Hayot faoliyati xavfsizligining xuquqiy


psixologiyasi”, “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Texnika estetika”, “Mehnat


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana03.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1742385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

psixologiyasi”, “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Texnika estetika”, “Mehnat 
fiziologiyasi va gigienasi” fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog‘liq 
masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
 
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingn 
asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar 
tizimi 
 
O‘zbekistonda mehnat muhofazasi – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-
salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy,
iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash oldini olish
tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
(30 aprelda 2023 yil), 
O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksi 
(30 aprel 2023y.), 
«Mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi» qonun
(22 sentyabr, 2016 yil O‘RQ-410-son yangi taxriri.), Davlat
standartlari, nizomlar va normativ hujjatlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 
qoidalar asosida olib boriladi. 
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat tarraqiyoti qay darajada 
bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson 
huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi 
zarur. 
Bu konstitutsiyasi avvalo inson huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir 
qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak. Mustaqil 
O‘zbeksiton Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda o‘zining birinchi demokratik
Konstitutsiyasini e’lon qilgan bol`sa 2023 yil 30 aprelda umumxalq referendum 
orqali yangi tahrirdagi konstitutsiyasi qabul qilindi.. 


Bu Konstitutsiyaning IX bobi Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik 
huquqlar himoyasiga qaratilgan. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling