Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan oraliq savollariga javoblar


-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi


Download 25.81 Kb.
bet9/10
Sana25.02.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1229476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan oraliq savollariga javoblar 1

15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi 
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash boʻlib, ushbu audit ish beruvchining qaroriga binoan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; 
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish. 
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi хizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

16-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish
Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan byudjet mablagʻlari; 
ish beruvchining oʻz mablagʻlari; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmalarining mablagʻlari; 
yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari; 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Mehnatni muhofaza qilish uchun byudjet mablagʻlari tegishli (respublika va mahalliy) byudjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablagʻlardan boshqaruv organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning ta’minoti, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi. 
Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni qonun hujjatlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa kelishuvlarida yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda ajratadi. Xodimlar ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar. 
Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamgʻarmani oʻzining tijorat faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir. 
Mehnatni muhofaza qilishga moʻljallangan mablagʻlardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emas. 
Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablagʻlar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamgʻarmalarni tashkil etish va ularning mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida belgilanadi. 


Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling