Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

52.Toza muhit yarating
 
Haqiqiy muvaffaqiyatga erishish kaliti oddiygina sizning o’z dunyoyingizda
kechadigan o’y-xayollaringizdadir. Siz hayotingiz davomida etibor beradigan, 
o’ylaydigan ikir – chikirlar sizning taqdiringizni belgilaydi. Hayot bu amalga oshadigan 
bashorat, siz undan nimani kutsangiz o’shani olasiz. Helen Keller aytganidek, pessimist 
inson yulduzlarga qiziqmaydi, xaritada yo’q joylarga xayolan sayohat qilmaydi va 
inson qalbida yangicha olam kashf qilmaydi. Bunday hislarni his qilgan inson esa, baxtli 
bo’lish yo’lida birinchi qadamni qo’ygan bo’ladi. Yuqori natijalarga erishish uchun 
to’g’ri o’ylab, toza fikrlash zarur. Bu uchun siz avvalo shaxsiy tabiatingizni 
yaxshilashingiz kerak bo’ladi.
Mening San- Fransiskoda omma oldida qilgan nutqimdan so’ng, bir yoshi katta ayol 
oldimga asta keldida qo’limdan tutdi, -xuddi yaqin birin sonining qo’lini ushlagandek. 
Ko’zlarimga tik qarab aytdi: Janob Sharma men o’tgan bir soat davomida sizning
yaxshi yashash haqidagi ziyraklik bilan so’zlagan nutqingizga guvoh bo’ldim va men 
tamoman sizning aytganlaringizni maqullayman. Ko’p yillar davomida shuni 
angladimki, bizning atrofimizdagilar, kayfiyatimiz, o’ylarimiz va orzularimizning 
shakllanishiga xizmat qilyapti. Shuning uchun men uyimning har bir burchagida bir 
buket yangi uzilgan gullarni qo’yib qo’yaman. Mening pulim ko’p emas. Lekin bu 
shunday odatki, men busiz yashayolmayman. Bu ayol bilardi, “ asosiysi, pulni
nimagadir sarflash emas, balki nimaga sarflashdir”. O’zingizning tabitingizga
sinchiklab boqing. Sizning o’ylaringiz, siz muloqotda bo’ladigan insonlar, siz o’qigan 
kitoblar va siz har kunlik hayotingizda atrofdagilaringizga aytadigan so’zlaringiz 
ta’sirida shakllanyapti. Siz ishda vaqtingizni negativ insonlar bilan o’tkazasizmi? Agar 
shunday bo’lsa, ular oxir oqibat sizni negative va sorbet odamga aylantiradi. Siz 
uyingizda televizorda vahimali va shavqatsiz kinolarni ko’p ko’ryapsizmi? Agar
shunday bo’lsa, sizning miyyangiz beorom va tartibsiz bo’ladi. Sizning ish joyingiz 
yorqin va ranglimi? Kelayotgan haftada o’zingizning ish joyingiz va hayotingizni


50
yaxshi tomonga o’zgartirish uchun birinchi qadamni qo’ying. Siz yaqinda o’z 
dunyoqarashingizda va harakatlaringizda juda katta o’zgarishlarni ko’rasiz.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling