Haykaltarosh Azamat hatamov hayoti va ijodi


Download 0.71 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1365800
Bog'liq
PodHandler (1)

Haykaltarosh Azamat hatamov hayoti va ijodi

Haykaltarosh va grafik rassom Azamat Hotamov 1952-yili Surxondaryo viloyati Sherobod shahrida tugʻilgan. Avvaliga Toshkent pedagogika bilim yurtining fizika-matematika fakultetini tamomlab, maktabda dars berib yuradi. Sanʼatga kuchli ishtiyoqi uni I.Ye.Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutiga yetaklaydi. Leningradda pedagog V.B. Pinchuk rahbarligida tahsil oladi.

  • 1983-yili Toshkentga qaytib, ijodga shoʻngʻib ketadi. 1984-yili Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilinadi. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining kumush (2002) va oltin (2012) medallari bilan taqdirlangan. “Azamat va Azamatlar” yosh haykaltaroshlar guruhi bilan mahorat darslari olib boradi.
  • Azamat Hotamov XIX asr oxiri – XX boshidagi Yevropa haykaltaroshligi anʼanalarini oʻzlashtirib, milliy ruh singdirgan holda emotsional, oʻziga xos plastik kompozitsiyalar yaratib kelmoqda. Qator asarlari Oʻzbekiston muzeylari va xorijdagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
  • Azamat Hotamov ijodida ayol (ona) va tulporlar obrazi birlamchi oʻrin egallaydi. Rassomning suvratlarida onasi haqidagi xotiralar, asablari titrab turgan plastik chiziqlar (yechimlar) va Sharq miniatyurasidagi teskari perspektiv kompozitsiyalardan ilhomlanish belgilari yaqqol koʻzga tashlanadi. Baʼzi kartinalari abstrakt-ekspressionistlik kayfiyatga, yaʼni Jekson Pollock kabi betartib sochilgan ranglar kompozitsiyalariga hamohangdir. Bir soʻz bilan aytganda, Azamat Hotamov ijodiy erkinlik, ijodkorga xos ruhiy ozodlik kuychisi, – deydi sanʼatshunos Samandar Egamberdiyev.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling