Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
O’zingiz bilan o’zingiz gaplashing
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
11.
O’zingiz bilan o’zingiz gaplashing Ko’p yillar oldin advokat bo’lishimga qaramasdan ozgina bo’lsa ham ichki xotirjamlik uchun Jeyms Allen tomonidan yozilgan “As a man Thinketh” asarini o’qib yurardim. Asar insonning kuchli onggi real hayotimizga ta’sir qilib, osonlikcha katta umid, yorqin kelajakni yaratishi haqida bahs-munozaralar olib borgan. Bundan tashqari, kitobda kunlik ishlatiladigan so’z va tilning ta’siri, uning yorqin fikrlarni yaratishi borasida ham aytib o’tiladi. Tez orada men yana ham dono g’oyalarga to’la va o’zini psixologik tarzda o’zida umid uyg’otuvchi kitoblarni o’qishni boshladim. O’qiganim sari, biz muloqot jarayonida (xoh boshqalar bilan, xoh o’zimiz bilan) ishlatadigan so’z va tilning hayotimiz yaxshilanishida qanchalik muhim o’rni bor ekanligini anglab boraverdim. Keyinchahlik bu bilimlarim bilan har birimiz har kuni, har soatda, har daqiqada foydalanadigan shaxsiy dialoglarimga alohida e’tibor qaratadigan bo’ldim. O’zim bilan gaplashayotganimda ishlatayotgan gaplarim ma’nosini yana ham yaxshilashga o’zimga va’da berdim. Shunday qilishim uchun, besh ming yillar oldin qadimgi donishmadlar tomonidan shakllantrilgan strategiyani qo’llay boshladim. Natijada, bu - hayotimni har tomonlama o’zgartirdi. Bu usul juda ham oddiy. Faqatgina kuni bilan, turli xil vaqtlarda o’ylab takrorlab yurishingiz uchun biror so’zni-gapni tanlashdan iborat bo’ladi. Uni siz shunday takrorlashingiz kerakki, sizning hayolingizning asosiy qismi bo’lsin, sizni qayta o’zgartira olsin. Agar bu ichki xotirjamlikka aloqador bo’lib, tinchlik izlayotgan bo’lsangiz, sizning iborangiz (gapingiz) – “Men juda ham baxtiyorman. Sababi, men muloyim va sokin odamman”,- kabi bo’ladi. Agar siz o’zingizda ko’proq ishonch bo’lishini xohlasangiz, u holda gaplaringiz quyidagicha bo’ladi: ”Men juda ham baxtiyorman. Sababi, men butunlay o’zimga ishonaman va men jasurman”. Agar sizning istagingiz biror moddiy jihatga bog’liq bo’lsa, siz:”Men juda ham baxtiyorman. Sababi, pul va imkoniyatlar hayotimga oqib kelyapdi”,- deb takrorlang. Sehrli so’zlaringizni nafasingiz ostida sekingina har ishga qatnaganingizda, biror narsani kutganingizda, idish-tovoqlar yuvayotganingizda takrorlang. Zero, bu - samarasiz vaqtingizni kuchli hayotiy rivojlanishlar sari yetaklaydigan vaqt bilan to’ldiradi. O’zingizning sehrli so’zlaringizni kuniga kamida ikki yuz martadan va shuni kamida ikki hafta davomida takrorlashga harakat qiling. Natija – siz ichki xotirjamlik, yorqin kelajak, va maqsadlaringiz yo’lida oladigan ilk qadamlaringizdan juda aniq ko’rinadi. Hazrat Inoyat Xon aytganlaridek: “So’zlar dur-u gavharlarga qaraganda qalbni nur bilan yoritadi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling