Havo qizdiruvchi kollektorlar


Download 1.91 Mb.
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1744248
  1   2   3   4
Bog'liq
3-Маъруза Ю.М.Қурбанов


ass. Yu.M.Qurbanov
Quyosh suv isitish kollektorlarining issiqlik texnikaviy xarakteristikalari,asosiy parametrlarini asoslash.

Havo qizdiruvchi kollektorlar

  • Havo qizdiruvchi kollektorlari deganda quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan va issiqlik tashuvchi sifatida havodan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ular AQSH, kamroq miqdorda Evropaning markaziy qismlarida tarqalgan. Juda ham kam hollarda suv isitish uchun havo kollektorlari ishlatiladi. Eng katta havo qizdiruvchi quyosh kollektori Evropada Oshats shahrida Leypsiga yaqinida joylashgan bo‘lib maydoni 1175 m2 ni tashkil etadi.
  • U tayyor mahsulotlar va qurilish materiallari omborini isitish uchun mo‘ljallangan.
  • Havo qizdiruvchi kollektorlarini issiq havo olish uchun (issiq suv emas) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Havo qizdiruvchi kollektorlarini foydalanish uchun namunalar:

Havo bilan isitish tizimiga ega binolar, masalan, sport zallari, omborlar, sexlar, tashqi havoni yuqori darajada iste’mol qiluvchi binolar va aholi yashash uylari. Qisman, g‘arbiy Evropada energiyani kam iste’mol qilishga standart kiritilganidan so‘ng ventilyatsiya tizimida havoni qizdirishga issiqlikni iste’mol qilishdagi ulushi issiqlikning umumiy iste’moliga nisbatan muhimroq bo‘lib qoldi. Nazorat qilinadigan ventilyasiya va havo kollektori bilan birgalikda foydalanadigan tizim talab qilinadigan issiqlikning muhim qismini qoplashi mumkin. Havo qizdiruvchi quyosh kollektorlari yordamida issiqlik bilan qish mavsumlarida to‘liq ta’minlash albatta imkonsiz, bunga sabab, tushayotgan quyosh energiyasi miqdori va isitish uchun talab qilingan issiqlik miqdori o‘rtasidagi noqulay munosabatdir.

Qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini quritish uchun binolar, shuningdek don, urug‘, dori va tabobat o‘simliklari, yog‘och va qurilish materillari. Havo qizdiruvchi quyosh kollektorining quritish potensiali taxminan 1 m2 kollektor yuzasi uchun soatiga 0,2 dan 0,7 kg suv bug‘lanishini tashkil etadi.

  • Qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini quritish uchun binolar, shuningdek don, urug‘, dori va tabobat o‘simliklari, yog‘och va qurilish materillari. Havo qizdiruvchi quyosh kollektorining quritish potensiali taxminan 1 m2 kollektor yuzasi uchun soatiga 0,2 dan 0,7 kg suv bug‘lanishini tashkil etadi.
  • Quyosh sovitish tizimlarida.
  • Aytish joizki, havo qizdiruvchi kollektorlari suyuqlik bilan ishlaydigan kollektorlarga nisbatan kam tarqalgan, lekin ularning suyuqlik issiqlik tashuvchi kollektorlarga nisbatan muhim afzalliklari bor:
  • — Havo qizdiruvchi kollektorlari qish oyida muzlamaydi;
  • — Yoz oyida o‘ta qizishda issiqlik tashuvchilar sizib chiqish xavfi bo‘lmaydi;
  • — Karroziya bilan bog‘liq muammolar juda kam;
  • — Havo qizdiruvchi kollektorlari materiallarga nisbatan kamroq talabchan, ancha arzon;
  • — Kollektorlarda qizdiruvchi bevosita qizigan havodan foydalanilganda issiqlik almashingichda issiqlik yo‘qotishi bo‘lmaydi;

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling