Hayoti va faoliyati
Download 18.62 Kb.
|
19-seminar
She’riyati. Amiriyning adabiy merosi uning o'z davrida tartib
berilgan «Devon»ida, bir qismi «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida jamlangan. «Devon»ning o'n bitta qo'lyozma nusxasi O'zFA Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda. Bu qo'lyozmalaming bir qanchasi Umarxon hayotligi davrida ko'chirilgan. Amiriy she’riyatiga bo'lgan qiziqish muttassU davom yetib boigan. Uning asarlari qo'shni mamlakatlarda ham sevib o'qilgan, kitobat qilingan. 1882 yili Istanbulda, 1905 yili Toshkentda bosma nashrlari yuzaga kelgan. Amiriy devonining eng yaxshi ko'lyozmasi asosida filologiya fanlari doktori Mahbuba Qodirova 1972 yili she’rlarini «Devon» nomi bilan chop ettirdi, unga ancha tafsiliy kirish so'z yozdi. Bungacha ham uning she’rlaridan namunalar 1945 yili nashr qilingan «O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» hamda 1959 yili tuzilgan «O'zbek adabiyoti» majmuasida keltirilgan edi. Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog'ida unga kiritilgan she’rlaming yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so'z gavharlarining sarroflari» va zufiinunlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan. 1972 yili Toshkentda chop qilingan «Devon»dan 216 g'azal, 6 mustaqil muxammas, 3 musaddas, 6 tuyuq, Navoiy, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil hamda Zaliliy, Kamol, Nobiy g'azallariga bog'langan tazmin muxammaslar joy olgan. An’anaga ko'ra, g'azal Amiriy she’riyatining etakchi janridir. U asosan shu janr orqali ishq ahlining amiri sifatida ko'zga tashlanadi. Shu janrdagi asarlarida insonga xos najib his-tuyg'ulami, hayotiy va ilohiy kechinmalami, orzu-umidlarni tarannum etadi. Demak, muhabbat — shoir g'azallaming etakchi mavzuidir. Amiriyning «Qoshingg'a teguzmag'il qalamni» misrasi bilan boshlanuvchi mashhur g'azalining o'ziga xos yaratilish tarixi bor. Amiriy haqida so'z yuritgan adabiyotshunoslar, shu g'azalning faqat matla'si borasida gapirganlar. Bu g'azal qo'shiq boiib, sevilib ijro etiladi. Qadimda bo'yoq aynimasligi uchun siyohdon ichiga ipak tashlangan. Bir gal, Umarxon she’r yozayotganida ilhom parisi — Nodira siyohdondan qalamni botirib berib turgan. Lekin qalam uchiga ipak ilashib chiqadi. Shoshganidan Nodira qalam uchidagi ipak patini qoshiga surtib, qalamni Umarxonga uzatadi. Umarxon qarasa, siyoh pati Nodiraning qoshiga surtilgan emishki, u o'sha zahoti «Qoshingg'a teguzmagil qalamni» satri bilan boshlanuvchi she’rini bitadi. Mana o'sha go'zal g'azal: Download 18.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling