Hayoti va Faoliyati


Download 17.02 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi17.02 Kb.
#999394
Bog'liq
Mamadaliyev Ziyodullo111


KIRISH
Mamadaliyev Ziyodullo Ibodullo o’g’li (15-mart, 2005-yil, Marhamat, Andijon) PDP University talabasi, O’zbekiston davlat oltin medal sovrindori, “kiber sport” bo’yicha tuman va viloyatlar aro o’tkazilgan turnirlarning uch karra g’olibi.

Hayoti va Faoliyati


Mamadaliyev Ziyodullo 2005-yil, Mart oyining fazilatli 15- sanasida, (“yomg’ir juda sarros yog’gan kechada”- ota-onasi tomonidan aytilgan) ziyolilar oilasida tavallud topadi. Yoshlikdan ancha ziyrak bo’lgan Ziyodillo 2011-yili ya’ni 6 yoshligidanoq o’z qishlog’ida joylashgan 10-sonli maktabda ta’lim olishni boshlaydi. (1992-yildan O’zbekiston Respublikasida 7 yoshga to’lgan bollar maktabga qabul qilingan) Sinfdoshlaridan yosh bo’lishiga qaramay Ziyodillo o’z sinfining va maktabning eng zukko va aqlli o’quvchisi bo’ladi. Maktabda ancha yetuk bilim olgan Ziyodillo 4-sinfni tamomlab ya’ni 2015-yili Marhamat tumanida joylashgan 3-DIMI ga yuqori ball bilan o’qishga kiradi. Ziyodillo 2022-yilning bahorida 11-sinfini a’lo baxolarga- qizil diplom hamda oltin medal bilan tamomlaydi.Yuqorida takidlanganidek, yoshlikdan ancha yetuk zehn egasi bo’lgan Ziyodillo matematika, tarix, geografiya hamda ingliz tillarini mukammal tarzda egallaydi va xuddi bobosi Abdurahmon va amakisi Mamadaliyev Valijonlar singari o’qituvchilik mahoratlarini egallab, 2021-yilning qishidan to 2022-yilning kuzlarigacha bir necha o’quv markazlaridan ishlab ingliz tilidan saboqlar beradi (o’quv markazlar haqida to’liq malumotlar aniqlanmagan). 2022-yilnig kuz oylarida qator universitetlarning talabasiga bo’lishga muvaffaq bo’lgan Ziyodillo uzini IT sohasida porloq marralarni egallay olishini ko’radi va 2022-yilda ochilgan O’zbekistobdagi birinchi raqamli texnalogiyalar va IT universiteti bo’lmish PDP universitetiga yuqori ball bilan o’qishga qabul qilinadi va 2022-yilning 17-oktabridan o’sha yerda yuqori malakali mutahasislardan ta’lim olishni boshlaydi.

Sportga qiziqishi


Ziyodillo aslida harbiylar oilasidan ulg’aygan desak ham hato bo’lmaydi, nafaqat uning o’z akasi, bir necha tog’alari va amakilaridan tashqari uning ko’plab qarimdosh akalari harbiylar bo’lishgan. Xuddi harbiylarda bo’lganidek Ziyodilloda ham sportga qiziqish juda katta bo’lgan. Uning oila a’zolari dadasi (Mamadaliyev Ibodullo) hamda akasi (Mamadaliyev Rahmatillo) lar uni doimiy sport bilan shig’ullanishini, kushli, kelishgan va albatta sog’lom bo’lishini doim nazorat qilib borishgan. Ziyodillo ancha kichikligidan yani 4-5 yoshidan boshlab akasi (Mamadaliyev Rahmatillo) bilan ertalab yugurgani chiqar hamda turli-xil mashg’ulotlar o’tkazib turardi. Ziyodillo akasi Toshkentda harbiy xizmat o’tagan paytda ham (xalq tilida armiya) hamda undan keyin harbiylikka Farg’onada harbiy akademiyada o’qigan chog’lari o’z do’stlari va tengdoshlarini boshlab ertalablari 4-5km yugurishar, turli xil mashg’ulotlar o’tkazishar, sport bilan shug’ullanishar edi. Yoshlikdan sportga ancha qiziqishi katta bo’lgan Ziyodillo uzini turli xil sohalarda yani: boksda, kikboksda, yunon-rim kurashida, yengil atletikada, voleybolda, futbolda, stol-tenisi va bilyardda xatto keyinchalik kiber sportda ham sinab ko’rdi. Ushbu sohalarda ancha katta yutuqlarga erishganiga qaramay u baribir bu sohalarda bir umir shug’ullana olmasligini, bir umir biror bir sport turi mutahasi bo’lib o’tishini xohlamadi. Unga sportdan ko’ra ilm-fan bilan shug’ullanish ko’proq zavq berishini tushunib yetdi va o’z vaqtining ko’proq qismini ta’lim olishga qaratishni xohladi vas hu yo’ldan ketdi.
Download 17.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling