hayot faoliyati xavfsizligi. Ekologiya asosiy tushunchalar


Elektr toki, elektromagnit nurlanishlarning organizmga ta’siri va ularda himoyalanish


Download 39.18 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi39.18 Kb.
#1611983
1   2   3   4
Bog'liq
Зиёдуллаев

Elektr toki, elektromagnit nurlanishlarning organizmga ta’siri va ularda himoyalanish
Hozirgi zamon elektr qurilmalari, shu jumladan eng zamonaviy kompyuterlar ham sanoat chastotasidagi 50Gs li elektr toki bilan ishlaydi. Bunday toki 0.6-1.5 mA miqdoridagi tok o‘tsa muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z azolari qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr simini ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini echa olmaydi. Bunday tok chegara miqdoridagi ushlab qoluvchi tok deyiladi. Agar tok miqdori 25-50 mA ga etsa, unda tok tasir ko‘rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Ta’sir qiluvchi tok miqdori 100mA dan ortiq bo‘lsa, u yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanishi tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat o‘limiga olib keladi. Eng zararli tok chastotasi 20 Gs dan kam toklarning tasir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuyishi mumkin. Elektr kuchlanish qancha yuqoiri bo‘lsa, u shuncha xavfli hisoblanadi.
Elektr qurilmalar, elektron hisoblash mashinalari va kompyuter bilan ishlashda, ularning tok o‘tkazuvchi qismlarining izolatsiya qobig‘i emirilishi oqibatida, ularning korpusida elektr kuchlanganligi paydo bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ular qaysi joyda va qanday binoda ishlatilashidan qa’iy nazar, ularning korpusida elektr kuchlanganligi paydo bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ular qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qatiy nazar, ularning metall korpuslarini erga ulab muhofazalanadi. Erga ulab muhofaza qilish qurilmasining umumiy qarshiligi, yilning hamma fasllari uchun, 1000 V kuchlanishiga bo‘lgan elektr qurilmalarda 4 Om dan kata bo‘lmasligi kerak.
Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi. Agar elektr qurilmasi korpusida inson hayoti uchun xavfli kuchlanish hosil bo‘lib qolsa, uni tezda o‘chirish uchun muhofazalofchi avtomatik o‘chirish qurilmalari o‘rnatiladi. Ular elektr asbobni 0.2 c dan oshmagan vaqt davomida o‘chirish imkoniyatini berish kerak.
Elektromagnit maydonning elektr kuchlanganligining eng katta miqdori:
- Elektromagnit maydon kuchlanganligining elektr tashkil etuvchisining videomanitor yuzasidan 50 sm masofadagi qiymati-10V/m;
- Elektrmagnit maydon kuchlanganligining magnit tashkil etuvchisining videomonitor yuzasidan 50sm masofadagi qiymat-0.3 V/m;
- Elektr maydon kuchlanganligi talabalar uchun 15 kV/m va kata yoshdagilar uchun 20 kV/m va kata yoshdagilar uchun 20 Vt/m2 dan oshmasligi kerak.
Elektr qurilmalari, SHK va kompyuterlardan foydalanishda turli xildagi yonishlar xavfi doim mavjuddir. Zamonaviy kompyuterlarda elektron sxemalarning elementlarini joylashish zichligi juda yuqoridir, ulash simlari, kommunakatsion kabellar bir-biriga juda yaqin joylashgan. Ulardan tok oqqanda, kata miqdorda issiqlik ajraladi, bazi bo‘limlarda harorat 80-100 S gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu ularning izolyasiya qobig‘ining erishiga, o‘tkazgich qismlarining ochilib qolishiga, oqibatda qisqa tutashuv bo‘lib, uchqun chiqishi va yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ortiqcha issiqlikni yo‘qotish uchun havoni kondensionerlash va ventilyasiya tizimi xizmat qiladi. Lekin bu tizmlar mashinazallari va boshqa xonalar uchun qo‘shimcha yong‘in xavfini yuzaga keltiradi, chunki bir tarafdan, yong‘in sodir bo‘lganda, ularni xonalarga tezda tarqalishiga yordam beradi.
Elektr qurilmalariga tok alohida yong‘in xavfi bo‘lgan kabel simlari orqali uzatiladi, yonuvchi izolyasiya materialining mavjudligi, elektr uchquni va yaqinlashish qiyinligi kabel liniyalaridan yong‘in yong‘in chiqishi va rivojlanishi ehtimoli yanada kattaligidan dalolat beradi. SHuning uchun kabel simlari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan, olib-qo‘yiluvchi texnalogik pol ostidan o‘tishi kerak. Hisoblash markazlaridagi xonalarda yong‘in jo‘mraklari yo‘lkalarga zina maydonchalariga, kirish joylariga o‘rnatiladi. Olov o‘chirgichlari 40-50 sm2 ga bitttadan o‘rnatiladi. YOng‘in signalizatorlari va avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari o‘rnatiladi.



Download 39.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling