Hayot faoliyati xavfsizligining xuquqiy


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana03.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1742385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

42-modda.
Har kim munosib mehnat qilish, kasb 
va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan 
qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz 
hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan 
tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda 
himoyalanish huquqiga ega. 
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush 
darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. 
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad 
etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi
43-modda. 
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya 
qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. 
Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil 
etadi hamda rag‘batlantiradi. 
44-modda. 
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda 
nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. 
 
Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va 
jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik 
qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi. 
45-modda. 
Har kim dam olish huquqiga ega. 
Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam 
olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini 
belgilash orqali ta’minlanadi. 
46-modda. 
Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, 
shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
ijtimoiy ta’minot huquqiga ega. 
Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy 
yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz 
bo‘lishi mumkin emas. 
47-modda. 
Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. 
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum 
etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati 
hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 
oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. 
Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning 
amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash 
tartibi qonun bilan belgilanadi. 
48-modda. 


Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 
huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan 
hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. 
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy 
sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik 
osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi. 
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling