«Haydovchi – avtomobil – yo‘l- transport oqimi muhit» kompleksining o‘zaro ta’sir modelini o‘rganish va tahlil qilish Ishdan maqsad
Download 32.28 Kb.
|
2-amaliy ish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
- Topshiriq: Talabalarga
2-amaliy ish «Haydovchi – avtomobil – yo‘l- transport oqimi - muhit» kompleksining o‘zaro ta’sir modelini o‘rganish va tahlil qilish Ishdan maqsad: «Haydovchi-avtomobil-yo‘l-transport oqimi-muhit» kompleksining o‘zaro ta’sir modelini o‘rganish va tahlil qilish. Nazariy qism Avtomobil yo‘llarida haydovchilar tomonidan boshqariladigan harakatlanayotgan har xil transport vositalari, piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan iborat murakkab dinamik tizim faoliyat ko‘rsatadi. Yo‘l harakatining xususiyatlari va maxsus tomonlari, eng avvalo, “Avtomobil–yo‘l–haydovchi–piyoda–muhit” (AYHPM) tizimi orqali belgilanadi. “Haydovchi”ning tizim tashkil etuvchilari orasida o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri, birinchi navbatda, haydovchining sog‘lig‘ini, tayyorgarlik darajasini, har xil sharoitda qaror qabul qila olishini va charchoqlik darajasini nazarda tutadi. Avtomobilga nisbatan: avtomobilning konstruktiv o‘lchamlari harakat xavfsizligiga ta’sir qiladi. Bunda uning gabarit yo‘lchamlari, texnik holati, tortish va tormozlash sifati, manyovrchanligi, texnik holati, haydovchi ish o‘rnining qulayligi va passiv, halokatdan keyingi va ekologik xavfsizlik elementlari muhim o‘rin tutadi. Yo‘lga nisbatan: qatnov qism yuzasining holati (ilashish koeffitsientlari, ravonlik va mustahkamlik), geometrik yo‘lchamlari, Yo‘lharakatini boshqarishning texnik vositalari holati, to‘siqlar va Yo‘naltiruvchi qurilmalar. Piyodalarga nisbatan: yo‘l harakati qoidalarini bilish darajasi va ularga har xil yo‘lbyo‘laklarida rioya qilish. Muhitga nisbatan: AYXP tizimining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida tabiiy iqlim sharoitlari (qor, yomg‘ir, tuman, qattiq shamol va hokazo) katta ta’sir ko‘rsatadi. AYXPM tizimiga kiruvchi komponentlarning ishonchliligiga yo‘l harakati xavfsizligi bog‘liq. Ko‘rsatilgan uchta darajada tizimning faoliyat ko‘rsatishini taminlash uchun katta xarajatlar talab qilinadi. Lekin absolyut xavfsiz tizimni tashkil qilish mumkin emas, chunki unga inson kiradi (haydovchi, piyoda, harakatni boshqaruvchi), ularning harakati va qilgan xatosi tizimning ishchanligiga jiddiy ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda AYXPM tizimining qandaydir alohida olingan bir darajasida ishonchlilikni ta’minlash haqida gapirish mumkin. Tizimning yuqori darajasini o‘rnatish (ta’minlash) yetarlicha ijtimoiy-iqtisodiy muammodir. AYXPM tizimini elementlarining umumlashganligini ko‘rib chiqamiz. Bu elementlar Yo‘l-transport tizimida yaxlit bo‘lib, bir butun tizimni tashkil qiladi (-rasm). А–П Ҳ–Д
А Й
Й–П П
A–Ҳ 2.1-rasm. “Avtomobil–yo‘l-haydovchi–piyoda–muhit” tizimi: A – Avtomobil; H – haydovchi; Y – yo‘l; P – piyoda; A–H –Avtomobil – haydovchi; A–P – Avtomobil – piyoda; H–Y – haydovchi – yo‘l; Y-P – yo‘l– piyoda. “A-Y-H-P-M” tizimi optimal ravishda faoliyat ko‘rsatishda tizimdagi avtomobil, haydovchi, Yo‘l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarining alohida hamda ularning birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P, A-P va boshqa tasniflari katta ahamiyatga ega. Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) yo‘l harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o‘lchamlari tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va yengil boshqarilishi muhim o‘rin egallaydi. Avtomobil yo‘li “A-Y-H-P-M” tizimi faoliyatiga o‘zining geometrik elementlari o‘lchamlari va transport-ekspluatatsion sifatining o‘zgarishi orqali ta’sir etadi. Yo‘l harakati xavfsizligi eng avvalo haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishchi qobiliyatiga bog‘liq. Piyodalar yo‘lharakatida alohida o‘rin egallaydilar. Ular yo‘lharakati qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari real yo‘l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratadi. Umumiy tomonlardan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda “A-H-Y-P-M” tizimdagi har bir tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali yer ishish mumkin. Topshiriq: Talabalarga amaliyotda olgan bilimlariga tayangan holda biror bir YTHda “A-H-Y-P-M” tizimdagi tashkil etuvchilarning sabablarini o‘rganib xulosa yozishadi. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling