31.
Muammolaringiz ro’yxatini tuzing
“Yaxshi yozilgan muammo - yarim yechilgan muammodir”, degan ekan Charles
Kettering. Agar siz muammolaringizdan birini bir varoq qog’ozga yozib qo’ysangiz
qandaydir muhim bir narsa sodir bo’ladi. Bunda xuddi sizni haftalar davomida qiynab
kelayotgan qiyinchiliklaringizni yaqin o’rtog’ingizga aytganingizda his qilgan hissiyotni
sezasiz. Yelkangizdan qandaydir yuk ag’dariladi. O’zingizni yanada yengilroq va
mustaqil his qilasiz.
Men bir narsaga amin bo’ldim: bizning miyamiz eng yaqin do’stimiz bo’lishi bilan
birga eng yomon dushmanimiz ham ekan. Agar siz muammolaringiz haqida o’ylashni
davom ettirsangiz, tez orada siz bu haqda kamroq o’ylayotganingizni his qilasiz.
Miyamiz bir sohada juda g’alatidir: yodimizda qolishini istagan narsamizni unutib
yuboradi. Lekin yodingizdan chiqarmoqchi bo’lgan narsalarni esdan chiqarmaydi.
Seminarlarimga kelayotgan ko’pgina tinglovchilarim ularga 15 yil oldin kimdir
tomonidan qilingan adolatsizlik haqida yoki o’tgan oyda sotuvchining qo’polligidan
asabiylashgani haqida gapirib berishadi.
Miyangizdan muammolaringiz yaratayotgan chalkashliklarni chiqarib tashlang, barcha
xavotirlaringizni bir varoq qog’ozga yozing. Agar shunday qilsangiz, sizdagi bor
energiyani kemirib, miyangizni yiringlatmaydi. Mana shunday oddiy mashq bilan
muammolaringizni o’z nuqtai nazaringizga qo’yasiz, ularni navbat bilan yaxshi
rejalashtirilgan ketma ketlikda hal qilasiz. Shunday usuldan foydalangan mashhur,
omadli insonlardan biri harbiy san’at ustozlari Brus Li va Vinston Cho’rchillar shunday
debdi: “Meni xavotirlantirayotgan narsalarning yarmini yozish ham yordam beradi.
Qolganlarning ikkitasi yo’qolib ketadi, yana ikkitasi bilan hech nima qilib bo’lmaydi.
Shunday ekan xavotirlanishning foydasi yo’q: va balki yana ikkitasi hal qilinishi
mumkin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |