Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Tashvishlanish vaqtingizni belgilang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

12. 
Tashvishlanish vaqtingizni belgilang
 
“Ferrarisini sotgan rohib asari”ni yozganimdan so’ng, ko’pgina mushtariylarimdan 
xatlar yog’ila boshladi. Ularning barchasi asardagi darslar orqali stressga to’la zamonda 
baxt, to’la-to’kis va xotirjam hayotni yarata olganlardir. Xat yozganlarning ko’pchiligi 
hayotining ko’p vaqtini ofisga tashlab ketishi lozim bo’lgan xavotirlarni o’ylashga 
sarflab yuborardi. Ularning hayotlari juda ham band edi. Ular kulishni, sevishni, oilasi 
bilan zavqlanishni unutib qo’yayotgandi. Sababi, o’z ishlari ularni yeb bitirayotgan edi.
Ko’plab odamlar hayotining eng baxtiyor qismini doimiy xavotirlarni tinmasdan 
o’ylashga bag’ishlab yuborishadi. Ular ishi, turli soliqlar, tabiat, bolalari tog’risida 
xavotirga tushishadi. Ammo, barchamiz qalbimizning tubidan biz xavotirlanayotgan 
narsalarning ko’pi hech qachon hayotda bo’lmasligini bilamiz. Buni Mark Tvenning 
so’zlarida yaqqol ko’rishimiz mumkin: ”Hayotimda juda ko’p qiyinchiliklar bo’lgan, 
ammo ularning faqat ba’zilari haqiqiy hayotdagina sodir bo’lgan”. Mening donishmand 
dadam nasihatlari bilan hayotimga katta ta’sir o’tkazgan insondir. U bir kun menga 
shunday degan edi. “Sanskritning yo’qolib borish to’g’risidagi fikri uning xavotirlanish 
xarakteriga juda o’xshaydi.-Men hayratdaman,-dedim. –Hayratlanma,-dedi dadam. –Biz 
jasadni yondirayotgan paytdagi xavotirimiz bilan boshqa bir tiriklikni ham yondirib 
yuboramiz.
Men shaxsiy tajribamdan xavotirlanish odati inson hayotiga qanchalik zarar keltirishini 
yaxshi bilaman. Yigirma yoshligimda, men shiddat bilan bir qancha muvaffaqqiyatlarga 
erishgan edim. Mamlakatning eng mashhur huquq maktablaridan ikki marta huquqiy 
darajalarni oldim. Markaziy sudda kotib bo’lib ishladim va eng yuqori darajadagi 
advokatlikni qo’lga kiritdim. Lekin, men juda ko’p ishlar va juda - juda ko’p tashvishda, 
xavotirda yurardim. Dushanba kuni ertalab horg’in hissiyot bilan uyg’onardim. Ishim 
meni shaxs sifatida qo’llay olmasligini, iqtidorimni ishga bekorga sarflab 
yuborayotganimni o’ylardim. Shunday qilib, hayotimni o’zgartirishga, yaxshilashga 
qaror qildim. Buni qanday qilib inson o’ziga yordam qilishni o’rgatadigan va hayotda 
yetakchi bo’lgan adabiyotlarni o’qishdan boshladim. Tez orada, men ulardan hayotimni 
muvozanatda saqlay oladigan, xotirjamlikka to’la va ma’noli qiladigan qimmatbaho 
darslarni o’rgandim.
Xavotirlanaveradigan odatingizdan voz kechish uchun, men “Xavotirli tanaffus” deb 
nomlagan oddiy strategiyani topdim. Unda siz xavotirlanishingiz uchun kuningiz 
davomida maxsus vaqt ajratasiz. Agar biz muammolarga duch kelsak, kunimizning bor 
qismini shuni o’ylashga e’tiborimizni qaratamiz. Uning o’rniga men sizga har 
kechqurun xavotirlanishingiz uchun 30 daqiqalik vaqt-jadvalini tavsiya qilaman. Mana


16
shu tashvishlanish davrida, muammolaringizga ko’milib ketishingiz, ulardan 
tashvishlanishingiz 
mumkin. 
Lekin, 
ajratilgan 
vaqt 
tugaganidan 
keyin, 
muammolaringizni ortga tashlab ketishni o’rganing va biror samarali ish bilan 
shug’ullaning. Masalan, tabiat qo’yniga sayrga chiqing, ruhlantiruvchi kitoblar o’qing 
yoki yaqin insoningiz bilan qalbdan muloqot qiling. Agar kunning boshqa paytida 
tashvishlanishga muhtoj bo’lsangiz, buni biror daftarga yozib oling, sababi, keyinchalik 
yana xavotir tanaffusidan foydalanishingiz mumkin.
Ana shu oddiy lekin kuchli texnika siz xavotirlanishga sarflayotgan vaqtingizni
uzluksiz kamaytirishga va oxirida bu odatdan butunlay voz kechishga yordam beradi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling