Haydovchi quydagilarga majburdir


Download 14.26 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi14.26 Kb.
#1193919
Bog'liq
haydovchi quydagilarga majburdir


HAYDOVCHI QUYDAGILARGA MAJBURDIR:
Haydovchi biriktirilgan mashinasini asrab-avaylash, uning sozligi, butlanganligi va foydalanishga tayyorligi uchun javob beradi. Haydovchiga mashina boshqaruvini boshqa odamga topshirishga, shuningdek, mashinani boshqarish vaqtida chekish qat’iyan man etiladi.
U quyidagilarga majbur:
biriktirilgan mashinasining tuzilishi, texnik imkoniyatlari va ishlatish qoidalarini puxta bilishga;
mashinani kunning har qanday vaqtida, turli yo‘l va ob-havo sharoitlarida boshqara ola bilishga;
mashinani texnik soz va doimiy jangovar shaylikda saqlab turishiga;
mashinaning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha choralarni qabul qilishga;
Yo‘l harakati qoidalari, tartibga solish va boshqaruvning komanda va signallarini bilish va ularga aniq rioya etishga;
biriktirilgan mashinasi va uning komplektiga kiruvchi boshqa avtomobil mulkiga oid texnik xizmat ko‘rsatishning hajmi va ishlar hajmini, ta’mirlararo resursni (bosgan yo‘lini) va xizmat muddatini (ishlash muddatini) bilishga;
texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini bajarishga, shuningdek, biriktirilgan mashinasiga maxsus ishlov berish ishlarini o‘tkaza ola bilishga;
biriktirilgan mashinasida qo‘llaniladigan yoqilg‘i, moylash va boshqa ekspluatasion materiallarning navi va sarflanish me’yorlarini bilishga, ularni ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik va tejash bo‘yicha choralar qabul qilishga;
asosiy ekspluatasion nosozliklarning sabablarini bilishga, ularni aniqlash va bartaraf eta ola bilishga, mashina va uning komplektiga kiruvchi boshqa avtomobil mulkini vaqtidan ilgari safdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka, barcha aniqlangan nosozliklar haqida bevosita komandiriga (boshlig‘iga) o‘z vaqtida bildiruv berishga va ularni bartaraf etishga;
mashina parkdan chiqishidan oldin uning texnik va sanitariya holatini tekshirishga;
harakatlanish vaqtida mashinani nazorat qilish va tormoz, rul boshqaruvi, shinalar, tortish-tirkama moslamasi, tashqi yorug‘lik asboblari, oyna tozaligichlarning sozligiga, ortni ko‘rish ko‘zgularining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, raqamli va tanitish belgilarning tozaligi va ko‘rinuvchanligiga alohida e’tiborni bergan holda uning texnik sozligini ta’minlashga;
mashinani boshqarayotganda haydovchilik guvohnomasi, haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yo‘l varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlari va tegishli boshqaruv hujjatlari bilan o‘rnatilgan boshqa zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘zi bilan olib yurishga. Bundan tashqari, transport mashinasi haydovchisi uni ishlatish huquqini beruvchi talon va sug‘urta polisni o‘zi bilan olib yurishga majbur;
mashinaga yuk ortish normalari, odamlarni joylashtirish va tashish, mashina kuzovida yuklarni joylashtirish, taxlash va mahkamlash qoidalarini bilish va ularga rioya qilishga;
yukni o‘z vaqtida va butlikda mo‘ljallanish bo‘yicha yetkazishga;
yo‘nalish sxemasidan foydalana ola bilish va tabiiy joyda oriyentirlana ola bilishga;
o‘z vaqtida yo‘l varaqalarini rasmiylashtirish va ularni texnik qism yoki bo‘linmaga topshirishga;
dala sharoitlarida doimo mashina yaqinida bo‘lishga va komandirining (boshlig‘i, mashina kattasining) ruxsatisiz uning joyini o‘zgartirmaslikka, har qanday sharoitlarda ham mashinaning nazorat ko‘rigi, unga texnik xizmat ko‘rsatish va nosozliklarini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishlatishga, komanda va signallarni diqqat bilan kuzatishga, ularni tez va aniq bajarishga;
jangovar sharoitlarda mashinani panaga olish va niqoblashga;
mashinani ishlatish, ta’mirlash va evakuasiya qilishda xavfsizlik choralariga rioya qilishga.
O‘R MV ning 2020 yil 11 fevral kunidagi 128-sonli buyrug‘ining 31-moddasi
Download 14.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling