Haydovchi qanday boʼlish kerak
Download 18.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqHaydovchi
“HAYDOVCHI QANDAY BOʼLISH KERAK” Xolmuminov Eshonqul Saidqulovich 9785 harbiy qism oʼquv-uslubiy boʼlinmasi 4-oʼquv sikl boshligʼi Аnnotatsiya: Ushbu maqolada haydovchilarni tayyorlash, haydovchilarning kasbiy ishonchliligi, ahloq-adobi va psixofiziologik asoslari toʼgʼrisida aytib o’tilgan. Tayanch soʼzlar: Haydovchi, xavfsizligi, kasbi, avtomobilь, yoʼllar, boshqarish, ishonchlilik, axborot, fiziologik, sensomotor reaktsiyasi, inson, qobiliyat. Аvtomobil texnikasi haydovchilarini tayyorlashning asosiy maqsadi bugungi kun talablaridan kelib chiqib, har qanday yoʼl sharoitlarida ham avtomobillarni xavfsiz boshqarishga layoqatli haydovchilarni tayyorlashga qaratilgan boʼlib, bunda haydovchilarga avtomobilni boshqarish jihozlaridan toʼgʼri foydalanish, avtomobil yoʼllari va yoʼl sharoitini harakat xavfsizligi taʼsiri, haydovchining ruhiy fiziologik tasniflari, ishonchliligi va ishni toʼgʼri tashkil etish. Yoʼl-transport hodisa va ularning turlari, kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish usullari, avtomobil konstruktsiyasining xavfsizligi, avtomobil transporti xoʼjaliklarida harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil etish boʼyicha chuqur bilib va koʼnikmalar hosil qilishga yoʼnaltirilgan. Ushbu kursni chuqur oʼzlashtirish va ularga toʼliq amal qilish har qanday yoʼl sharoitlarida ham haydovchiga avtomobilni toʼgʼri va xavfsiz boshqarish hamda murakkab yoʼl-transport vaziyatlarida yoʼl-transport hodisasini bartaraf etish uchun kafolat boʼlib xizmat qiladi. [1, 7-b.]. Haydovchining oʼz kasbiga ishonchliligi unga yuborilayotgan axborotlarni idrok qilish, tahlil qilib anglab yetish qobiliyatiga bogʼliqdir. Haydovchi axborotlarni sezish aʼzolari orqali qabul qiladi: koʼrish, eshitish hid sezish, ushlab koʼrish orqali sezish va boshqalar. Bu aʼzolardan eng asosiysi koʼrish aʼzolari orqali hisoblanadi, chunki haydovchi 90 – 95 % axborotni koʼrish orqali qabul qiladi. [1, 109-b.]. Haydovchi aʼzolarining axborotlarini qabul qila olish darajasi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, haydovchi koʼzi orqali 20 – 70 bit/sek, eshitish aʼzolari orqali esa faqat 0,6 – 8 bit/sek miqdordagi axborotni qabul qila olishi mumkin. [1, 109-b.]. Ruhshunos va texnik olimlarni haydovchilik kasbiy ishonchliligiga bergan taʼriflari bir-biridan farq qilsa ham uni belgilab beruvchi omillar bir xil ekanligini koʼrish mumkin, yaʼni bular: haydovchining ruhiy fiziologik sifatlari, tayyorgarligi, axloqiy turgʼunligi, ish qobiliyati, malakasi, maʼlumoti va boshqalar. Oʼrganayotgan haydovchining oʼz kasbiga ishonchi qoʼyidagi koʼrsatkichlar bilan tavsiflanadi: - haydovchining kasbiga yaroqliligi; - haydovchining kasbiga tayyorgarligi; - haydovchining ish qobiliyati. Haydovchi avtomobilni boshqara olishi uchun sogʼligʼi, ruhiy fiziologik sifatlari tekshiriladi. Haydovchining tajribasi uning yoshi, ish staji, oʼquv darajasi va oʼzining faoliyati davrida olgan kasbiy bilimlari va mahorati (koʼnikmalari) bilan aniqlanadi. Haydovchilikka ruhiy tayyorgarlik ham bu oʼrinda muhim ahamiyat kasb etadi. Haydovchining ish qobiliyati uning yuqori sifatli koʼrsatkichlari va yuqori darajada qoidalarni oʼziga singdira olish bilan, yaʼni oʼz vazifasini bajara olishi bilan aniqlanadi. Haydovchining oʼz kasbiga ishonchi yoʼldagi obektlarning, ularning yaqinlashish tezligini, harakat yoʼnalishi va ulargacha boʼlgan masofani aniq va oʼz vaqtida qabul qila olishiga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun haydovchilarga yoʼl sharoiti va uning elementlarini qabul qilish uchun optimal sharoitlar yaratilgan boʼlishi kerak (avtomobil va yoʼllarda) [1, 110-b.]. Haydovchining ruhiy fiziologik tasniflari Haydovchi mehnatining ruhiy fiziologiyasi haydovchilarning har xil kasbiy faoliyatidagi ruhiy jarayonlarni, ularga qoʼyilishi lozim boʼlgan talablarni, uning kasbiy ishonchliligini oshirishga, sogʼligʼini saqlashga va ish unumdorligini oshirish tamoyillarini oʼrganadi. Bu izlanishlarga haydovchining inson sifatida bosh miya qobigʼidagi fiziologik oʼzgaruvchi jarayonlar asos boʼlib xizmat qiladi, yaʼni: - kasbiy faoliyati davrida mahoratni oshirish; - oʼz faoliyatini tahlil qila olish (kuzatuvlari, tajribasi va bilimlarini umumlashtirish); - mahorati, faqat kerakli axborotlarni xotirada saqlab qolish va qayta yoʼllash; - bir marta qilgan xatoni yana qaytarish; - har xil sharoitlardagi faoliyatlardagi faoliyatlarga koʼnikish; - АHYPM tizimining elementlaridagi nosozlik va yuzaga kelgan kamchiliklarni oʼz xatti-harakatlari bilan bartaraf eta olish; - kasbiy faoliyatiga tegishli salbiy va ijobiy odatlarining paydo boʼlishi va hokazo. Maʼlumki, “Аvtomobil – haydovchi – yoʼl – piyoda - muhit” tizimida ikkita biologik element boʼlib, ulardan biri “haydovchi”dir. Bu tizimda haydovchi avtomobilni boshqaruvchi “operator” vazifasini oʼtaydi. Bu vazifa boshqa mashinalarni boshqaruvchi operatorlardan anchagina farq qiladi. Bunday farqlar birinchi galda uning xatti-harakatlari jadalligini boshqa operatorlarinikidan bir necha marta kattaligi, avtomobilni boshqarish uchun zarur boʼlgan axborotlarning koʼpligi hamda yechim qabul qilish vaqtining oʼta kamligidir. Haydovchi avtomobilni boshqarar ekan, u zarur boʼlgan axborotlarni qisqa muddat ichida qaboʼl qilib olishi, ularni anlab yetishi va avtomobilni boshqarish boʼyicha yechimlar qabul qilib, ularni amalga oshirish kerak. Bu yerda yana shuni eslatib oʼtish joizki, boshqa kasbdagi operatorlar asosan axborotlarni tayyor holda oʼlchov asboblari yordamida qabul qilib olsa, haydovchi kerakli axborotlarning asosiy qismini bevosita yoʼlni va undagi obektlarni koʼrish, eshitish, va sezish aʼzolari yordamida qabul qilib oladi. Аgar haydovchi qabul qilib olayotgan axborotlar juda koʼp va tez oʼzgarib tursa, haydovchi ularni oʼz vaqtida anglab yetolmay qolishi, bu esa oʼz navbatida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Harakat jadalligi yuqori va transport oqimi zij boʼlgan sharoitlarda harakatlanayotganda haydovchi 1 soatda bir necha 100 dan ortiq operatsiyani bajaradi. Shulardan oʼrtacha 20 % xato bajaradi. Masalan, shaxar sharoitida avtobus haydovchisi 1 smena davomida 400 – 500 marta toʼxtaydi, 2000 martacha ilashmani ishga tushiradi. Yana bir misol. Haydovchi 1 sekund davomida yoʼldagi 10 tagacha predmetlarni ilgʼay oladi, 1 minut ichida 30 dan 120 tagacha har xil hakatlarni bajaradi. Biron-bir shokda ishlayotgan ishchining faoliyatiga atrof-muhit deyarli hech qanday taʼsir oʼtkazmaydi. U alohida holda oʼz faoliyatini amalga oshiradi. Haydovchi avtomobilni oʼzi hoxlaganidek boshqara olmaydi. U uzluksiz ravishda boshqa harakat qatnashchilari bilan munosabatda boʼlib, ularning xatti-harakatiga mos ravishda avtomobilni boshqarish kerak. Odatda haydovchining kasbiy faoliyatini baxolashda ikkita oʼlchovdan foydalaniladi: samaradorlik va ishochlilik. Haydovchining faoliyatining samaradorligi birinchi galda haydovchini shaxs sifatida individual sifatlariga, kasbiy tayyorgarlik darajasiga, jismoniy baquvatligi va sogʼligiga bogʼliqdir. Haydovchining psixofiziologik tavsiflaridan biri – bu eʼtibordir. Eʼtibor – bu ongni biron-bir obektga aloxida qaratilishidir. Haydovchi avtomobilni boshqarar ekan, qaboʼl qilib olayotgan axborotlardan eng asoslarini ajratib olishi, uni idroq etishi va anglashi kerak boʼladi. [1, 118-b.]. Haydovchining uzoq vaqt dam olmasdan avtomobilni boshqarganida charchashi oqibatida uning eʼtibori susayib boradi. Eʼtiborini susayishiga uni uzoq vaqt bir xil obektni kuzatib borishi, kasalligi yoki masʼuliyatsizligi ham sabab boʼladi. Inson organizmining tashqi va ichki signallarga javob qaytarishi senmotor reaktsiyasi, deb ataladi. Haydovchining reaktsiyasi ikki xil: oddiy va murakkab turlarga boʼlinadi. Oldindan maʼlum boʼlgan signalga nisbatan uni javob xatti-harakatlari odiy reaktsiya, deb ataladi. Haydovchi svetofor qizil chirogʼi yonishi bilan tormoz tepkisini bosishi oddiy reaktsiyaga misol boʼla oladi. Haydovchining murakkab reaktsiyasi deb toʼsatdan paydo boʼlgan signallarni qabul qilib, mumkun boʼlgan xatti-harakatidan eng zaruriyatini bajarishga aytiladi. Haydovchiga sensomotor reaktsiyasi vaqtida juda koʼp omillar taʼsir etadi: yoshi, jinsi, mijozi, sogʼligi, mahnat va dam olishi qanday tashkil etgani, organizmda alkogol mavjudligi va hokazo. Uzluksiz, oʼtkaziladigan mashqlar va jismoniy tarbiya bilan shugʼilanish, funktsional musiqalarni eshitish har bir haydovchining sensomotor reaktsiyasiga ijobiy taʼsir etadi. Shuning uchun birinchi galda avtotransport korxonalari har xil stendlar va trenajyorlar bilan jihozlanishi, shoxbekatlarda esa, haydovchilar uchun maxsus dam olish xonalari rejalashtirishi kerak. [1, 119-b.]. Kasbiy mahorat – bu haydovchining yoʼl sharoitini tez va aniq baholay olishi, uni oldindan koʼra olishi hamda sharoitga mos ravishda avtomobilning texnik imkoniyatlaridan oʼz vaqtida va toʼgʼri foydalana olishidir. Kasbiy mahoratning ahamiyatini shundan koʼrish mumkinki, tajribali haydovchilar yangi haydovchilarga qaraganda bir necha marta kam yoʼl–transport hodisa sodir etadi. Fransuz mutaxassilarning fikricha, haydovchi oʼz faoliyati davrida 500 km masofani bosib oʼtganicha asosan oʼz avtomobilini boshqarish bilan band boʼlib, boshqa harakat qatnashchilariga eʼtiborini yetarli darajada qarata olmaydi. 500 – 3000 km masofani bosib oʼtganda haydovchi yoʼl –transport vaziyatiga eʼtibor bera boshlaydi va avtomobilni xavfsiz boshqara olishi mumkin. Haydovchilarning kasbiga tayyorligi darajasini har xil yoʼl-transport vaziyatlarida avtomobilni boshqarish koʼnikmalari orqali boholanadi. Shuning uchun har xil yoʼl sharoitida xavfsiz boshqarish koʼnikmalarini nafaqat yosh haydovchilar, balki tajribali haydovchilar ham doim oshirib borishlari shart. Koʼnikmalar doimiy boʼlmay, balki oʼzgarish xususiyatiga ham egadir. Аgar haydovchi doim mashq qilib turmasa, kasbiy faoliyatida uzoq vaqt uzilishlar boʼlsa, uning avtomobilni boshqarish boʼyicha egallagan koʼnikmalari pasayib ketadi. [1, 120-b.]. Harakat havfsizligini taʼminlashda inson, shu jumladan, haydovchi alohida oʼrin egallaydi. Insonlarni bir-biridan oʼzgagina xos xususiyati, yaʼni xarakterlovchi oʼziga xosliklarini bilishi zarur. Shaxs koʼp qirralik sifatlarining oʼzaro bogʼlanishidan tashkil topadi va bularga u yashab turgan ijtimoiy va siyosiy jamiyat, kollektiv, oila bilan bir paytda uning qiziqishlari, temperamenti, mijozi, oʼz kasbiga munosabati kabi omillar taʼsirida mujassamlanadi. Har bir inson oʼzi yashab turgan jamiyatga munosabati, oilada va kollektivda oʼzini tutishi, dunyoqarashi uni shu jamiyatdagi axloq-odobi bilan baxolanadi. Shaxsning ehtiyoji shunday ruhiy holatiki, u insonni biron-bir narsaga, yaʼni kiyinishga, ovqatlanishga, yashashga, ishdan keyin dam olish kabi ehtiyojlari bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham xalqda bir gap bor “Baʼzilar ovqat yeyish uchun yashaydi, baʼzilar esa yashash uchun ovqat yeydilar”. Inson oʼz tabiyatiga koʼra, unga ijobiy taʼsir qiluvchi holatlarga, parametrlarga va voqealarni oʼrgashnishga qiziqishi mumkin yoki shu bilan birga odamlarga va jamiyatga zarar keltiruvchi narsalarga qiziqishi mumkin. Shuning uchun insonning yaxshi fazilatlari koʼproq u yashab turgan jamiyat, mehnat qilayotgan kollektivdagi ishlab chiqarish iqlimi, oilasi hamda salohiyatiga bogʼliq boʼladi. Insonlarning haydovchilik kasbiga salohiyati, yaʼni qobiliyatini quyidagi sifatlari bilan aniqlash mumkin: - jismonan baquvvatligi, epchilligi; - harakatlanish boʼyicha koʼnikmalarni oson egalashi; - sezish aʼzolarining rivojlanganlik darajasi; - sensometr reaktsiyasining tezligi va aniqligi; - diqqatni belgilovchi sifatlarining yuqoriligi; - xotirasi; - oʼzini tuta bilish va boshqalar. Haydovchining mahoratini oshirishda insonning salohiyati katta oʼrin egallaydi. Аmmo salohiyatning oʼzi haydovchilik kasbi uchun yetarli emas. Insonlar bir-biridan temperamentlari bilan ajratib turadilar.[1, 123-b.]. Tahlillar shuni koʼrsatadiki, yoʼl harakat qoidalari va havfsizligi talablariga toʼliq amal qiluvchi haydovchilar juda kamdan-kam vaqtlarda xavfli vaziyatlarga tushib qoladi. Tajribasi va mahorati oshishi bilan esa deyarli yoʼl-transport hodisasini sodir etmaydi. Bunday haydovchilar odob-ahloq qoidalariga toʼliq amal qiladi. Haydovchining odob-ahloqi deganda yaxshi xulqi, boshqa harakat qatnashchilariga hurmat bilan qarashi, ular biron-bir notoʼgʼri xatti-harakat qilganlarida bosiqlik qilishi, ichki ishlar va boshqa taftish-tekshirish xodimlari, yoʼlovchi va buyurtmachilar bilan oʼzaro munosabatlarda xushfeʼl va xushaxloq boʼlishlari ham tushuniladi. Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling