HAYOTIMDAN PARCHA…
Biz bugun sizga bir hikoya so’zlaymiz . Bu hikoyadan siz qandaydir ma’naviy ozuqa olasiz deyolmaymiz, chunki bu hikoya bir insonning hayotidan bi barcha holos va o’sha insonning o’zi o’z qo’llari bilan qo’l yozma ko’rinishida yozmoqda.
Inson og’riqni his qilar ekan , u tirik.
Odam birovning dardini his qilar ekan, u insondir.
Qanchalik mavhum so’zlar a?
Kimlar uchun shunchaki oddiy so’zlar, limlar uchun esa judda ta’sirli so’zlar bu. Shu jumlalarni o’qir ekanman be ixtiyor , unga javob qaytardim. ,,Men og’riqni his qilmay qo’yganman o’sha zamonlar” demak o’likman, lekin o’zgalar dardini his qilaman, demak insonman.
O’sha zamonlar aslida qaysi zamonlar? Qadimgi asrlarmi , yoki o’tgan asrlar degan savol tug’iladi. Balki, shundaydir. Lekin hozirgi kunda atiga 18 yoshdaman yoki bu ikkinchi hayotimikin. Hudi o’sha mashhur hind filimi ,,Om Shanti Om” kabi qayta tug’ilish , o’z-o’zini tanish, intiqom olish, aolatni tiklash, xatolarni to’g’irlash uchun qayta berilgandir bu hayot. Albatta bu sizni hayolingizga kelgandir qadirli o’quvchim , ammo mening o’tgan zamonim atiga 1 yil yoki undan ham kam muddat avvalgi paytlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |