Ko'p zonali to'g'ri oqimli markaziy HKT (2-rasm), asosan, issiqIik va namlik ajralishlari maydoni bo'yicha bir tekis va bir hil bo'lmagan katta xonalarda, yoki ko'p xonali binolarda qo'llaniladi.
Ko'p zonali to'g'ri oqimli markaziy HKT (2-rasm), asosan, issiqIik va namlik ajralishlari maydoni bo'yicha bir tekis va bir hil bo'lmagan katta xonalarda, yoki ko'p xonali binolarda qo'llaniladi.
Mazkur HKTda II bosqich havo isitkichlari har bir zonaning havo uzatish quvurlarida o’rnatilgan bo'lib, zona havo isitkichlari vazifasini bajaradi.
lchki havoning haroratini doimiy qilib ushlab turish uchun II bosqich havo isitkichlarga xizmat ko'rsatish zonalarida o’rnatilgan haroratni nazorat qiluvchi datchiklaridan boshqaruv impulslari beriladi. 2-rasmda ko'rsatilgan misolda uchta xizmat ko'rsatish zonasi qabul qilingan. Amaldagi HKTda zonalar soni o'nlab bo'lishi mumkin.
2-rasm.
Ko'p zonali to'g'ri oqimli HKT: shartli belgilar 1-rasm bo'yicha.
Mahalliy-markaziy HKTda yuqorida keltirilgan tizimlarga nisbatan enyergiya yo'qolishini prinsipial kamaytirish imkoniyati bor, chunki xonalarga tashqaridan faqat sanitariya-gigiyenik talablarga ko'ra aniqlangan minimal havo miqdori uzatiladi (3-rasm). Xonaga uzatiladigan havoning parametrlarini unda oqib o'tayotgan issiqlik namlik jarayoniga muvofiqlashtirish uchun har bir zonada yetkazgich agregatlari o’rnatilgan. Ular orqali ichki havo resyerkulatsiyalanib (qayta aylanib) talab etilgan parametrlarga ega bo'ladi.

Mahalliy-markaziy HKTlarga hozirgi vaqtda keng tarqalgan chillyer va fankoyllar tizimlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Bunday tizimlar ko'p xonalarga ega bo'lgan binolarda, masalan, mehmonxonalarda, ofislarda va h.k., bir vaqtning o'zida bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda xonalardagi ichki haroratni sozJash imkoniyatini yaratadi.
Mazkur tizimlarda sovuqlik manbayi sifatida chillyer ishlatiladi. Fankoyl-xonalarda o'rnatilgan yetkazgich agregatidir, ya'ni o'z ichiga issiqlik almashtirgichni, ventilatorni, filtr va boshqaruv pultini olgan qurilma.
3-rasm.
Mahalliy-markaziy HKT: 1+9 belgilar - 1-rasm bo'yicha; 10-ichki resirkulatsiyali havoga issiqlik ishlov berish uchun mahalliy yetkazgich agregati.
Do'stlaringiz bilan baham: |