Hasharotlarning ichki tuzilishi pptx


Download 1.97 Mb.
bet3/14
Sana10.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1764875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hasharotlar ichki tuzilishi

O‘rta ichak silindrsimon shakldagi qisqa naychadan iborat. Bu naychaning boshlang‘ich qismida kalta o‘simtalar bo‘ladi, ayrim hollarda esa hajmi kattalashib, buramalar hosil qiladi. O‘rta ichakda ovqat hazm bo‘lish va hazm bo‘lgan ovqatning surilish jarayoni boradi. O‘rta ichak yuzasida yog‘lar, uglevodlar, oqsillarni parchalaydigan proteaza, amilaza kabi gidrolitik fermentlar mavjud bo‘lgan epiteliy qavati bor. Og‘iz apparati kemiruvchi bo‘lgan va boshqa ayrim hasharotlarning barcha turida yegan oziq o‘rta va orqa ichakda bezli devorga tegmaydi, balki strukturasiz yupqa peritrofik pardaga tushadi. Bu parda ichakning boshlang‘ich qismidan tortib, to anal teshigigacha bo‘lgan masofada hosil bo‘ladi, oziq bilan birga siljib yuradi va haqiqiy oshqozon oldingi qismining hujayralaridan chiqadigan moddalardan uzluksiz ravishda hosil bo‘lib turadi. Bu pardadan fermentlar bemalol o‘tadi, o‘rta ichak bezli epiteliysini qattiq oziq ta’sirida shikastlanishdan saqlaydi.

  • O‘rta ichak silindrsimon shakldagi qisqa naychadan iborat. Bu naychaning boshlang‘ich qismida kalta o‘simtalar bo‘ladi, ayrim hollarda esa hajmi kattalashib, buramalar hosil qiladi. O‘rta ichakda ovqat hazm bo‘lish va hazm bo‘lgan ovqatning surilish jarayoni boradi. O‘rta ichak yuzasida yog‘lar, uglevodlar, oqsillarni parchalaydigan proteaza, amilaza kabi gidrolitik fermentlar mavjud bo‘lgan epiteliy qavati bor. Og‘iz apparati kemiruvchi bo‘lgan va boshqa ayrim hasharotlarning barcha turida yegan oziq o‘rta va orqa ichakda bezli devorga tegmaydi, balki strukturasiz yupqa peritrofik pardaga tushadi. Bu parda ichakning boshlang‘ich qismidan tortib, to anal teshigigacha bo‘lgan masofada hosil bo‘ladi, oziq bilan birga siljib yuradi va haqiqiy oshqozon oldingi qismining hujayralaridan chiqadigan moddalardan uzluksiz ravishda hosil bo‘lib turadi. Bu pardadan fermentlar bemalol o‘tadi, o‘rta ichak bezli epiteliysini qattiq oziq ta’sirida shikastlanishdan saqlaydi.

Hazm bo‘lgan oziq mahsulotlari haqiqiy oshqozondan qonga so‘riladi. Pardaning ikki tomonidagi osmotik bosim turlicha bo‘lganidan bu mahsulotlar peritrofik parda orqali ichak devoriga o‘tib so‘riladi. Oshqozonda oziq moddalar ko‘pincha neytral holda, ichidagi pH muhiti dan 9 gacha bo‘lishi mumkin. Oqsillar, yog‘lar, qand moddalari shu yerda o‘zlashtiriladigan shaklga aylanib, qonga o‘tadi. Orqa ichak tomirlari yoni hasharotlarning chiqarish ichagiga ochilgan joyidan boshlanadi, uning ichki yuzasi xitindan iborat parda bilan qoplangan bo‘lib, ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakka bo‘linadi. Orqa ichakda ovqat hazm bo‘lmaydi va so‘rilmaydi, u yerda faqat ortiqcha suv so‘riladi. Uning vazifasi tezak to‘plash va uni ma’lum shaklga aylantirishdan iborat.

  • Hazm bo‘lgan oziq mahsulotlari haqiqiy oshqozondan qonga so‘riladi. Pardaning ikki tomonidagi osmotik bosim turlicha bo‘lganidan bu mahsulotlar peritrofik parda orqali ichak devoriga o‘tib so‘riladi. Oshqozonda oziq moddalar ko‘pincha neytral holda, ichidagi pH muhiti dan 9 gacha bo‘lishi mumkin. Oqsillar, yog‘lar, qand moddalari shu yerda o‘zlashtiriladigan shaklga aylanib, qonga o‘tadi. Orqa ichak tomirlari yoni hasharotlarning chiqarish ichagiga ochilgan joyidan boshlanadi, uning ichki yuzasi xitindan iborat parda bilan qoplangan bo‘lib, ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakka bo‘linadi. Orqa ichakda ovqat hazm bo‘lmaydi va so‘rilmaydi, u yerda faqat ortiqcha suv so‘riladi. Uning vazifasi tezak to‘plash va uni ma’lum shaklga aylantirishdan iborat.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling