Hayot faoliyati xavfsizligi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOShKЕNT - 2015 2 ANNOTATSIYA
- BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING UMUMIY TAMOYILLARI Ma’ruza mashg‘uloti texnologiyasi
- Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
- 1-guruh
- 3 ilova
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOShKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFЕDRASI HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI (BIRINChI TIBBIY YoRDAM KO’RSATISH)NI TA’LIM TЕXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QITISH MA’RUZA MASHG’ULOTLARI TO’PLAMI
2
Mazkur to’plam «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o’qitilayotgan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollеjlari, litsеylar o’qituvchilar va talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu to’plam Oliy ta'lim muassasalarida qabul qilingan o`quv dasturiga muvofiq tuzilgan bo`lib, unda har qanday shoshilinch vaziyatda qo`llaniladigan harakat rеjasi haqida bilib olasiz. Ekstrеmal vaziyatga tushib qolganda xovliqmang va nima qilish kеrakligini avval o`ylab oling. O`zingizga o`zingiz savol bеring: "Nima qilishim lozim, nima qilsam yordam bеrgan bo`laman?". Ushbu to’plam talabalarimizga, ya'ni bo`lajak pеdagog va ota-onalarga juda kеrakli va hayotida yordamchi bo`lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Mualliflar: Nizomiy nomidagi TDPU “Hayot faoliyati xavfsizligi”kafеdrasi katta o`qituvchilari Madazizova D.R., Safarova S.O.
Taqrizchilar: Nizomiy nomidagi TDPU “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafеdrasi dotsеnti Hakimova G.A.
Chilonzor tibbiyot kolleji, o’quv ishlar bo’yicha direktor muovini, K.G.Abdurahmonova
3
Ma’ruza mashg‘uloti texnologiyasi Vaqti:1 soat Talabalar soni: guruh O‘quv mashg‘ulotining shakli Ma’ruza
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 1. SHoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari haqida
tushuncha 2. Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish. 3. Birlamchi ko‘zdan kechirishni o‘tkazish. 4. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash. 5. Tomir urishining bor-yo‘qligini tekshirish. 6. Ikkilamchi ko‘zdan kechirish.
ko‘rsatish qoidalari, birlamchi va ikkilamchi ko‘zdan kechirish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash va tomir urishining bor-yo‘qligini tekshirishning nazariy asoslari bilan tanishtirish. Pedagogik vazifalar
SHoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari haqida tushuncha berish
kechirish zarurligini tushuntirish
Birlamchi ko‘zdan kechirishni o‘tkazish
Nafasyo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlashni o‘rgatish
urishining bor-yo‘qligini tekshirishni o‘rgatish
Ikkilamchi ko‘zdan
kechirish lozimligini nazariy asoslash
O‘quv faoliyatining natijalari Talaba:
SHoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘ladi.
Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish zarurligini o‘rganadi.
o‘tkazish to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi.
o‘tkazuvchanligini ta’minlashni o‘rganadi.
Tomir urishining bor-yo‘qligini tekshirishni o‘rganadi.
ko‘zdan kechirishni amalda bajara oladi. O‘qitish usullari
O‘qitish vositalari Doska, bo‘r, tarqatma material, proektor, kompyuter O‘qitish shakllari Guruhda ishlash O‘qitish sharoitlari Texnik ta’minlangan va ma’ruza uchun mo‘ljallangan auditoriya
4
Bosqichlar Vaqti Faoliyat mazmuni O‘qituvchi Talaba
1- bosqich Kirish
(5 minut) 1.1.O‘quv mashg‘ulotining mavzusi, maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o‘tkazish rejasini aytadi 1.2.
Mashg‘ulot munozara ko‘rini-shida o‘tishini aytadi
1.1. Diqqat bilan tinglaydi va yozib oladi 2-bosqich Bilimlarni faollashtirish (10 minut) 2.1. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosida tasniflash metodini o‘tkazadi (1 ilova)
2.1. Birma-bir doskaga chiqib, o‘z fikrlarini yozadilar. 3-bosqich Asosiy (55 minut) 3.1. Talabalarni 6 guruhga ajratadi va har bir guruhga alohida mavzuchalar tarqatadi Vazifani bajarishda qo‘shimcha material va
adabiyotlardan foydalanish mumkinligini aytib o‘tadi (2 ilova) 3.2. Prezintatsiyalarni taqdim etishlarini taklif
etadi va
munozarani shakllantiradi (3 ilova) 3.1. Mayda guruhlar bilan ishlashga o‘rganadilar.
3.2. Taqdimot va munozarani o‘rganib, kerakli joylarini yozib oladilar.
4-bosqich YAkuniy (10 minut) 4.1. Ishga yakun yasaydi 4.2.
Uyga vazifa
qilib muammoli masala tuzib kelish beriladi (4 ilova) 4.1. Tinglaydilar va savol beradilar 4.2. Mummoli masala tuzish mohiyatini tushuntirib berishni so‘raydi
5
1-guruh SHoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatishning to‘rt qoidasi mavjud bo‘lib, ularni birin-ketin amalga oshirish lozim: 1. Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘rib chiqish. 2. Jabrlanuvchini birlamchi ko‘zdan kechirish va uning hayoti uchun xatarli bo‘lgan holatlarda unga birinchi yordam ko‘rsatish. 3. Tez yordamni chaqirish. 4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko‘zdan kechirib, zarur bo‘lsa, yana yordam ko‘rsatish. Uni uzluksiz kuzatib turib, tez yordam kelguncha xotirjam qilib turish. SHoshilinch vaziyat ekanligi aniqlangan zahoti diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi va quyidagilarni aniqlashga harakat qilinadi: 1. Hodisa yuz bergan joy xavf tug‘dirmaydimi? 2. Qanday hodisa ro‘y bergan? Биринчи тиббий ёрдамнинг умумий тамойиллари нима?
Биринчи тиббий ёрдамнинг умумий
тамойиллари Томир уришини текшириш Биринчи ёрдам кўрсатиш Юқори нафас йўлларини текшириш Воқеа жойини кўздан кечириш Тез ёрдамни чақириш
Жабрланувчини кўздан кечириш 6 3. Jabrlanganlar nechta? 4. Atrofdagilar sizga yordam bera oladilarmi? 2-guruh
Joyni ko‘zdan kechirayotganda xavfli bo‘lgan barcha narsalarga e’tibor berish kerak: elektr simlarining ochiqligi, qulayotgan parchalar, jadal yo‘l harakati, yong‘in, tutun, zararli bug‘lanish, noqulay ob-havo sharoiti, suv havzasining juda ham chuqurligi yoki oqimning tezligi. Agar xavf juda xatarli bo‘lsa, jabrlanuvchining yaqiniga bormaslik, zudlik bilan tez yordam va tegishli avariya xizmatini yoki ichki ishlar xodimini chaqirish kerak. YUqori xavfli vaziyatda yordam tegishli tayyorgarligi va anjomlari bo‘lgan malakali xizmat xodimlari tomonidan ko‘rsatilishi l ozim. Nima bo‘lganini aniqlashga harakat qilish, mayda-chuyda jihatlarga e’tibor berish lozim. SHunda hodisa va olingan jarohat sababi aniqlanishi mumkin. Singan shisha parchasi, to‘kilgan dori idishlari va hokazolar ro‘y bergan hodisani oydinlashtiradi. Ular jabrlanuvchi hushsiz bo‘lgan va boshqa kishilar bo‘lmagan vaqtda ayniqsa muhim omil hisoblanadi. Voqea sodir bo‘lgan joydagi kishilar bilganlarini aytib berishlari yoki qandaydir yordam ko‘rsatishlari mumkin. Agar o‘sha erda jabrlanuvchining tanishi uchrasa, u bemorning kasaliga yoki allergik reakdiyasiga oid ma’lumotlarni berishi mumkin. Atrofdagi kishilar tez yordam chaqirishlari, etib kelgan mashinani kutib olishlari va yo‘l ko‘rsatishlari, voqea sodir bo‘lgan joyni transport va qiziquvchi odamlardan xoli qilishlari va birinchi yordam ko‘rsatishda ko‘mak berishlari mumkin. Agar atrofda hech kim bo‘lmasa, baland ovozda yordamga chaqiriladi. 3-guruh Avval jabrlanuvchi hushida ekanligini aniqlash, undan: "Sizga yordam kerakmi?" -deb so‘rash, agar javob bo‘lmasa, uning trapetsiyasimon muskulini siqib ko‘rish kerak. Tashqi ta’sirlarga javob bermayotgan odam hushini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. Bu holat hayot uchun xavflidir. Kishi xushini yo‘qotganda, tilining muskuli bo‘shashadi va natijada til ichiga tushib ketishi va nafas yo‘lining 7 to‘silishi yuz berishi va, demak, nafas olishi to‘xtashi va keyin yurak urishi ham to‘xtashi mumkin. Birlamchi ko‘zdan kechirish jarayonida jabrlanuvchining nafas yo‘lining ravonligi, nafas olish va tomir urishi bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Jabrlanuvchini qo‘zg‘atmasdan turib tiriklik belgilarini aniqlash kerak. Jabrlanuvchining nafasi va tomir urishi sezilmagantakdirdagina, uni orqasi bilan yotqizish mumkin. Bunda uning boshini umurtqa pog‘onasi bilan iloji boricha bir o‘qda qilib ushlab, harakatlantirish lozim.
Jabrlanuvchining nafas yo‘llarining ochiqligiga ishonch hosil qilish kerak. Og‘iz va burundan boshlab o‘pkagacha borgan havo o‘tish yo‘llari nafas yo‘li hisoblanadi. Gapirish va baqirish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday odam hushini yo‘qotmagan va nafas yo‘llari ochiq bo‘ladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa,
uning nafas
yo‘llarining o‘tkazuvchanligiga ishonch hosil qilish lozim. Buning uchun uning boshini orqa tomonga engashtirib, iyagi ko‘tariladi. Bunda til nafas olish yo‘lining orqa qismini berkitmaydi, o‘pkaga havo o‘taveradi. Agar jabrlanuvchining bo‘yin qismi jarohatlangan deb taxmin qilinsa, nafas yo‘llarini ochish uchun boshqacha usul qo‘llaniladi. Bu usul "boshni orqa tomonga engashtirmasdan pastki jag‘ni oldinga siljitish" deb ataladi. Agar jabrlanuvchining nafas yo‘llariga yot jismlar kirib qolgan bo‘lsa, avval ularni olib tashlash lozim.
8
Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish. 4-guruh
Keyingi bosqichda jabrlanuvchining nafas olayotgani tekshiriladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz holda bo‘lsa, unda nafas olish belgilari borligiga e’tibor berish lozim. Nafas olganda ko‘krak ko‘tarilib, tushib turishi zarur. Kishi haqiqatan ham nafas olayotganiga ishonch hosil qilish uchun uning nafasini eshitish va sezish lozim. Buning uchun yuzni jabrlanuvchining og‘zi va burniga yaqinlashtirib, nafas chiqarishdagi havoni eshitish va sezishga harakat qilish kerak. Bir vaqtning o‘zida ko‘krak qafasining ko‘tarilib-tushishini kuzatish va bu ishni 5 sekund davomida bajarish lozim. 9 Agar jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, u holda og‘zidan havo o‘tkazish yo‘li bilan unga yordam berish lozim. Burun teshiklarini berkitib, avvaliga ikki marta to‘la havo puflanadi. Keyin bir martadan puflash o‘tkaziladi. Bunday muolaja o‘pkaga sun’iy havo yuborish (ventilyasiyasi) deyiladi.
Jabrlanuvchini birlamchi ko‘zdan kechirishning oxirgi bosqichi tomir urishini tekshirishdir. Bunda tomir urishi aniqlanadi va kuchli qon ketish hamda es og‘ishi belgilari aniqlanadi. Odam nafas olayotgan bo‘lsa, uning yuragi qisqaradi, demak, bu - tomir urishi bor, degan so‘z. Agar odam nafas olmayotgan bo‘lsa, u holda uning tomir urishini tekshirib ko‘rish zarur. Buning uchun jabrlanuvchining bo‘ynidagi uyqu arteriyasini ushlab ko‘riladi. Kekirdak olmasi (qo‘shtomoq)ni topib, barmoqlarni bo‘yin chetidagi chuqurchaga suriladi. Sekinlashgan yoki kuchsiz tomir urishini aniqlash qiyin bo‘ladi. Tomir urishi sezilmasa, bu harakatni qaytadan bajariladi va tomir urishini 10 sekund davomida sezib turiladi. Agar jabrlanuvchining tomir urishi sezilmasa, ko‘krakni bosish yo‘li bilan yurakni yopiq massaj qilish lozim. Bu muolaja yurak-o‘pka faoliyatini tiklash (reanimatsiyasi) deyiladi. So‘ng darhol "03" telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, tez yordamni chaqirish kerak. Jabrlanuvchiga yordam berilayotgan paytda, iloji bo‘lsa, biron-bir odamni qo‘ng‘iroq qilishga yuborish kerak.
6-guruh Tez yordamni chaqirgandan so‘ng, jabrlanuvchining hayotiga katta xavf yo‘qligiga amin bo‘lgandan keyin yordamni to‘xtatib, ikkilamchi ko‘zdan kechirishni amalga oshirish mumkin. Ikkilamchi ko‘zdan kechirishda jabrlanuvchida har xil muammolar borligi ma’lum bo‘ladi va ular birinchi yordam ko‘rsatish lozimligini taqozo etadi. Jabrlanuvchi yosh bola bo‘lsa, uning shu erdagi ota-onasi yoki ular bo‘lmasa, kattalarga murojaat qilinadi. SHundan so‘ng jabrlanuvchining hayot ekanini bilib, uni umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
10
Tiriklik belgilariga tomir urishi maromi (chastotasi), nafas olish maromi va hushsizlik darajasi kiradi. Ikkilamchi ko‘zdan kechirishning muhimligi shundan iboratki, bunda jabrlanuvchining hayotiga bevosita xavf solmaydigan muammolar topilsa-da, lekin ularni e’tiborsiz va birinchi yordamsiz qoldirilsa, jiddiy Ikkilamchi ko‘zdan kechirishdan so‘ng tez yordam kelgunga kadar uning tiriklik belgilarini kuzatishni davom etiladi. Kishining ahvoli asta-sekin yomonlashishi mumkin va to‘satdan hayot uchun jiddiy xavf (masalan, nafasning yoki yurakning to‘xtashi) paydo bo‘lishi mumkin. 3 ilova ШОШИЛИНЧ ВАЗИЯТЛАРДА БИРИНЧИ ЁРДАМ КЎРСАТИШ ҚОИДАЛАРИ Шошилинч вазиятларда биринчи ёрдам курсатишнинг тўрт қоидаси мавжуд бўлиб, уларни бирин - кетин амалга ошириш лозим: 1. Ҳодиса рўй берган жойни кўриб чиқинг. 2. Жабрланувчини бирламчи кўздан кечиринг ва унинг ҳаёти учун хатарли бўлган ҳолатларда унга биринчи ёрдам кўрсатинг. 3. Тез ёрдамни чақиринг. 4. Жабрланувчини иккиламчи кўздан кечиринг ва зарур бўлса, яна ёрдам кўрсатинг. Уни узлуксиз кузатиб туринг ва тез ёрдам келгунча хотиржам қилиб туринг. Бу хатти
- ҳаракат изчиллиги сизнинг, жабрланувчининг ва атрофдагиларнинг хавфсизлигини таъминлайди, шунингдек, ёрдам кўрсатувчининг иши самарали бўлишини таъминлайди, натижада беморнинг яшаб қолиш имкониятини оширади.
БИРИНЧИ ҚОИДА: ҲОДИСА ЮЗ БЕРГАН ЖОЙНИ КЎЗДАН КЕЧИРИШ Шошилинч вазият эканлигини аниқлаган заҳотингиз шу жой сизга ва атрофдагиларга хавф солмаслигини текширинг . Диққат билан кўздан кечириб,
қуйидагиларни аниқлашга ҳаракат қилинг : 1. Ҳодиса юз берган жой хавф туғдирмайдими? 2. Қандай ҳодиса рўй берган ? 3. Жабрланганлар нечта? 4.
Атрофдагилар сизга ёрдам бера оладиларми?
11
ИККИНЧИ ҚОИДА: БИРЛАМЧИ КЎЗДАН КЕЧИРИШНИ ЎТКАЗИШ Аввал жабрланувчи ҳушида эканлигини аниқланг . Ундан
: " Сизга ёрдам керакми?" - деб сўранг . Агар жавоб бўлмаса,
унинг трапециясимон мускулини сиқиб кўринг . Уни туртманг ва қимирлатманг . Ташқи таъсирларга жавоб бермаётган одам ҳушини йўқотган бўлиши мумкин . Бу ҳолат ҳаёт учун хавфлидир . Киши хушини йўқотганда, тилининг мускули бўшашади ва натижада тил ичига тушиб кетиши ва нафас йўлининг тўсилиши юз бериши ва, демак, нафас олиши тўхташи ва кейин юрак уриши тўхташи мумкин .
равонлиги, нафас олиш ва томир уриши бор - йўқлигини текширинг . Учинчи босқич : томир уриши .
қўзғатмасдан туриб
тириклик белгиларини аниқланг . Жабрланувчининг нафаси ва томир уриши сезилмаган такдирдагина, уни орқаси билан ётқизиш мумкин . Бунда унинг бошини умуртқа поғонаси билан иложи борича бир ўқда қилиб ушлаб, ҳаракатлантириш лозим .
БИРИНЧИ БОСҚИЧ: НАФАС ЙЎЛЛАРИНИНГ ЎТКАЗУВЧАНЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ Жабрланувчининг нафас йўлларининг очикдигига ишонч ҳосил қилинг. Оғиз ва бурундан бошлаб ўпкагача борган ҳаво ўтиш йўллари нафас йўли ҳисобланади. Гапириш ва бақириш қобилиятига эга бўлган ҳар қандай одам ҳушини йўқотмаган ва нафас йўллари очиқ бўлади. Агар жабрланувчи ҳушсиз бўлса, унинг нафас йўлларининг ўтказувчанлигига ишонч ҳосил қилиш лозим. Бунинг учун унинг бошини орқа томонга энгаштиринг ва иягини кўтаринг. Бунда тил нафас олиш томоғининг орқа қисмини беркитмайди, ўпкага ҳаво ўтаверади. Агар жабрланувчининг бўйин қисми жароҳатланган деб тахмин қилсангиз, нафас йўлларини очиш учун бошқача усул қўлланг. Бу усул "бошни орқа томонга энгаштирмасдан пастки жағни олдинга силжитиш" деб аталади. Агар жабрланувчининг нафас йўлларига ёт жисмлар кириб қолган бўлса, сиз аввал уларни олиб ташлашингиз лозим.
УЧИНЧИ БОСҚИЧ: ТОМИР УРИШИНИНГ БОР- ЙЎҚЛИГИНИ ТЕКШИРИШ Жабрланувчини бирламчи кўздан кечиришнинг охирги босқичи томир уришини текширишдир. Бунда томир уриши аниқланади ва кучли қон кетиш ҳамда эс оғиши белгилари қидирилади. Одам нафас олаётган бўлса, унинг юраги қисқаради, демак, бу - томир уриши бор, деган сўз. Агар одам нафас олмаётган бўлса, сиз унинг томир уришини текшириб кўришингиз зарур. Бунинг учун сиз жабрланувчининг бўйнидаги сизга яқин турган томонидаги уйқу артериясини ушлаб кўринг. Кекирдак олмаси (қўштомоқ)ни топинг ва бармоқларни бўйин четидаги чуқурчага суринг. Секинлашган ёки кучсиз томир уришини аниқлаш қийин бўлади. Томир уриши сезилмаса, бу ҳаракатни қайтадан бажаринг. Аниқ нуқтани топдим , деб ўйласангиз, томир уришини 10 секунд давомида сезиб туринг . Агар жабрланувчи томир уриши сезилмаса , кўкракни босиш йўли билан ўпкани сунъий вентиляциялаш лозим . Бу муолажа юрак - ўпка фаолиятини тиклаш ( реанимацияси ) дейилади
. Бу ҳақда 6- бобда танишасиз . Бу қоида ҳам кучли қон кетишини аниқлашни ўз ичига олади . Баъзан жабрланувчида ички қон кетиши содир бўлиши мумкин . Ташқи ва ички кон кетишлар эс оғиши ҳолатига ўтиши билан хавфлидир . Қон кўп оққанда пайдо бўлувчи эс оғиши жиддий муаммодир. Бунда кишининг териси оқаради ва совийди. Ҳушидан кетган одамнинг нафаси ва томир уришини белгиламоқчи бўлсангиз, уни орқаси билан ётқизманг. Нафас йўли очиқ бўлиши учун уни ёнбошлатиб ётқизиш керак. Буни тикланиш ҳолати дейилади. Бунда тилнинг ҳолати жабрланувчининг нафас йўлларини бекитмайди. Бундан ташқари, ушбу ҳолатда қусишдаги масса, ажралма ва қон нафас йўлини тўсмасдан оғиз.
УЧИНЧИ ҚОИДА: ТЕЗ ЁРДАМНИ ЧАҚИРИШ "03" телефонига қўнғироқ қилиб, тез ёрдамни чақиринг. Сиз жабрланувчига ёрдам бераётган пайтингизда, иложи борича, бирон - бир одамни қўнғироқ қилишга юборинг.
12
ТЎРТИНЧИ ҚОИДА: ИККИЛАМЧИ КЎЗДАН КЕЧИРИШНИ АМАЛГА ОШИРИШ Тез
ёрдамни чақиргандан сўнг, жабрланувчининг ҳаётига катта хавф йўқлигига амин бўлгандан кейин ёрдамни тўхтатиб, иккиламчи кўздан кечиришни амалга ошириш мумкин . Иккиламчи кўздан кечиришда жабрланувчида ҳар хил муаммолар борлиги маълум бўлади ва улар
биринчи ёрдам
кўрсатиш лозимлигини тақозо этади
. Жабрланувчи ва атрофдагилар билан юз берган ҳодиса хусусида яна суҳбатлашинг . Жабрланувчи ёш бола бўлса, унинг шу ердаги ота - онаси ёки улар бўлмаса, катталарга мурожаат қилинг . Шундан
сўнг жабрланувчининг ҳаёт эканини билинг ва уни умумий текширувдан ўтказинг . Тириклик белгиларига томир уриши мароми ( частотаси ), нафас олиш мароми ва ҳушсизлик даражаси киради . Иккиламчи кўздан кечиришнинг муҳимлиги шундан иборатки , бунда жабрланувчининг ҳаётига бевосита хавф солмайдиган муаммолар топилса
- да , лекин уларни эътиборсиз ва биринчи ёрдамсиз қолдирилса, жиддий оқибатларга олиб келиши мумкин .
кўздан кечиришдан сўнг тез
ёрдам келгунга
кадар унинг
тириклик белгиларини кузатишни давом
эттиринг . Кишининг аҳволи аста
- секин
ёмонлашиши мумкин ва тўсатдан ҳаёт учун жиддий хавф ( масалан
, нафаснинг ёки юракнинг тўхташи) пайдо бўлиши мумкин . Хотиржам бўлишда ва максимал даражада қулай ҳолатда туришда жабрланувчига ёрдам беринг . 4 ilova Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling