Havoni tozalash
Download 56.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Havoni tozalash - Vikipediya
Havoni tozalash Havoni tozalash - uy-joy, jamoat va sanoat binolaridagi havoni texnik vositalar yordamida chang va boshqa zararli moddalardan tozalash; havo ventilyatsiya va havoni konditsirlash tizimlari yordamida tozalanadi. sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar vaqtida ajralib chiqadigan va ifloslangan havo atmosferaga chiqarishdan oldin tozalanadi. Havoni tozalash vositalari havoning ifloslik darajasiga va tozalashga qoʻyiladigan talabga qarab tanlanadi. Binolarga beriladigan havoni tozalashda koʻplab qoʻllanadigan qurilmalardan biri — havo filtrlaridir. Bunday qurilmalar ventilyatsiya va konditsirlash tizimlari tarkibiga kiradi. Ular yordamida binolardan atmosferaga chiqarib yuboriladigan (retsirkulyatsion) havoni ham tozalash mumkin. Retsirkulyatsion havo tarkibida chang koʻp boʻlsa, u avval chang yutkichlarda tozalanadi. Sanoat binolarida texnologik jarayonlar natijasida ifloslangan havoni tozalash va zararsizlantirish uchun turli filtrlar, chang va gaz tutkichlar, chang choʻktirgich kameralar, sik-lonlar va boshqa uskunalar qoʻllanadi. If-loslangan havo tarkibidagi qattiq zar-ralar (mas, uchuvchi kullar)ni tutish uchun mexanik kul tutkichlar — sik-lonlar, multitsiklonlar hamda nam kul tutkichlardan foydalaniladi. Sik-lonlarning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) 40—70%, qarshiligi 70– 80 mm suv ustuniga teng, tuzilishi sodda, ishlatishi qulay, biroq biroz qoʻpolroq. Multiiiklonlar ancha ixcham, ishi ham samarali. Nam kul tutkichlar xavoni yaxshi tozalaydi, ammo ish jarayonida koʻp suv talab qiladi. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Havoni _tozalash&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Havoni_tozalash&oldid=28413 33 " dan olindi Download 56.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling