Navning urug’iga boshqa nav yoki ekinlarning urug’i tasodifiy aralashib qolishi mexanik ifloslanish deyiladi. Bu ifloslanish o’tmishdosh ekinni hisobga olmaslik, urug’ni saqlash, tashish va ekish jarayonida sodir bo’ladi. - Navning urug’iga boshqa nav yoki ekinlarning urug’i tasodifiy aralashib qolishi mexanik ifloslanish deyiladi. Bu ifloslanish o’tmishdosh ekinni hisobga olmaslik, urug’ni saqlash, tashish va ekish jarayonida sodir bo’ladi.
- Biologik ifloslanish navning chetdan changlanishi, belgilar bo’yicha ajralish xodisasi, kasallangan o’sim-liklar sonining ortib borishi, mutatsiya ro’y berishi natijasida kuzatiladi.
- Ko’pchilik sabzavot-poliz ekinlari chetdan changlanuv-chi o’simliklar bo’lgani uchun eng avvalo tarqalish izolyatsiyasining normasiga rioya qilish, bundan tashqari begona o’tlarni o’z vaqtida yo’q qilish, xo’jalikda ekinning faqat bitta navini ekish, ekin ko’p bo’lsa, ularni turli yillarda ekish lozim.
Sabzavot-poliz ekinlarining urug’i yirikligi, shakli, ko’rinishi, yuzasi, rangi, hidi va alohida o’ziga xos morfologik belgilari bilan farqlanadi. Ko’pgina ekinlarning urug’ini bir-biridan oson ajratish mumkin. Biroq bitta botanik oilaga mansub ekinlarni (masalan, karam va piyoz turlarini) belgilariga qarab bir-biridan ajratish juda qiyin. SHuning uchun ularni aniqlashda maxsus anatomik va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Anatomik usulda (karam turlari) urug’ po’stining tuzilishiga, kimyoviy usulda (turp, rediska) urug’lar 10% li o’yuvchi natriy eritmasiga 2 soat ivitib, turga xos rangga kirishi bo’yicha aniqlanadi. - Sabzavot-poliz ekinlarining urug’i yirikligi, shakli, ko’rinishi, yuzasi, rangi, hidi va alohida o’ziga xos morfologik belgilari bilan farqlanadi. Ko’pgina ekinlarning urug’ini bir-biridan oson ajratish mumkin. Biroq bitta botanik oilaga mansub ekinlarni (masalan, karam va piyoz turlarini) belgilariga qarab bir-biridan ajratish juda qiyin. SHuning uchun ularni aniqlashda maxsus anatomik va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Anatomik usulda (karam turlari) urug’ po’stining tuzilishiga, kimyoviy usulda (turp, rediska) urug’lar 10% li o’yuvchi natriy eritmasiga 2 soat ivitib, turga xos rangga kirishi bo’yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |