bo‘limga bo‘linadi:1. Umumiy entomologiya. Bu bo‘lim (fan) hasharotlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadi va bir qancha tarmoqlarga bo‘linadi: a) hasharotlar morfologiyasi- hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganadi; b) hasharotlar fiziologiyasi- hasharotlar organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarni o‘rganadi;v) hasharotlar biologiyaci- hasharotlarni individual taraqqiyotini o‘rganadi;g) hasharotlar ekologiyasi- hasharotlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan aloqasini o‘rganadi;d) hasharotlar geografiyasi- hasharotlarning yer sharida tarqalishini o‘rganadi;ye) Hasharotlar sistematikasi- hasharotlarning sistematik taksonlarga joylashtirilgan holda o‘rganadi.2. Xususiy entomologiya. Bu bo‘lim hasharotlarni ma’lum yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganadi. M;a) Qishloq xo‘jaligi entomologiyasi- qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan parazit va zarakunanda hasharotlarni o‘rganadi;b) O‘rmon xo‘jaligi entomologiyasi - o‘rmon o‘simliklarida parazitlik yoki zararkunandalik qiladigan hasharotlarni o‘rganadigan soha;v) Meditsina entomologiyasi- odamlar organizimida parazitlik qiladigan va zarar yetkazuvchi hasharotlarni o‘rganadi;g) Veterenariya entomologiyasi- qishloq xo‘jaligi hayvonlarida parazitlik qiluvchi va zarar yetkazuvchi hasharotlarni o‘rganadiHasharotlarning tabiat va inson uchun ahamiyati juda katta.1. Hasharotlar mahsulotlaridan oziq-ovqat, kiyim-kechak sifatida foydalaniladi. Masalan, asalari, tut ipak qurti mahsulotlari.2. Hasharotlar o‘simliklarni chetdan changlantiradi. 3. Hasharotlar tabiatning sanitarlari hisoblanadi. Jumladan, biror hayvon o‘lsa hasharotlar tezda kelib u bilan oziqlanadi va o‘limtikni yo‘q qiladi. 4. Hasharotlar dekorativ, ya’ni chiroyli hayvonlar ham hisoblanadi.Hasharotlarning tabiat va inson uchun zararli tomonlari ham bor:1. Ko‘plab hasharotlar parazit bo‘lib, odam, hayvon va o‘simlik organizmiga juda katta zarar yetkazadi;2. Ko‘plab hasharotlar zararkunanda hisoblanadi. Jumladan, chigirtkalar o‘simlikning hamma organlari bilan oziqlanib ularni nobud qiladi;3. Ba’zi hasharotlar xar hil kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni odam, hayvon, o‘simlik organizmiga o‘tishida vositachi hisoblanadi. Masalan, bezgak chivini bezgakni odam organizmiga o‘tkazadi. Uy chivini askarida tuxumini idish-tovoqqa, undan odam organizmiga o‘tishida vositachi hisoblanadi. 2.ENTOMOLOGIYA FANINING TARIXIHasharotlarga qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ular dastlab oziqa mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi aniq bo‘ldi. Natijada ipakchilik, asalarichilik kabi entomologiyaning shohobchalari paydo bo‘ldi.Hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italiyalik olim I.Malpigi (1628-1694) hasharotlarni ayruv organlarini o‘rgandi va ular hozir «Malpigi naylari» deb ataladi.Golland olimi Y. Svammedam (1637-1680) hasharotlarning anatomik tuzilishini o‘rgandi va taraqqiyoti metamorfoz yo‘li bilan borishini aniqladi.Shvetsariyalik tabiatshunos Sh. Bonne 1765 yilda hasharotlarda partenogenez hodisasini aniqladi.K. Linney (1707-1778) «Tabiat sistemasi» asarida hasharotlarni alohida sinf sifatida ajratadi.R.A.Reomyur (1683-1757) hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi.Rus olimi P.S. Pallas (1741-1811) hasharotlar faunasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi.1832 yilda Fransiyada, 1833 yilda Angliyada entomologlar jamiyatlari tuzildi. 1859 yilda Rossiyada entomologlar jamiyati tuziladi va uning birinchi prezidenti akademik K.M. Ber edi.Dunyoga mashhur olim O‘zFAning muxbir a’zosi Yaxontov Vladimir Vladimirovich (1899-1970)ning «O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi zararkunandalari» (1962) nomli asari soxaga doir manbaa sifatida muxim ahamiyatga ega bo‘ldi. Olim tomonidan g‘o‘za va beda zararkunandalari o‘rganilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Tripslarning 10 ta yangi turi aniqlangan. O‘zFA muxbir a’zosi, R.A. Olimjonovning «Sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi» hamda «Entomologiya» darsligi soxa mutaxassislarini tayyorlashda – ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Dubovskiy Grigoriy Karpovich, zoolog – entomolog. G‘o‘za, beda, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlarning zararkunandalari (saraton, chirildoqlar)ni o‘rgangan. Muhammadiyev Alisher Auliyanovich, zoolog-entomolog. Sharqiy O‘rta Osiyo shiralari (Nomortera, Arhidinea)ni o‘rgangan. Olim tomonidan shiralar biotsenoz va agrotsenozlar entomofaunasining muhim komponenti ekanligi, ularning mazkur ekologik tizimlardagi o‘rni va roli keng qamrovli izoxlab berilgan. Hozirda O‘zbekistonda entomolog olimlardan S.Alimuxamedov, A.Hamrayev, A.Kojevnikova, X.Kimsanboyev va boshqa entomologlar samarali mehnat qilmoqdalar. 3.Hasharotlar Yer sharining hamma joyida har xil ekologik sharoitlarda yashashga moslashgan. Ularning mana shunday keng tarqalishiga gavda qoplami, qanoti, muskullari va boshqa morfologik tuzilishlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Gavda bo‘limlari. Hasharotlarning gavdasi 3 qismga bo‘linadi. Bosh qism-5-6 ta segmentdan iborat. Ko‘krak-3 ta segmentdan iborat. Qorin qism-11 ta, ba’zan 9-10 ta, primitivlarida esa 12 tagacha segmentdan iborat. Shunday qilib, hasharotlarning segmentlari asosan 19 ta bo‘ladi. Lekin bunga boshning 1-bo‘limi - akron va oxirgi segment - telson kirmaydi. Ammo evolyutsiya jarayonida bir-biriga o‘xshash bo‘g‘imlar va bir xil vazifani bajaradigan bo‘g‘imlar qo‘shilib ketgan. Jumladan, 1-akron, 2-bosh bo‘g‘imlari qo‘shilib bitta bo‘g‘imga aylangan; 3-ko‘krak bo‘g‘imlari qo‘shilib bitta bo‘g‘imga aylangan; 4-qorin bo‘g‘imlari bir-biridan alohida bo‘ladi (11 ta). Shuning uchun ham hasharotlarning bo‘g‘imlari 14 ta dan oshmaydi. Bosh qism va uning tuzilishi. Hasharotlarning og‘iz oldi bo‘g‘imi-akron va yana 4 ta segmentdan iborat bo‘lgan bosh qismi gavdadan alohida ajralib turadi. Boshda: og‘iz organi, bir juft mo‘ylov, bir juft murakkab ko‘z (fasetkali), bitta oddiy ko‘zi joylashgan bo‘ladi. Hasharotlarning bosh qismini tashkil etuvchi bo‘g‘imlar bir-biriga qo‘shilib ketgan bo‘lib, ba’zilarida ularni choklari tashqi tomondan bilinib turadi. Lekin harakatsiz tutashib ketgan. Boshda: peshona, chakka, ensa gardoni, kanshar, yuqori lab, lunj tafavut qilinadi. 1.Mo‘ylovlarining tuzilishi va tiplari. Hasharotlarning bosh qismida bo‘g‘imlarga bo‘lingan bir juft mo‘ylovi yoki antennasi bo‘ladi. Faqat mo‘ylovsizlar turkumi vakillarida mo‘ylov bo‘lmaydi. Mo‘ylov ko‘zlarini orasidagi chuqurchada joylashgan bo‘lib, sezgi va hid bilish vazifasini bajaradi. 4....Hasharotlar klassifikatsiyasi.2. Tuban yoki birlamchi qanotsiz hasharotlar kenja sinfi. Hasharotlarni sistemaga solish bilan dastlab K.Linney 1953 yilda shugʻullangan va u hasharotlarning qanotini asosiy belgi qilib olgan. Hasharotlarni sistemaga solish bilan dastlab K.Linney 1953 yilda shugʻullangan va u hasharotlarning qanotini asosiy belgi qilib olgan. Fabritsiy 1775 yilda oʻz klassifikatsiyasida hasharotlarning ogʻiz organlarini hisobga olgan. Burmeyster 1835-1838 yillarda hasharotlarning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ikki gruppaga: chala metomorfoz va toʻliq metamorfozga ajratgan Eng soʻnggi klassifikatsiya («Jizn jivotnыx» Tom 3, 1984 yil) bo‘yicha hasharotlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Lekin buni ham so‘nggi klassifikatsiya deb bo‘lmaydi. CHunki har yili minglab yangi-yangi hasharot turlari topilmoqda, yangi-yangi belgilar aniqlanayapti. Hasharotlar sistematikasini umumiy tarzda quyidagicha tavsiflash mumkin:Tur (species) → Avlod (genius) → Oila (familia) → Turkum (ordo) → Sinf (classis) → Tip Hasharotlar sinfining klassifikatsiyasi (Bey-Bienko bo‘yicha).3.Katta turkum-Mekopteroidlar- Mecopteroidea Turkumlari: 1.Chayon pashshasimonlar- Mecoptera2.Buloqchilar- Trichoptera 3.Kapalaklar- Lepidoptera 4.Parda qanotlilar- Hymenoptera5.Burgalar- Aphaniptera 6.Ikki qanotlilar- DipteraTuban yoki boshlang‘ich qanotsiz hasharotlar kenja sinfi o‘ziga:Tuban yoki boshlang‘ich qanotsiz hasharotlar kenja sinfi o‘ziga:mo‘ylovsizlar yoki proturalar, oyoqdumlilar yoki poduralar, ikki dumlilar yoki di pluralar, qildumlilar yoki tizanurlar turkumlarini birlashtiradi.Birlamchi qanotsizlar .(Apterygota) boʻlimiBirlamchi qanotsizlar .(Apterygota) boʻlimiQildumlilar turkumi (Thysanura). Qildumlilar choʻziq tanasining uzunligi 8-20 mm boʻlib, tangachalar bilan qoplangan. Qorin boʻlimi 10 ta boʻgʻimdan iborat. Qorin oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Qorin boʻlimining keyingi tomonida 3 ta koʻp boʻgʻimli dum oʻsimtasi bor.Ogʻiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy va fasetkali koʻzlari bor. CHala oʻzgarish orqali rivojlanadi. Qildumlilar juda harakatchan hasharotlar. Ular toshlar va barglar ostida, oʻsimlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; 400 ga yaqin turi ma'lum. Qand tangachalisi (Lepisma sacharina) va maxilis (Machilis) urugʻi turlari keng tarqalgan.Ogʻiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy va fasetkali koʻzlari bor. 5..Chalа метаморфозли ёки тўлиқсиз ўзгаришли ҳашаротлар.Бу бўлим вакилларида ривожланиш 3 та фазадан: тухум, личинка ва имагодан иборат. Личинкаси вояга этган фазасига ўхшайди. Буларнинг личинкасида қанот белгилари борлиги учун нимфа (келинчак), агар сувда тараққий этса наяда (дарё келинчаги) дейилади. Личинкалар, яъни нимфаларнинг имагога ўхшашлиги уларнинг қанотлари ташқи орган сифатида ривожланишидир. Аммо аниқ қанот муртаги, одатда катта ёшдаги имагога хосдир. To'g'ri qanotlilar Бу туркум вакиллари эр юзида ниҳоятда кенг тарқалган. Улар анча йирик бўлиб, гавдаси чўзиқ боши гипогнатик типда, танага эркин бирлашган, оғиз аппарати кемирувчи типда, олдинги уст қаноти терсимон, орқа қанотлари пардасимон ва элпигичсимон тузилган. Бош қисмида бир жуфт мураккаб 1-3 та оддий кўзлари бор, мўйловлари кўп бўғимли, турли шаклда, улар ингичка ва ҳар хил узунликда, баъзиларида гавдасидан узун (Масалан, темирчаксимонлар, чирилдоқсимонлар), баъзан гавданинг ярмига тенг бўлади. Масалан; чигирткларда. Канотлари яхши тараққий этган, баъзиларида йўқ ёки темир қанот бўлиб аниқтомирланган. Оёқлари яхши тараққий этган. Орқа оёқларининг сони ва болдирлари йўғонлашган, бақувват тиканлари бор. Улар сакраш учун мослашган. Кўп турларида олдинги ва ўрта оёқлари юриш, югуриш. Тирмашиш учун хизмат қилади. Download 17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling