Hayot faoliyati xavfsizligining xuquqiy


Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana03.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1742385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi  
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi mehnat 
sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda 
ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari 
bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-
huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini 
va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar 
majmuidir.
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasidan quyidagilar 
o‘tkazilishi kerak: 
mehnat sharoitlari bo‘yicha xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari; 
nogironlar band bo‘lgan ish o‘rinlari; 
imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, 
muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan 
ish o‘rinlari; 
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi ish o‘rinlari. 
Qonun hujjatlarida, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa 
ish o‘rinlarining ham mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi 
nazarda tutilishi mumkin.
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi belgilangan tartibda 
ish beruvchining o‘zi tomonidan o‘tkaziladi. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari 
bo‘yicha attestatsiyasini o‘tkazish davriyligi qonun hujjatlarida belgilanadi, biroq 
besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza 
qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli 
tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan 
holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy 
o‘rganilishini tashkil etishi kerak. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni 
muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi 
oshirilishini ta’minlaydi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling