Havo alokalari


Download 456.02 Kb.
bet29/31
Sana30.09.2023
Hajmi456.02 Kb.
#1690177
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
11maxmudov (1)

Texnika xavfsizligi

Qurilishda texnika xavfsizligiga katta ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson hayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika havfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tilishi kerak.




Buldozer bilan ishlaganda



  • dvigatel batamom o‘chmaguncha traktor otvali oldida odam bo‘lmasligi kerak.

  • to‘xtash vaqtida otval yerga tushirilgan bo‘lishi kerak

  • 30%0 dan ortiq qiyaliklarda materialni surmaslik kerak

  • qiyalikka materialni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o‘tkazmaslik kerak

  • otval materialga to‘lgan yoki yerga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas

  • otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas

  • yomg‘ir yog‘ayotganda loyli materiallarda ishlash mumkin emas

  • buldozerning osma uskunalarini o‘rnatish va yechib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.



Ekskovator bilan ishlaganda



  • ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha material qazish ishlarini boshlash taʼqiqlanadi

  • ekskovatorning o‘qi (strela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning

15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak

  • ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak

  • ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.



Avtogreyder bilan ishlaganda



  • avtogreyder daraxtlar, daraxt to‘nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas

  • materialni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari bilan yo‘l poyi cheti orasida eng kamida 1 m masofa bo‘lishi kerak

  • avtogreyderni baland ko‘tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joylari qilinishi kerak.




Download 456.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling