Hashorotlarning hayotida biotik omillarning roli reja: Hasharotlarning biotik omillar hususiyatlari 2


Download 144.5 Kb.
bet1/2
Sana09.09.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1674952
  1   2
Bog'liq
HASHOROTLARNING HAYOTIDA BIOTIK OMILLARNING ROLI


HASHOROTLARNING HAYOTIDA BIOTIK OMILLARNING ROLI
Reja:
1. Hasharotlarning biotik omillar hususiyatlari
2. Hasharotlarning o’simliklar bilan ekologik aloqalari
3. O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar

Biotik muhit omillari o’z ta’siri bo’yicha abiotiklardan farqli o’laroq hasharotlarga ayrim o’ziga xos hususiyatga ega.


Biotsenotik aloqa ta’siri ko’pchilik holatlarda ozmi yoki ko’pmi foizda populyatsiya individlariga tegishli bo’ladi. Juda kamdan-kam hollardagina qaysi bir parazit bilan zararlanishi yoki ushbu populyatsiya individlari yirtqich tomonidan to’liq eb bitirilishi mumkin. Deyarli hech qachon qaysi bir yuqumli kasallikdan populyatsiyaning to’liq qirilib ketishi kuzatilmaydi. Faqat kamdan-kam biotik omillar o’zgacha hususiyatga ega bo’ladi. Masalan, ayrim simbiotik munosabatlar, jumladan, ichakda o’rnashgan mikroorganizmlarning o’sha yoki boshqa oziqa moddasini (o’simlik kletchatkasini va b.q.) hazm qilishda yordami, qolabersa, bu simbiotik munosabatlar etarlicha o’rganilmagan.
Biotik omillarning populyatsiyaga ta’sir darajasi odatda individlarning ma’lum bir maydondagi miqdoriy soniga, ya’ni populyatsiya qalinligiga bog’liq. Mabodo, harorat 100 m2 maydonda ma’lum turning 10 yoki 10 000 donasiga bir xilda ta’sir qiladigan bo’lsa, u holda parazitlar uchun bu befarqlikdan bir muncha yiroqdir. Ushbu xududda xo’jayin soni qanchalik tig’iz bo’lsa, parazit xo’jayinini izlash shunchalik oson bo’ladi. Ma’lum maydonda individlarning to’planishi qanchalik ko’p bo’lsa, bitta hasharotdan boshqasiga kasallik infektsiyasining yuqishi shunchalik tezroq tarqaladi. Bir xildagi o’simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar o’rtasidagi raqobat, bu biotopda bunday o’simliklar qancha ko’p bo’lsa, shunchalik o’z ahamiyatini yo’qotadi va bunday hasharotlarning biotopdagi zichligi qanchalik qalin bo’lsa, shunchalik katta ahamiyatga ega.
Hasharotlarning abiotik muhit bilan bog’langanligi, ularning muhitga bir tomonlama moslashganligini ko’rsatadi. Bu albatta hasharotlar atrof abiotik muhitiga ta’sir etmaydi degani emas. Hasharotlarning muhit bilan modda almashishi va energetik almashishi oldingi boblardan etarli aniq ko’rinib turibdi. Biroq hasharotlarning o’zlari yashab turgan fizikaviy muhitga ta’siri (bu ta’sir kichikroq uchastkalar mikroiqlimiy o’zgarishlarga unchalik tarqalmasligi to’g’risida gapirmasa ham) o’z-o’zidan ko’pchilik hollarda fizikaviy muhitga moslanganligini bildiradi.
Biotopik aloqalar bo’lsa, organizmlar o’rtasidagi aloqalar, tipik o’zaro moslashish, organizmlarni bir-biriga ikki tomonlama moslashtiradi (soddalashtiradi). Mabodo yirtqich yoki parazit o’ljasini izlashga harakat qilsa, u holda o’lja parazit yoki yirtqichdan qutilish uchun harakat qiladi. Modomiki, hasharotlar gulli o’simliklar, ular nektari bilan oziqlanishga moslashgan ekan, u holda o’simlik ham unga hasharotlarning qatnashi foydali, hasharotlar changlatishiga moslashadi va hatto o’zidan nektar ajratadi.
Hatto nektarining o’z-o’zidan ajratilishi hasharotlarning adaptiv qatnashishidan kelib chiqadi. Modomiki kasallik qo’zg’atuvchilar, hasharotlarni hammadan ko’ra o’zlari uchun yaxshiroq zararlash usullarini ishlab chiqarar (tarixiy aspektda) ekan, u holda zararlanadigan hasharotlar javob sifatida kasallikdan qutilish yo’llari va usullarini yaratadi.
Organizmlarning ikki tomonlama adaptatsiyasi juda murakkab yuzaga keladi, ayniqsa organizmlar orasidan to’g’ridan-to’g’ri aloqalardan tashqari bilvosita aloqalar ham mavjud, o’zaro munosabatlar ikkala turlardagina chegaralanmaydi, biroq barcha biotsenozni ham qamrab oladi. Undan tashqari, shuni ham alohida qayd qilish kerakki, hasharotlar ishlab chiqqan adaptiv belgilar ko’pchilik hollarda turli abiotik omillari kombinatsiyasiga ham bog’liq. Populyatsiya miqdoriy soniga biotik va abiotik muhit omillarining ta’siri kompleks hususiyatga ega.
Barcha ko’pqirrali o’zgaruvchan muhit sharoitlari har qanday biotopda barcha hasharotlar miqdoriy sonining o’zgarishiga olib keladi.
Organizm va uni o’rab turuvchi atrof muhit o’zaro birlikni ifodalaydi, ammo bu birlik alohida organizmda bir xilda emas, garchand endi bittadan o’sha organizmlar orasida juda o’ziga xos tur orasida va turlar orasidagi aloqalar mavjud.
Yuqorida aytib o’tilgan ediki, biotsenozda turlar orasidagi biotsenotik munosabatlarning asosida oziqa zanjiri yotib, ular oziqa tsikli bilan bog’lanadilar va har bir ushbu zanjirlar qoidaga muvofiq o’simlikdan boshlanadi. Hasharotlar oziqasida, barcha boshqa hayvonlardagi kabi, oqsillar, yog’lar va uglevodlar bo’lishi kerak, chunki ular faqat organik moddalar bilan oziqlanadilar. Bu moddalarning manbai yoki bevosita, yoki boshqa fitofag-hayvonlar orqali faqat o’simliklar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, o’simlik har qanday hasharotning hayotida bevosita yoki bilvosita o’rin tutadi.
Hasharotlarning o’simliklar bilan ekologik aloqalari, asosan o’simliklarning turli qismlari oziqlanishda, shuningdek boshqa fitofag-hayvonlar hisobiga bilvosita va parazitizmda, kamdan kam hollarda ayrim o’simlik organizmlarining hasharotlar yirtqichligida ifodalanadi. Ko’pchilik hollarda o’simliklardan noqulay meteorologik sharoitlardan yoki ular tabiiy kushandalaridan (parazitizm va yirtqichlar) bekinishda boshpana sifatida foydalaniladi.
Ayrim hasharotlar hududga o’simlik urug’lari yoki boshqa qismlari bilan tarqalishi mumkin. Hasharotlar tana bo’shlig’ida yashovchi bir xujayrali zamburug’ va bakteriyalar bilan hasharotlarning simbioz hollari ma’lum.
Hasharotlarning o’simliklar uchun ahamiyati, ularda hasharotlarning oziqlanishi, hasharotlarning boshqa o’simlikxo’r xayvonlar miqdoriy soniga va yashovchanligiga ta’siri hasharotlar orqali o’simliklar kasallik qo’zg’atuvchilarining yuqtiruvchisi hasharotlarning tuproq jarayonlariga ta’siri bilan belgilanadi. Ayrim o’simlik organizmlari o’z navbatida, bevosita hasharotlarda rivojlanadi, jumladan, entomoftorali va ayrim bir xujayrali zamburug’lar. Ko’pchilik bakteriyalar xam hasharotlar hisobiga rivojlanadi. Oliy oqsilli moddalarni o’zlashtirish hususiyatiga ega bo’lgan hasharotxo’r o’simliklar ham ma’lum. Hasharotlar o’simliklarni hududlar bo’yicha tarqalishiga yordam beradi. O’simlik va hasharotlar o’zaro bog’liq ravishda geografik tarqalganlar.
Hasharotlarning o’simliklarda oziqlanishi hamma hollarda ham antogonistik munosabatlardan bir muncha yiroq bo’lib, ayniqsa changlantiruvchi – hasharotlarning oziqlanishi o’zaro foydali ahamiyati ulkan ahamiyatga ega bo’ladi va bunday holda simbiotik aloqa yaratiladi.
O’simliklarda oziqlanuvchi hasharotlarning zarari naqadar yuqoriligini juda ko’pchilik kuzatuvlar, hisobga olishlar va qishloq va o’rmon xo’jaligi entomolog mutaxassislari maxsus tadqiqotlardan ma’lum. Ayrim misollarni keltiramiz. Besh dona zararli xasvaning voyaga etgani chorak kvadrat metr maydonchadagi bug’doy va arpani boshoq chiqarish fazasida batomom nobud qilishi mumkin (Rodd, Gusakovskiy , Antova, 1933), xasva tushgan uchastkadan olingan urug’lik donning 50 % i unib chiqmaydi.
Lavlagi biti (Aphis fabae Scop.) qand lavlagi ildizlari qand moddasini 69% gacha, ularni og’irligini - 7,4% kamaytiradi. Urug’lik lavlagida bu o’simlik biti ayrimda urug’lik hosilni batomom yo’q qiladi.
No’xat qo’ng’izi (Bruchus pisorum L.) bilan zararlangan no’xat donining unib chiqishi 75% gacha pasayadi. Tariq pashshasi (Stenodiplodis panici Round) ommaviy ko’payib ketgan ayrim dalalarda ekin hosili batomom nobud bo’ladi, bunday hollarda tariq faqat poxoli uchungina o’riladi, xolos. Suv bo’yi chivini (Epedra macellaria Egg.) ning zarari natijasida O’rta Osiyoda ba’zan sholini qayta ekishga to’g’ri keladi. Voyaga etgan lavlagi oddiy uzunburuni (Bothynoderes punctiventris Germ.) Ukrainada katta maydonlardagi lavlagi ko’chatlarini batamom eb bitiradi. Mingdevona (Heliothis peltigera Den et Schiff.) tunlamining qurtlari O’rta Osiyoda masxar shona va gullarini 50-85% gacha zararlab yo’qotadi. Kunjut tilla qo’ng’izi (Acmaeodera ballioni Gangl.) zararidan 97% gacha o’simlik nobud bo’lganligi kuzatilgan.
A.Sh.Xamraev va b.q. (2006) ma’lumotlariga ko’ra, so’qir qandalalar (beda va dala qandalasi) bilan zararlangan g’o’za hosil organlarining katta qurib qolishi hisobiga hosildorlik 22-50,8 % gacha, kech ekilgan g’o’za maydonlarida esa hosilning 90% ortig’i nobud bo’lishi kuzatilgan.
Yosh shaftoli ko’chatlari ayrimda issiqxona bitidan (Myzodes persicae Suls.) yosh olma ko’chatlari esa qonli bitdan (Eriosoma lanigerum Hausm ) to’liq nobud bo’ladi. Dekorativ, mevali va o’rmon daraxtlari qisman yoki to’liq barg kemiruvchi zarari tufayli yalang’ochlanib qoladi. Masalan, olma kuyasi (Vponomeuta malinellus Zel.), tengsiz ipak qurti (Ocneria dispar L.), tut odimchisi (Apocheima cinerarius Ersch.) va ko’pchilik boshqalar tomonidan zararlashi tufayli meva va urug’ hosilining keskin kamayishiga olib keladi. Jumladan, B.G.Shurovenkov (1953) ning ma’lumotiga ko’ra, Alma-ota viloyati sharoitida olma kuyasi Aport olma navi barglarini 25 – 100% gacha eganligi tufayli o’sha yili meva hosildorligi 16,4 – 71,1% gacha kamaygan, zaiflashgan daraxtlar keyingi yili zararlanishdan keyin zararlanmagan daraxtlarga nisbatan 21 – 100 % past hosil bergan.
Makkajo’xori poya parvonasining (Ostrinia (Pyrausta) nubilalis Hb) o’rtacha zararlash koeffitsienti makkajo’xorida 15-25 beda barg filchasining (Phytonomus variabilis Hbst.) o’rtacha zararlash koeffitsienti O’rta Osiyoda bedada 65% ga teng ( Yaxontov, 1962).
Hammaga ma’lumki ko’pchilik mamlakatlarda sharqiy osiyo chigirtkasi (Locusta migratoria manilensis Meyen.), osiyo (to’qay) chigirtkasi (L. migratoria migratoria L.), pushtirang ko’sak qurti (Pectinophora gossypiella Saund.), sholi parvonalari (Schoenobius incertellus Walk. va Chilo simplex Buller.), bug’doy pashshachasi (Sitodiplosis mosellana Gehin.), o’tloq tunlami (Cirphis unipuncta Haworth.), g’o’za biti (Aphis gossypii Glov. ) va boshqa hasharotlar kata talafot etkazadilar.
Hasharotlarning o’simliklar uchun zararlash koeffitsienti deb, zararkunanda bilan zararlangan o’simlikning zararlanmagan o’simlikka nisbatan yo’qotilgan hosili foizda ifodalanadi. Bunda sog’lom va zararlangan o’simliklar bir xil navda, vegetatsiya davrini bir vaqtda boshlashi va atrof – muhitning boshqa teng sharoitlarida bo’lishi kerak. Zararlash koeffitsienti quyidagi formulaga binoan ifodalanadi:

Bunda, K – zararlash koeffitsienti; a – sog’lom o’simlik hosili; b – zararkunanda bilan zararlangan o’simlik hosili.
Madaniy o’simliklarda zararkunanda hasharotlar oziqlanishi tufayli hosilning juda ko’p qismi yo’qotiladi. Jumladan, AQShda 1946 yilda 15,1 % paxta hosili yo’qotilgan bo’lsa, 1950 yilda bunday yo’qotishlar 908 mln. dollarga, shu mamlakatda 800 turdagi zararli hasharotlar va kanalardan qishloq xo’jalik ekinlarining yo’qotilgan hosil miqdori 12 mlrd. dollardan oshib ketgan (Lisyanskiy, 1983). AQSh birgina termitlardan yiliga 3,5 mlrd. dollardan ortiq zarar ko’radi (Xamraev, 2008).
F.M.Uspenskiy (1983) ma’lumotlariga ko’ra O’zbekistonda g’o’za asosiy zararkunandalariga qarshi kurash choralari o’tkazilmasa yiliga o’rtacha 1 mln. tonna paxta hosili yo’qotiladi.
Albatta, buning hammasi asosan ikkilamchi biotoplarga ta’luqli bo’lib, bu erlarda zararkunanda hasharotlar uchun ko’pincha ularning ko’payishiga alohida qulay sharoit yaratiladi, ayniqsa ular oziqlanadigan o’simliklarning mo’l - ko’lligi ma’nosida. Shunga qaramasdan tabiatda birlamchi biotoplarda hasharotlar o’simliklarga ayrimda juda katta talofat etqazadi. Jumladan, Janubiy Qozog’iston, Janubiy Qirg’iziston, O’zbekiston tog’larida olma kuyasi (Vponomeuta malinellus Zell.) yovvoyi olma daraxtlarini deyarli butunlay yalong’ochlaydi. V.V.Yaxontovning (1969) kuzatishicha, Janubiy Qozog’istonda yovvoyi Cotoneaster Medik, butazorlarini Litta menetriesi Fld. qo’ng’izi mutlaqo eb bitirgani, to’qay chigirtkasi (Locusta migratoria migratoria L.) ko’pincha daryo va ko’l qirg’oqlarida, ular ommaviy ko’payish o’choqlarida, katta maydonlardagi qamish Phragmites communis Trin. barglarini yoppasiga egani aniqlangan.
Hasharotlar oziqlanishida o’simliklarga ular organlarini (kurtaklari, barglari, shonalari, gullari, mevalari, shoxlari, poyalari, novdalari, ildiz bo’g’zi, ildizlari va h.k.) kemirish yoki o’simlik organlarining shirasini so’rishi orqali zarar etqazadi. Zararlash tufayli oziqa moddalarining va suvning tuproqdan normal etib kelishi buziladi, nafas olish jarayonlari izdan chiqadi, xlorofill tashuvchi to’qimalarning yo’qotilishi tufayli fotosintez sur’ati pasayadi.
Hasharotlar o’simlik shirasini so’rishda so’lak bezidan ajratilgan modda, ko’pincha kraxmal zarralarini emiradi va hujayralarga kraxmal normal to’planishiga halaqit beradi va h.k. Hasharotlar oziqlanishi tufayli o’simlik rivojlanishida to’xtalish yuzaga keladi. Masalan, V.V.Yaxontov (1969) o’tkazgan tajribalarida tamaki tripsi (Trips tabaci Lind.) g’o’za nihollarini so’rishi natijasida o’suv nuqtasi kurtagining nobud bo’lishi yoki g’o’za biti (Aphis gossypii Glov.) oziqlanishi tufayli g’o’za nihollarining rivojlanishi 4 kunga kechikkan, ushbu zararkunandalar oziqlanishi tufayli yangi hosil bo’lgan yon urug’ barg kurtagini nobud bo’lishi, o’rtacha o’simlik rivojlanishini ikki haftaga kechiktirgan.
Og’iz apparati kemiruvchi bo’lgan hasharotlar o’simliklarning ayrim qismlarini kemiradilar: og’iz apparati so’ruvchi bo’lgan hasharotlar o’simliklar shirasini so’rgan ayrim uchastkalarida o’simlik to’qimalari so’ladi va deformatsiyalanadi. Hasharotlar oziqlanishida holsizlangan o’simliklar meva va urug’ hosilini keskin kamaytiradi, kasalliklarga chidamsizroq, ko’pincha ikkinchi darajali zararkunandalar hujumiga moyil bo’ladilar. Ikkinchi darajali zararkunandalar, qoidaga binoan sog’lom va baquvvat o’simliklarga hujum qilmaydi, ular uchun dastlab holsizlangan o’simliklar kerak, ko’pchilik po’stloqxo’r (Lpidae), tilla qo’ng’izlar (Buprestidae ), ayrim mo’ylovdor (Cerambycidae) qo’ng’izlari bunga misol bo’la oladi.
Hasharotlar oziqlanishiga ko’ra, o’simliklarni zararlanish xarakteri quyidagicha klassifikatsiyalanadi.O’simlik qismlarining zararlanishiga qarab (shonalar, tugunchalar, mevalar, ildizlar, shoxlar va poyalar, novdalar, barglar, gul kurtaklari) tashqi va ichkiga ajratiladi. Shonalar, tugunchalar va mevalarning ichki zararlanishiga misol tariqasida pushtirang ko’sak qurti (Pectinophora gossypiella Saund.) yoki g’o’za tunlamining (Helicoverpa armigera Hbn.) g’o’zadagi zararini ko’rsatish kifoya (55-rasm).
Kapalaklar guruhi qurtlarining mevali bog’lar va yong’oq daraxti mevalarini zararlanishini alohida «mevaxo’rlar» maxsus nom bilan ataladi. Shulardan, olma mevaxo’ri (Carpocapsa (Laspeyresia) pamonella L.), nok mevaxo’ri (Carpocapsa (Laspeyresia) Danil.), olxo’ri mevaxo’ri (Grapholitha funebrana Tr.), sharq mevaxo’ri (Grapholitha molesta Busck.), yong’oq mevaxo’ri (Sarrothrypus musculana Ersch.), mevali daraxtlar kurtak ichini zararlaydiganlarga g’ilofli kuya (Coleophora hemerobiola Fil.) va olcha filchasini (Rhynchites auratus Scop.) ko’rsatish kifoya.
Shonalar, kurtaklar, tugunchalar, mevalarni tashqi tomondan zararlanishiga, masalan, qalqondorlar (Coccodea), o’simlik bitlari (Aphidodea), ayrim qandalalar (Hemiptera), ko’pchilik kapalaklarning qurtlarini ko’rsatish o’rinlidir. Kanop tepa qismini qandalalar so’rishi natijasida ayrimda birorta ham shona yoki ko’sakchalari qolmay to’kilib ketadi.
O’simlik ildiz ichki qismini ayrim tilla qo’ng’iz (Buprestidae), lichinkalari, dukkakli ekinlarda tugunak filchalari (Sitona sp. sp.) lichinkalari zararlaydi.
Ildizlarning tashqi qismini zararlash ayrim o’simlik bitlariga (Smynthurodes betae West W., Brachynguis anuraphoides New., Forda trivialis Pass. va b.q.) ko’pchilik qo’ng’izlar (masalan, xrushlar – Melolonthinae, qoratanli qo’ng’izlar - Tenebrionidae, qarsildoq qo’ng’izlar - Elateridae va b.q.) lichinkalariga xosdir.
Tana va poyalarning ichki tomondan zararlashda, masalan, ko’pchilik tilla qo’ng’izlar (Buprestidae), mo’ylovdorlar (Cerambicidae) (56-rasm), po’stloqxo’rlar (Lpidae ) lichinkalari, g’alla arrakashi (Cephus pygmaeus L.) lichinkalari, oynaqanot kapalaklar (Sesiidae ) va yog’och kovlovchi (Cossidae), makkajo’xori poya parvonasi Ostrinia (Pyrausta) nubilalis Hb, sholi parvonalari (Chilo simplex Butler., Schoenobius insertellus Walk.) qurtlari tomonidan amalga oshiriladi.
Barglarni yoppasiga zararlanishiga misol qilib brajniklar (Sphingidae) katta yoshdagi qurtlari yoki boshqa kapalaklar yirik qurtlari hamda (Acridodea) lichinka yoki voyaga etganlari barglarni to’liq eyishini ko’rsatish mumkinHarorat ekologik omil sifatida tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin tutadi, hayvon va o‘simliklar hayotida moddalar almashinuvi, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning sodir bo‘lishi va tezligiga ta’sir qiladi. Tirik organizmlarning Yer shari bo‘ylab tarqalishida, ularning xulq-atvori, xatti- harakatlarining namoyon bo‘lishida harorat katta rol o‘ynaydi.
Harorat sutka davomida yil fasllari bilan bog‘liq holda mavsumiy hamda geografik zonallik jihatdan o‘zgaruvchan omildir. Tirik organizm uchun haroratning chidamlilik chegarasi oqsillar, hayotiy muhim fermentlar faoliyatining buzilishiga – denaturatsiyasiga olib keluvchi harorat bilan belgilanadi.
Harorat 0°C dan pasayganda suvning muzlashi tufayli muz kristallari hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida hujayra membranasining shikastlanishiga hamda hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Turli organizmlar normal hayot kechirishi mumkin bo‘lgan harorat o‘rtacha 0°C dan +50°C gacha hisoblanadi. Ammo sayyoramizda organizmlar hayot faoliyati katta harorat diapozonida kechadi. Quruqlikda eng minimal harorat –70°C, maksimal harorat +55°C, dengizda minimal harorat +3°C, maksimal harorat +35°C ga teng bo‘lsa, chuchuk suvda esa qishda +5°C dan +7°C gacha, yoz oylarida +20°C dan +35°C gacha, geotermal (yunoncha «geo» – yer, «terme» – issiq) suv manbalarida +25°C dan +90°C gacha bo‘ladi.
Ba’zi organizmlar, masalan, ayrim bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar issiq suv havzalarida, yopishqoq lishayniklar sporalari, cho‘l o‘simliklarining urug‘lari, vegetativ organlari qizib yotgan tuproqqa bardoshlidir.
O‘ta sovuq haroratga chidamli o‘simlik va hayvon turlari ham mavjud. Ayrim suvo‘tlar, chuvalchanglar, molluskalar, qisqichbaqa- simonlar, baliqlar, kurakoyoqli sutemizuvchilarning hayotiy faoliyati 0°C dan +2°C da kechadi.
Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.
Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi, bu organizmlarda boradigan fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi, nafas olish, qon aylanish tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish, rivojlanish va ko‘payish sur’ati ortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda moddalar almashinuvining sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi, uyquga ketishi, ba’zi hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi.
Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar. O‘simliklarning hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof-muhitning haroratiga bog‘liq. Issiqlikka bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi: issiqsevar o‘simliklar va sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Issiqsevar o‘simliklar tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda mo‘tadil iqlim mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi.
Sovuqqa chidamli o‘simliklar Yer sharining sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan.
Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda haroratga nisbatan biokimyoviy, fiziologik, morfologik adaptatsiyalar – moslanishlar paydo bo‘lgan.
Biokimyoviy moslanishlar. Yuqori harorat ta’sirida issiqsevar o‘simliklar hujayralari sitoplazmasida ayrim moddalarning (organik kislota, tuz) konsentratsiyasi ortadi. Bu moddalar sitoplazmaning ivib qolishiga to‘sqinlik qiladi, zaharli toksinlarni neytrallaydi. Sovuqqa chidamli o‘simliklar hujayralari shirasi tarkibida sovuq haroratda suv kamayishi hisobiga shakar miqdori ortadi, bu esa o‘simliklarni muzlashdan himoya qiladi.
Fiziologik moslanishlar. Issiq haroratda o‘simliklarni qizib ketishdan himoya qiluvchi samarali vosita – barg og‘izchalari orqali transpiratsiya – suv bug‘latish hisoblanadi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘pchiligi qisqa hayot sikliga ega. Ularning vegetatsiya davri bahorga to‘g‘ri keladi, yozda esa bu o‘simliklar tinim davriga o‘tadi. Urug‘i tinim davrini o‘tadigan bir yillik o‘simliklar efemerlar deyiladi. Piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasi tinim davrini o‘tadigan ko‘p yillik o‘simliklar esa efemeroidlar deyiladi.
Ayrim o‘simliklar (yo‘sinlar) va lishayniklar mavsumning suv tanqis bo‘lgan haddan tashqari issiq va sovuq davrlarida tanasidagi suv miqdorining kamayishi natijasida uzoq muddat anabioz (hayotiy jarayonlarning vaqtin- chalik to‘xtashi) holatiga o‘tadi.
Morfologik moslanishlar. Yer yuzining tropik va subtropik iqlim mintaqalarida o‘sadigan o‘simliklar yuqori haroratning ta’sirini kamaytiruvchi bir qator moslanishlarga ega. Barglarning rangi och tusda bo‘lishi, sirti tukchalar yoki mum bilan qoplanganligi buning yaqqol misolidir. Barglar shaklining o‘zgarishi natijasida barg yuzasining kichrayishi ham ortiqcha yorug‘lik nuridan himoya vositasidir. Masalan, barglarning tikanlarga aylanganligi (kaktus), mayda qipiqsimon shaklda bo‘lishi (saksovul, archa), barglarning qirqilgan bo‘lishi (palma), barglarning buralgan bo‘lishi (kovul), ignasimon shaklda bo‘lishi (qarag‘ay, qoraqarag‘ay).
Barg yaprog‘ining burilishi natijasida barg yaproqlari yorug‘likka nisbatan vertikal yo‘nalishda joylashadi, bu esa o‘z navbatida ularni ortiqcha qizib ketishdan himoyalaydi.
Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan daraxtlarning bo‘yi past bo‘lishi (qa- yin, tol), yer bag‘irlab yotib o‘sishi (Turkiston archasi), o‘t o‘simliklar yostiqsimon shaklda (yaylov o‘simliklari) bo‘lishi ham morfologik moslanish- lar natijasidir. Bu o‘simliklarga shamolning ta’siri kam, qishda esa ular qor bilan qoplanib, sovuq ta’siridan ko‘proq himoyalangan bo‘ladi, yoz oylarida tuproqning issiqligidan ko‘proq foydalanadi.
Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar.
Evolutsiya jarayonida issiqqonli (gomoyoterm) va sovuqqonli (poykiloterm) hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan xilma-xil moslanishlar paydo bo‘lgan. Bu moslanishlar biokimyoviy, fiziologik, morfologik, etologik moslanishlarga bo‘linadi .
Biokimyoviy moslanishlar. Muhitning past haroratida sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar to‘planadi. Masalan, sovuq haroratli suv muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin to‘planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi ortadi.
Fiziologik moslanishlar issiqlik ajralish darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor tarzda boshqariladi. Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda tana yuzasidan suv bug‘lanishi hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining kengayishi va torayishi tufayli ta’minlanadi.
Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor qisqarishi – titrash tufayli issiqlik hosil bo‘lishi kuchayadi. Ba’zi hayvonlar qishda uyquga ketadi (yumronqoziq, sug‘ur, tipratikan, ko‘rshapalak). Tana harorati doimiyligini saqlashda teri osti yog‘ qatlami katta ahamiyatga ega (pingvin, kurakoyoqlilar, kitsimonlar). Tana haroratini bir xil saqlashda qushlar va sutemizuvchilarda to‘rt kamerali yurakning bo‘lishi, nafas olish organlarining takomillashuvi, organizmning yetarli darajada kislorod bilan ta’minlanishi orqali moddalar almashinuvida organizmlarning hayotiy jarayonlarga sarf bo‘ladigan energiyaning hosil bo‘lishi muhim o‘rin tutadi.
Morfologik moslanishlarga sudralib yuruvchilar tanasi – tangachalar, qushlarning tanasi pat, sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol bo‘ladi.
Etologik moslanishlar. Hayvonlar faol harakatlanish orqali o‘zlari uchun qulay yashash joylarini tanlaydilar. Hayvonlarda evolutsiya jarayonida paydo bo‘lgan etologik moslanishlarga yashash uchun joy topish, uya qurish, qulay yashash joylariga migratsiya qilish kabi fe’l-atvor, xatti- harakatlar bilan bog‘liq moslanishlar misol bo‘ladi. Cho‘l agamasi qizib yotgan qumdan o‘zini himoya qilish maqsadida butalarning shoxiga chiqib olsa, ko‘pchilik sudralib yuruvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, hasharotlar kunning salqin vaqtlarida isinish uchun tana holatini o‘zgartirib quyoshga tutadilar. Hayvonlarning tashqi muhit harorati o‘zgarganda mosla- nish mexanizmlaridan biri migratsiya, ya’ni qulay haroratli joylarga ko‘chib o‘tishidir. Hasharotlar, ba’zi baliq turlari, qushlar kitlar ham yil davomida migratsiyani amalga oshiradi.
Harorat tashqi muhitning muhim omili bo‘lib, sayyoramizdagi hayotning saqlanishi, tirik organizmlarning yashashi, rivojlanishi, nasl qoldirishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Hasharotlarning ichidagiga qanday o'xshashligini hech o'ylab ko'rganmisiz? Yoki hasharotlarning yurak yoki miya bormi?
Hasharotlarning tanasi oddiylikdagi darsdir. Uch qismli ichak ovqatni pasaytiradi va hasharotlarga bo'lgan barcha oziq moddalarni emiradi. Bir tomir pompalanadi va qon oqimini boshqaradi. Nervlar harakat, ko'rish, ovqatlanish va organ funktsiyalarini nazorat qilish uchun turli ganglionlarda birlashadilar.


XULOSA
Hasharotlarning biotsenozlardagi miqdoriy soni ko’pincha, shuningdek, ushbu aloqalar, o’simliklar miqdoriy soniga teng ravishda aniqlanib, o’z navbatida, ko’pincha yuqori darajada hasharotlarning zararli va foydali faoliyati bilan ham aniqlanishi mumkin. Umuman olganda u yoki boshqa hasharot uchun oziqaning mo’l – ko’l bo’lishi, ushbu hasharot sonining ko’payishi uchun qulay hisoblansa, aksincha, fitofag hasharotning mo’l – ko’lligi o’simlik sonini kamayishi va holsizlanishiga olib keladi. O’simliklar va fitofag hasharotlar orasidagi bunday qarama – qarshi munosabatlar o’sha yoki boshqalar miqdoriy sonini o’zgarishining asosiy sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ikkilamchi biotoplarda hasharotlar ayrim o’simlik turlarini katta maydonlarda batamom tagi – tomiri bilan yo’qotishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Hypericum perphoratum L. begona o’tiga qarshi unda oziqlanuvchi hasharotlar yordamida Kaliforniyaning barcha hududlarida muvaffaqiyatli kurash amalga oshirilgan bo’lsa (Gollouey ), boshqalarning (Vasileva va Xalifman, 1979) tasdiqlashicha, opuntsiya ashaddiy begona o’simligiga qarshi Avstraliyagi maxsus olib kelingan kaktus parvonasining qurtlari bu tikanli to’qaylashib ketgan begona o’simlikni batamom bartaraf qilishga erishdi. Hozirgi davrda (Xamraev, Nasriddinov, 2003; Xamraev va b.q, 2012), Evropa va AQShda keng tarqalgan kakra (Acroptilon repens L.) zaharli begona o’tiga (bundan taxminan 120 yil oldin Markaziy Osiyodan o’tib qolgan ) qarshi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O’simlik va hayvonlar genofondi instituti, CABI Biosciense Shveytsariya Markazi bilan hamkorlikda ayrim gerbifag (Jaapiella ivannikovi va Aulacidea acroptilonica ) turlarini biologik usulda qo’llashni ishlab chiqdilar. Bu ilmiy echinmalar AQSh qishloq xo’jalik departamenti tomonidan uni Amerikada joriy qilish uchun ruxsat berildi.

Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling