Havoning nisbiy namligini avgust psixrometri
Download 192.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq№8 HAVONING NISBIY NAMLIGINI AVGUST PSIXROMETRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbobning tavsifi
- Ishning bajarilish tartibi
1-rasm. Psixrometr
Q 2 issiqlik M bilan quyidagicha bog‘langan: 𝑄 2 = 𝑀 ∙ 𝜆 = 𝐶𝑆(𝑃 𝑇 ℎ −𝑃) 𝐻 ∙ 𝜆 (5) λ - quruq temepratura ko‘rsatgan temperaturadagi bug‘ hosil bo‘lishning yashirin issiqligi. Q 1 =Q 2 bo‘lganda ho‘l termometr ko‘rsatgichi doimiy bo‘lib qoladi. Bundan esa 𝑃 = 𝑃 𝑇 ℎ − 𝛼 𝐶∙𝜆 𝐻(𝑡 𝑞 − 𝑡 1 ℎ ) (6) Agar (6) formuladan 𝛼 𝐶∙𝜆 deb olsak, 𝑃 = 𝑃 𝑇 ℎ − 𝐴(𝑡 𝑞 − 𝑡 ℎ )𝐻 (7) hosil bo‘ladi. (7) formuladagi A miqdor doimiy bo‘lib, uning son qiymati havo oqimiga bog‘liq va eksperimental ravishda aniqlanadi. Asbobning tavsifi Standart aspiratorli psixrometrning umumiy ko‘rinishi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday asbob 2 ta bir xil maxsus termometrdan iborat bo‘lib, birining simob sharchasi batist bilan o‘ralgan. Aspirator prujinali shamollatgich (ventilyator) bilan jihozlangan bo‘lib, u kalit yordamida ishga tushiriladi. Batistni ho‘llash menzurka yordamida amalga oshiriladi. Ishning bajarilish tartibi 1. Psixrometr termometrlarining ko‘rsatgichlari yozibolinadi. 2. Menzurka suv bilan to‘ldirilib, batist ohistagina ho‘llanadi. Bunda (2) termometr namlanmasligi kerak. 3. Kalit yordamida shamollatgich (ventilyator) ishga tushiriladi. 4. Ho‘llangan termometr ko‘rsatgichi pasaya borib, ma’lum nuqtaga yetganda uning ko‘rsatgichi o‘zgarmay qoladi. Bu holda ham shamollatgich (ventilyator) to‘la ishlab turmog‘i lozim. Termometrning ko‘rsatishi gradusning o‘ndan bir ulushi aniqligida o‘lchanadi. 5. Ho‘l va quruq termometrlar ko‘rsatishiga qarab (7) formula yordamida absolyut namlik, havodagi suv bug‘i bosimi topiladi. Ho’l termometr ko’rsatgan temeperaturadagi to’yingan bug‘ bosimi 𝑃 𝑇 ℎ ilovadagi jadvaldan olinadi. A esa doimiy kattalik bo‘lib, uning son qiymati 0,000662 ga teng. 6. P aniqlangandan keyin (2) formula yordamida nisbiy namlik φ aniqlanadi, quruq termometr ko‘rsatgan temperaturadagi P T ning qiymati jadvaldan olinadi. 7. Olingan natijalar quyidagi jadvalgayoziladi. № t, ( 0 C) t, ( 0 C) 𝑃 𝑡 ℎ , mm, Hg H, mm, Hg P T , mm, Hg P, mm, Hg φ, % φ o’rt % Δφ o’rt % Δ𝜑 𝑜′𝑟𝑡 𝜑 𝑜′𝑟𝑡 ∙ 100% 1 2 3 4 Nazorat savollari 1. Ishning maqsadi va bajarilish tartibini tushuntiring. 2. Absolyut va nisbiy namlik haqida ma’lumot bering. 3. To‘yingan, to‘yinmagan bug‘, shudring nuqtasi deb nimaga aytiladi? 4. Bug‘lanish. Bug‘lanish vaqtida sovish. Bug‘lanish boshqa faktorlarning ta’siri. 5. Bug‘lanish tezligi qanday parametrlarga bog‘liq? Adabiyotlar 1. U.B.Jurayev. Molekulyar fizika. Toshkent. “Voris-Nashriyot”. 2014 y. 2. Kikoin A.K., Kikoin I.K. Molekulyar fizika. Toshkent.“O’qituvchi” 1978 y. 3. Sivuxin D.V. Umumiy fizikadan kursi. Termodinamika va molekulyar fizika. Toshkent.“O’qituvchi”.1984 y. Download 192.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling