«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan test savollari
1. Shovqinlar qayerlarda ko’p uchraydi?
A) Shaharlarda B) Tog’larda C) Qishloqlarda D) O’rmonlarda
2. Texnika xavfsizligi nima?
A) Ishchilarning ehtiyojlari va himoya vositalari.
B) Ishchilarning korxonaga moddiy zarar yetkazishi.
C) Ishchilarning xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siridan asrab qolishga qaratilgan chora tadbirlardir.
D) Ishchilarni jismoniy himoya qilish chora tadbirlari va vositalaridir
3. Mehnat qonunchiligi asoslari nimani boshqaradi?
A) Huquqiy me’yorlar majmuasi bo’lib, ishchi va xizmatchilarning mehnatga haq olishlarini boshqaradi.
B) Huquqiy me’yorlar majmuasi bo’lib, ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini boshqaradi.
C) Korxonada yong’in xavfsizligini boshqaradi.
D) Texnika xavfsizligini ta’minlaydigan huquqiy meyorlar majmuasidir.
4. Barcha korxona, tashkilotlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati qaysi vazirlikka yoki tashkilotga yuklatilgan?
A) Davlat soliq qo’mitasiga va Mehnat vazirligiga
B) O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga
C) O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligiga va Mehnat vazirligiga
D) Ichki ishlar vazirligiga va Mehnat vazirligiga
5. Shovqin nima va shovqin kuchi nima bilan o’lchanadi?
A) Bu chayqalishdir va bosim bilan. C) Bu kattalikdir va temperatura bilan.
B) Bu tovushdir va ditsebil bilan. D) Bu bosimdir va inertsiya kuchi bilan.
6. Bir pog’onali nazorat qanday amalga oshiriladi?
A) Har uch kunda usta jamoatchi nozir bilan sexni aylanishadi, kamchiliklarni aytishadi.
B) Har ikki kunda bir marta usta sexni aylanib chiqadi, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’rishadi.
C) Har kuni usta jamoatchi nozir bilan sexdagi ish joylarini aylanib chiqishadi, kamchiliklarni tuzatishadi.
D) Har besh kunda usta sexlarni aylanib chiqadi, uchragan kamchiliklarni to’g’irlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |