Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda–ishlab chiqarish
maqsadlarida qo‘llaniladigan, tashqariga chiqib ketgani (to‘kilib
ketgani)da havoning xavfli miqdorda zararlanishiga, odam, hayvon
va o‘simliklar dunyosining zaharlanishiga sababchi bo‘lishi
mumkin bo‘lgan kimyoviy modda.
Hamma bajara olishi zarur:
1. Shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalana olish.
2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
3. Kimyoviy zararlanish vaqtida to‘g‘ri harakat qilish
qoidalarini bilish.
4. Turar joyda KTZMdan muhofaza qiluvchi pana joy
qurish.
Hamma bilishi zarur:
1. KXO joylashgan hududda, mabodo avariya sodir bo‘lsa,
turar joy, ishxona va harakat yo‘nalishida kutilayotgan xavf
darajasini.
2. Turar joy,ishxona va harakat yo‘nalishida ammiak, xlor
va boshka KTZMlar qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini.
3. Aholini ogohlantirish tartibini.
4. Shaxsiy muhofaza vositalari va ular turgan joylarni.
5. Kimyoviy zararlanishda to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |