Hasharotlar sinfi: tangachaqanotlilar turkumi kapalaklar haqida


Download 34.45 Kb.
bet1/6
Sana16.04.2023
Hajmi34.45 Kb.
#1361121
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tangachaqanotlilar turkumi Kapalaklar


HASHAROTLAR SINFI: TANGACHAQANOTLILAR TURKUMI – KAPALAKLAR HAQIDA
REJA:
I. Tangachaqanotlilar haqida umumiy ma’lumot
1.1. Tangachaqanotlilarning tuzilishi va hayot kechirishi
1.2. Tangachaqanotlilar turkumining sistematikasi
II. Kapalaklar biologiyasi va rivojlanishi
2.1. Kapalaklarning rivojlanishi va ko‘payishi
2.2. Tangachaqanotlilarning ekologiyasi
III. Tangachaqanotlilarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati
3.1. Zararkunanda tangachaqanotlilar
3.2. Kapalaklarning foydali jihatlari



  1. Tangachaqanotlilar haqida umumiy ma’lumot

Biologiya fanining hasharotlarni organuvchi bo‘limi entomologiya, shu fan bilan shugullanuvchi mutaxassislar esa entomologlar deb ataladi. Aynan kapalaklar bilan entomologiyaning uzviy qismi bo‘lgan lepidopterologiya fani shugullanadi. Kapalaklar turkumining umumiy ilmiy nomi Lepidoptera — Tangachaqanotlilar (Lepidoptera yunon tilidan olingan bolib, lepid — tangacha va ptera — qanot degani). Kapalaklar turlari juda kop. Hali-haligacha ularning yangi turlari kashf qilinyapti. Albatta, ularning asosiy qismi tropik mintaqalardan topilmoqda. Ammo deyarli har yili bizning okamizda ham katta-kichik entomologik kashfiyotlar, fanga noma’lum bolgan yangidan yangi hasharotlar, shu jumladan, kapalaklar turlari topilib turibdi. Kapalaklar dasht-u biyobonlardan tortib to dunyoning eng baland tog‘larigacha bo‘lgan hamma hududlarda yashashadi. Ular faqat Arktika va Antarktida muzliklarida yoq, xolos. Ularning asosiy qismi tropiklarda uchraydi-yu, ammo Orta Osiyoda ham kam emas. Bu yerdagi kunduzgi kapalaklarning deyarli yarmi endemiklar, ya’ni bu hududdan boshqa, dunyoning hech qaysi joyida ular uchramaydi. Endi hasharotlarning qandaylari kapalak deyilishiga ta’rif beraylik. Ular hasharotlarning boshqa turkumlaridan nimasi bilan farq qiladi? Kapalaklarni bir turkumga birlashtiruvchi umumiy belgi — ularning qanotlari va ulardagi juda mayda tangachalardir. Bunday tangachalar kapalaklardan boshqa hech qaysi jonivorda yoq. Kapalaklar qanotlaridagi tangachalar yapaloq tuklardan iborat, bunday tuklar ularning oldi va orqa qanotlarida, tomirlari ustida ham, ular orasidagi pardalarida ham bo‘ladi. Tabiatda kapalak turlarining soni juda kop, ular xususiyatlari va tuzilishlariga qarab turli sistematik guruhlarga birlashtirilgan. O’zbekiston hamda unga qoshni mamlakatlar hududlarida Tuban tengqanot va Oliy tengqanot kapalaklar vakillari hozirgacha qayd qilinmagan.

Download 34.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling