Hasharotlarning ichki tuzilishi pptx


Ovqat hazm qilish sistemasi Hasharotlarning qon aylanish sistemasi


Download 1.97 Mb.
bet5/14
Sana10.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1764875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hasharotlar ichki tuzilishi

Ovqat hazm qilish sistemasi

Hasharotlarning qon aylanish sistemasi

  • Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq bo‘ladi. Qonni tananing yelka tomoniga joylashgan yurak harakatga keltiradi va u yelka qon tomiri deb ataladi. Yelka qon tomiri ko‘p hollarda 5–8 ta, ayrimlarida 13 ta kameradan iborat bo‘ladi. Kameralar birbiri bilan klapanlar orqali ajralgan. Ular qonning oldingi kameradan orqa kameraga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yurakning orqa tomonidagi eng keyingi kamerasi berk bo‘ladi. Yelka qon tomiri hasharotning qorin qismidan ba’zan ko‘krak tomoniga ham o‘tishi mumkin. Bu yerda u aortaga aylanadi.

Tomir qisqa muskullar yoki biriktiruvchi to‘qima bilan tana tergitlariga birikadi, ostki tomonidan esa parda, ya’ni perikordial diafragma bilan ajralib turadi. Bu parda uchburchak shakldagi qanotsimon muskullar to‘plamidan iborat.

  • Tomir qisqa muskullar yoki biriktiruvchi to‘qima bilan tana tergitlariga birikadi, ostki tomonidan esa parda, ya’ni perikordial diafragma bilan ajralib turadi. Bu parda uchburchak shakldagi qanotsimon muskullar to‘plamidan iborat.
  • Yelka qon tomiri har qaysi kameraning ikki yon tomonidagi bittadan teshik – ustitsalar bo‘lib, ularda ichiga qaragan klapanlar bor, shu teshiklar orqali qon gavda bo‘shlig‘idan so‘riladi. Qon harakatlanishida yurak kameralari yurakning keyingi uchidan oldingi uchiga qarab birin-ketin qisqaradi. Kamera kengayishi vaqtida klapanlari ochiq turadi. Buning natijasida bu kameraga orqa kameradan va perikardial sinusdan ham qon o‘tadi. Shundan so‘ng kameraning devorlari qisqara boshlaydi, ya’ni sistola boshlanadi, qon bosimi ostida klapanlar yopiladi. Shunda qon oldingi kameralarga tomon harakatlanadi

Yurak bo‘g‘imlarining qisqarishi minutiga 30– 140 martagacha yetadi. Bu tashqi ta’sirga hasharotning harakatiga yoki tinch turishiga bog‘liq. Shunday qilib, qisqarish natijasida yurakning keyingi uchidan to‘lqinlanib o‘tgan qon aortaga kiradi. Undan bosh bo‘shlig‘iga o‘tadi, bu bo‘shliqdan gavda bo‘ylab orqaga qaytadi va oyoqlarga tushadi. Tananing qorin qismi oldinga qarab harakatlanadi. Keyinchalik orqa tomonga ko‘tarilib, perikardial sinusga o‘tadi va teshikcha orqali yana yurakka qaytadi.

  • Yurak bo‘g‘imlarining qisqarishi minutiga 30– 140 martagacha yetadi. Bu tashqi ta’sirga hasharotning harakatiga yoki tinch turishiga bog‘liq. Shunday qilib, qisqarish natijasida yurakning keyingi uchidan to‘lqinlanib o‘tgan qon aortaga kiradi. Undan bosh bo‘shlig‘iga o‘tadi, bu bo‘shliqdan gavda bo‘ylab orqaga qaytadi va oyoqlarga tushadi. Tananing qorin qismi oldinga qarab harakatlanadi. Keyinchalik orqa tomonga ko‘tarilib, perikardial sinusga o‘tadi va teshikcha orqali yana yurakka qaytadi.
  • Hasharotlar qoni – gemolimfasi hujayralararo suyuq modda – gemop lazma bilan shaklli elementlar – gemosit hujayralardan tashkil topgan. Ularning rangi har xil, rangsizdan to qizilgacha va hatto ko‘kimtir rangda ham bo‘ladi. Ularning rangi tarkibidagi pigmentlarga bog‘liq. Plazmada anorganik tuzlar, oziq moddalar, fermentlar, gormonlar, pigmentlar va 75–90% gacha suv bo‘ladi. Gemositlar qon to‘qimasining hujayralari bo‘lib, shakli, yirikmaydaligi va soni turlicha bo‘ladi. Hasharot qonining vazifasi oziq moddalarni va ichki organlardan ajralib chiqadigan sekretni to‘qimalarga olib borish va parchalangan moddalarni olib ketishdan iborat

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling