Superpozitsion ko‘zning har bir ommatidiysi xuddi appozi- tsion ko‘zniki singari har qaysi buyumning faqat bir qismini ko‘radi. Ammo bu qismining yorug‘ligi ayrim ommatidiylardan keladigan qiyshiq nur tufayli kuchayadi. Superpozitsion ko‘zlar ham jismning to‘g‘ri aksini ko‘radi, bu aks ham ayrim qismlardan tashkil topgan, ya’ni mozaikali, lekin bu yerda aks etilgan buyumlar ularning ayrim qismlari aksining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kunduzgi hasharotlar ko‘zi, odatda, appozitsion, tungi hasharotlarniki esa superpozitsion ko‘z bo‘lib, ommatidiylarni o‘rab oladigan hujayralardagi pigment siljish xususiyatiga ega. - Superpozitsion ko‘zning har bir ommatidiysi xuddi appozi- tsion ko‘zniki singari har qaysi buyumning faqat bir qismini ko‘radi. Ammo bu qismining yorug‘ligi ayrim ommatidiylardan keladigan qiyshiq nur tufayli kuchayadi. Superpozitsion ko‘zlar ham jismning to‘g‘ri aksini ko‘radi, bu aks ham ayrim qismlardan tashkil topgan, ya’ni mozaikali, lekin bu yerda aks etilgan buyumlar ularning ayrim qismlari aksining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Kunduzgi hasharotlar ko‘zi, odatda, appozitsion, tungi hasharotlarniki esa superpozitsion ko‘z bo‘lib, ommatidiylarni o‘rab oladigan hujayralardagi pigment siljish xususiyatiga ega.
- Bu adaptatsiyalanishga, ya’ni hasharot ko‘zining yorug‘lik kuchiga moslashishiga imkon beradi. Yorug‘lik kuchli bo‘lganda pigment bir ommatidiyni ikkinchi ommatidiydan batamom ajratishi mumkin, natijada to‘r pardaga yetib boradigan yorug‘lik nurlari miqdori kamayadi. Hasharotlar ko‘zi yorug‘lik kuchini ajrata olish jihatidan anchagina mukammal, lekin buyumlar shaklini aniqlash jihatidan juda sust bo‘ladi, shu sababli ular faqat jism harakatini sezadi. Hasharotlar ham odam ko‘radigan ranglarni ko‘radi, lekin qizil rangni ko‘ra olmaydi, ammo ular odam ko‘ra olmaydigan ultrabinafsha nurlardan ta’sirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |