Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi qo‘l yozma huquqida Xolnazarov Ravshan Nurmahamat o'g'li


Elektr qurilmalaridan kelib chiqqan yong’inni bartaraf etish


Download 1.32 Mb.
bet14/17
Sana17.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1535189
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
rosahn tayor1 (2)

2.2 Elektr qurilmalaridan kelib chiqqan yong’inni bartaraf etish

Elektr tokidan (elektr qurilmalari, elektr uskunalari) yong'inni oldini olish xavfsizlik choralari Shikastlangan yoki ximoya xususiyatini yo'qotgan izolyatsiyali elektr o'tkazgichlar va kabellardan foydalanish;


- Shikastlangan rozetkalar, rubilniklar va boshqa elektr buyumlarini ishlatish;
- Issiqlik ximoyasi moslamalarisiz, yong'inni paydo bo'lishini oldini oladigan yonmaydigan issiqlik izolyatsiyali materialli tagliklarsiz elektr uskunalarini (plitkalar, choynaklar, dazmollar) ishlatish;
- Nostandart elektr isitgich asboblarini ishlatish, yuqori kuchlanish va qisqa tutashuvdan himoyalovchi kalibrlanmagan eruvchan qo'shilmalar yoki boshqa qo'lbola apparatlardan foydalanish;
- Elektr shitlari, elektr dvigatellari va ishga tushiruvchi apparatlaf oldida yonuvchan moddalar va materiallami joylashtirish;
- Tranzit elektr simlari va kabellarini omborxonalar, hamda yong'in xavfi va portlash xavfi bor xududlar orqali o'tkazish;
- Shikastlangan rozetkalar, rubilniklar va boshqa elektr o'matish buyumlaridan foydalanish;
- Elektr lampalari va yoritgichlami qog'oz, mato va boshqa yonuvchan materiallar bilan o'rash, hamda ulardan qalpog'i echilgan holatda foydalanish;
- Yoqilgan elektr isitgichlar, televizorlar, radio qabul qilgichlar va boshqalami nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi. Omborxonalarda yong'in xavfsizligi talablari.

5-rasm. Inson tanasini qarshiligi tokni kuchlanishiga bog’liqi
2) o’zgaruvchan tokni, 50 gs; 3 ,4) o’zgarmas tok
Tokni sezish chegarasi. O’zgaruvchan tokni 50 gs va miqdori 0.1-
1.5 mA, o’zgarmas tokni miqdori 5-7 mA. Shu holatda inson qo’l panjalari titraydi va issiqlikni sezadi; Qo’yib yuboradigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 8-10 mA, o’zgarmas tok uchun 20-25 mA. Shu holatda inson og’riq sezadi badani qiziydi.
-Ushlab qoladigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 10-15 mA, o’zgarmas tok uchun 50-80 mA. Shu holatida qo’l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, va inson o’zini tanasini boshqarib ololmaydi.
Fibrilyasion tok. O’zgaruvchan tok miqdori 100 mA, o’zgarmas tok uchun 300mA. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
Omborlarda har bir ombor xonalarini xususiyatlarini hisobga olgan holda yong'inni oldini olish yo'riqnomalari ishlab chiqariladi. Ularda bajarilmasa yong'inga olib kelishi 18 mumkin bo'lgan maxsus qoidalar, yong'inga xavfli va portlash xavfi mavjud moddalar va materiallami saqlash tartibi va me'yorlari ko'rsatiladi.
Barcha omborxonalarda ochiq alangani ishlatish va chekish taqiqlanadi. Tarqatish shitlari va uzgich (rubilnik) lar omborxonalardan tashqariga chiqarilishi va metal qutilarda alohida turgan ustunlarda yoki yonmaydigan devorlarda o'matilishi kerak. Ochiq yoritgichlami yonmaydigan materiallar saqlanadigan omborlarda, yopiq himoyalangan yoritgichlami esa engil yonuvchan materiallar hamda alangalanishga olib keluvchi moddalar saqlashga mo'ljallangan omborlarda ishlatishga ruhsat beriladi.
Taxlanadigan yuklar va materiallami ulaming hususiyatlarini (yonuvchanligini, alangalanish qobiliyatini) e'tiborga olgan holda ajratish zarur, xavfli yuklami saqlash uchun ichki yonmas devorli sektsiyalarga bo'lingan alohida omborlar ajratiladi. Barcha omborxonalar birlamchi o'to'chirish vositalari bilan ta'minlanishi zarur.
Yuk saroyida yong'in xavfsizligi talablari?
Yuk saroylari hududi amaldagi yong'in xavfsizligi me'yorlari va qoidalariga javob berishi kerak devor bilan o'ralishi, omborlarga, ramplar va saqlash joylariga olib boruvchi yo'llarga ega bo'lishi. Ish turlari bo'yicha texnologik jarayonning yuqori yong'in xavfi bilan bog'liq xodimlar o'qitilgan va yo'riqlangan bo'lishi kerak.
Yuklami taxlashda ulaming yonuvchanlik xavfi bo'yicha xususiyatiga rioya etish va ulami har bir yuk uchun ajratilgan joy da saqlash zarur. Yuk saroylarida yong'in xavfsizligini ta'minlash uchun chekish taqiqlanadi, ishlar tugagandan keyin xonalami tozalash va ulardan yonuvchan ishlab chiqarish chiqindilarini olib chiqish, elektr tarmoqlarini, yoritgichlami, elektr uskunalami va isitish asboblarini va yorug'likni holatini kuchli nazorat etish, ish tugagandan keyin barcha alanga ta'sir etuvchi uskunalami va yoritgichlami (navbatchilardan tashqari) o'chirilishi zarur.
Yuk saroylarida avtomobillar, avtoyuklagichlar, yuk ko'tarish avtokranlari, traktorlar va boshqa mexanizmlami yonilg'i bilan to'ldirish o't-o'chiriluvchilar tashkiloti bilan kelishilgan maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi kerak.
Markazning Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi amaliyoti, yong‘inlarning kelib chiqishini yuqori foizini elektr uskuna, moslamalar va elektr tarmog‘idagi avariya holatlardan kelib chiqishini ko‘rsatmoqda.
Respublikamizning turli viloyat va tumanlari surishtiruv, tergov organlaridan, sodir bo‘lgan muammoli yong‘inlar yuzasidan Markazimizga sudga oid yong‘in-texnikaviy ekspertizasini o‘tkazish tayinlanadi va berilgan ekspertiza xulosalari asosida masalaga oydinlik kiritiladiYong‘inlarning asosiy sababi, turmushda, ishlab chiqarishda elektr uskunalarni o‘rnatish qoidalariga rioya qilmasligi, elektr moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish, nosoz elektr moslamalaridan foydalanish kabi omillardir.
Bularga bino, inshoot, imoratlarning elektr tarmoqlarida qisqa tutashuv, yuqori o‘tuvchi qarshilik, elektr simlarni elektr qurilmalarni o‘rnatish qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda ochiq alanga bilan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish shular jumlasidandir.
Elektr uskunalardagi nosozliklarning sababini aniklashda, elektr moslama va uskunalarini moslamalar yordamida tekshirish, ya’ni tester (AVO)metr moslamasi, mikroskoplar yordamida tadqiqotlarni olib borish muhim rol o‘ynaydi. Elektr uskuna va asboblarning ishdan chiqish mexanizmini tiklash ya’ni uning texnik nosozligi, ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik, elektr uskuna, moslamalarning sifatsizligi, ishlatilgan detallarning nuqsonini aniqlash yoki ekspluatatsiyaning noto‘g‘ri qilinganligini o‘rganish va sababini aniqlashga qaratilgan. Shu bois, ekspert xulosalarining sifatini ta’minlashda albatta, yangi uslub-uslubiyotlarni va yuqori sezgir kriminalistik uskunalarni, innovatsion texnologiyalarni xamda ilmiy ishlar natijalarini tadbiq etish maqsadga muvofiqdir
Elektr – texnika ob’ektlarni tadqiqot qilishdan avval, shu xududidagi elektr tarmog‘i umumiy tarzda ko‘rib chiqilishi kerak.
Xodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida, bino, inshoat yoki xonaning elektr tarmog‘i, o‘chirib – yoqqichlar holati va elektr tarmog‘ini butun liniyasi bo‘yicha ximoya vositalarini holati (yoqilgan, o‘chirilgan, ximoya avtomati ishlaganmi, u yoki bu elektr saqlagich butunmi, kommutatsiya elementlari dudlanganmi va h.k.) aniqlanishi va qayd qilinishi kerak.
Bu savollarga xodisa joyida javob topish imkoniyati bo‘lmaganda, voqea sodir bo‘lgan joydan topilgan elektr qurilmalar olinadi va tadqiqot qilishga yuboriladi. Ko‘zdan kechirish vaqtida xona elektr ta’minoti sxemasini iloji bo‘lmaganda blok – sxemasini (yoki ma’muriyatda borini aniqlashtirib olish) tuzish kerak.
Yong‘in sodir bo‘lgan joy elektr tarmog‘i o‘rganilganda, yong‘in o‘chog‘i sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi. Unda barcha mavjud elektr iste’molchilari va elektr kommunikatsiyalari ko‘zdan kechirib tadqiqot qilinadi. U yoki bu elektr moslama va elektr simlarida avariya belgilarini yo‘qligi ko‘zdan kechirish bayonnomasida qayd qilinadi. Agar munozara holati kelib chiqsa yoki ob’ektni yong‘in kelib chiqishiga aloqasi yo‘qligini ko‘zdan kechirib aniqlab bo‘lmasa, u tadqiqot o‘tkazish uchun olinadi. Yong‘in o‘chog‘i zonasida aniqlangan va avariya rejimida ishlash izlari (kuyish, erish, lokal deformatsiyasi bilan va h.k.) bo‘lgan ob’ektlar xam olinishi kerak.
Elektr simlar ashyoviy dalil sifatida olinganda ularni bukish mumkin emasligini yodda saqlanishi lozim, chunki simlar deformatsiyalansa elektr tarmog‘i avariya holatida ishlaganligini ko‘rsatuvchi izlar yo‘qolishi mumkin. Elektr simlardan olinayotgan namunalar qalin karton, faner yoki taxta bo‘laklariga mahkamlanadi.
Agar olingan simlar joylanadigan idishiga sig‘masa, ular bo‘laklarga bo‘linadi va raqamlanadi, har birining chap tomoniga tegishlicha belgilari osiladi
Yong‘in o‘chog‘ida topilgan barcha kichik o‘lchamli elektr isitish asboblari (choynak, qaynatgich, fen, kalorifer, isitgich, elektr kamin va h.k.lar) va ularning qoldiqlari albatta olinishi va yong‘in ro‘y berishiga aloqadorligini (yoki aloqasi yo‘qligini) aniqlash uchun tadqiq qilishga yuborilishi kerak. Agar asbob yong‘in vaqtida yoqilmagan yoki nosoz holatda bo‘lgan bo‘lsa, u olinishi kerak emas. Ammo bu holat yong‘in joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida qayd qilinishi kerak.

6-rasm.Elektrotravma

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling