Hayot faoliyati xavfsizligi”
Nazariy savollarga javob berish
Download 68.02 Kb.
|
2-topshiriq Maqsudjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-variant (8, 70) 8-savol Nazariyasiga javob: Baxtsiz hodisalarning turlari. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
Eslatma: talabalar 2-jadvalda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar. Variantlarga qatiy amal qiling. 8-variant (8, 70) 8-savol Nazariyasiga javob: Baxtsiz hodisalarning turlari. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish 1. Baxtsiz hodisalarning turlari. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish. 2. Ionli nurlanishlarga qanday nurlanishlar kiradi? HLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALARNI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING MEHNAT VAZIFALARINI BAJARISH BILAN BOG‘LIQ BOSHQA XIL ZARARLANISHINI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son) “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini bajarish va respublika hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Oldingi tahrirga qarang. 1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son) 2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar ko‘rsatib o‘tilgan nizomni korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar, uning o‘rganib chiqilishini va so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar. 3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomning III bo‘limi 1-bandida nazarda tutilgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanishlarning og‘irlik darajasini belgilash sxemasini ishlab chiqsin. 5. VSSPS va SSSR Davsanoatatomnazoratning 1989-yil 17-avgustdagi 8—12-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Download 68.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling