Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Idealingizdagi qo’shnilaringiz haqida o’ylang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

17. 
Idealingizdagi qo’shnilaringiz haqida o’ylang
 
Dunyoqarashimni yanada oshirish uchun qilgan ishlarimdan biri- mening qo’shnim 
bo’lishini istagan odamlar ro’yhatini tuzish bo’ldi. Bu odamlar hozirgi va o’tmishdan 
kelgan erkak va ayollar. Men har borganimda bir finjondan choy ichib, gaplashib 
zavqlanadigan, tez-tez kulib suhbatlashadigan insonlardir. Ideal qo’shningizni har 
eshitganingizda, unda bor bo’lgan va siz ularni qadrlaydigan xususiyatlar bilan sizni 
bog’laydi. Shunday qilib, o’zingizni inson sifatida kashf qilasiz. Bundan tashqari bu- 
hayotingizning 30 daqiqasini zavqli o’tqazishning bir yo’lidir.
Quyidagi ro’yhatda kimlar bilan qo’shni bo’lishni istashimni yozganman:
• 
Norman Vinset Piele, “Ijobiy fikrlashning kuchi” asari muallifi
• 
Genri Devid Toreau, buyuk Amerika faylasufi va mening eng sevimli - “Walden”
asarimning muallifi
• 
Baltazar Grasian, yahudiy olim, Ispaniyaning eng buyuk yozuvchilaridan biri
• 
Billie Holidey, mashhur jazz qo’shiqchisi
• 
Nelson Mandela, ozodlik kurashchisi
• 
Og Mandino, inson o’ziga o’zi yordam beruvchi asarlarning ,xususan, 
“Yashashning yaxshiroq yo’li”, “Koinot muvaffaqqiyati” muallifi
• 
Ona Tereza, insoniyatni qadrlovchi inson
• 
Richard Branson, britaniyalik magnat va sayohatchi
• 
Piere Elliot Trudeu, Kanadaning bosh vaziri
• 
Maylis Devis, afsonaviy truba cholg’uvchisi
• 
Muhammad Ali, dunyo boks chempioni
• 
Benjamin Franklin, mashur davlat arbobi
Hoziroq siz ham ko’changizda kimlar yashashini istashingizni yozib oling. So’ngra, 
ularni shu qadar qadrli qilgan sifatlar haqida o’ylang. Ana shu sifatlarni qanday qilib 
hayotingizga olib kirishingiz mumkinligini toping.Hayotingiz mohiyatini anglash 
yo’lidagi birinchi qadam uni aniqlashdir. O’zingiz xohlagan inson bo’lish yo’lidagi 
birinchi qadam esa siz orzuyingizdagi insonda bor bo’lgan xususiyatlarni topishdir.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling