Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Farzandingizdan o’rganing


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

13. 
Farzandingizdan o’rganing
 
Bir necha kun oldin, to’rt yoshli o’g’lim- Kolbi bilan kechki ovqatlanish uchun Italiyan 
oshxonasiga bordik. Kuzning eng chiroyli kunlaridan bo’lib, odatdagidek, o’glim baxt 
va kuchga to’la edi. Biz ikkalamiz ham asosiy taom sifatida pasta buyurtirdik va undan 
keyin yangi uzilgan issiqqina nondan tanavul qildik. Men bu vaqtda kichik o’g’lim o’z 
otasiga yana hayot san’atidan biror narsani o’rgatishini his qilardim.
Kolbi ulg’aygan bolalardek nonni shunchaki yeb qo’yib emas, balki boshqacharoq 
yo’sinda tanavul qildi. U nonning yumshoq va issiq qismlarini ajratib olib, chetki 
qismlarini butunligicha ajratib qo’ydi. Ya’ni, u nonning eng yaxshi qismini ajratib 
olishga aqli yetdi. Seminar darslarimda kimdir menga: “Bolalar o’smirlarga nisbatan biz 
o’rganishimiz kerak bo’lgan hayot-darslarini o’rgatishda kuchliroq bo’lishadi”,-degan 
edi. Ana shunday yaxshi kunda, mening kichkina-ulg’aygan o’g’lim menga yana bir 
narsani eslatdi. Biz hayotimiz davomida bizga yog’ilayotgan imkoniyatlar, yaxshi 
narsalardan ko’ra ko’proq hayotning salbiy, qiyin tomonlariga e’tibor qaratamiz. Biz 
ishda muammolarimizga, to’lashimiz kerak bo’lgan soliqlarga, qilishimiz kerak bo’lgan 
ishlarga vaqt topa olmayotganimizga bor e’tiborimizni qaratamiz. Biroq, bizning o’y- 
xayollarimiz - hayotimizni yaratadi va nima haqida o’ylasak shu narsa hayotimizga 
ko’chadi. Biz nimaga e’tibor qaratishimiz o’z manzilimizni belgilaydi. Shunday ekan
Yaxshi ishlarni o’ylashni boshlaylik.
Keyingi haftani bolangiz bilan o’tqazishni siz ham rejalashtiring. Bolangizni ijobiy 
xislatlarini o’rganishga vaqt toping. Ularning energiyaga to’la, xayolotga boy va
atrofida nima bo’lishidan qat’iy nazar shunday bo’lib qola oladigan qobilyatiga taqlid 
qiling. Shunday qilishni boshlaganingizda Leo Rostenning quyidagi fikrlarini eslang: 
“Siz eng yaxshi insonlarni agar siz ularga qaraganingizda - u qanchalik yaxshi taassurot 
qoldira oladigan bo’lmasin - ular xuddi yosh bolalardek ekanligini tushunib borasiz. 
Ko’pchiligimiz katta bo’lish jarayonida shunchaki bo’yimiz o’sib boraveradi. Ha, amin


17
bo’ling, biz kamroq kulamiz, kamroq o’ynaymiz, noqulay kiyimlar bilan niqoblannib 
olamiz. Ammo,ichki dunyoyimiz doimo bolalarcha bo’lib qoladi. Bizning ehtiyojlarimiz 
oddiy, bizning kunlik hayotimiz hali ham xuddi sehrli ertaklardagidek sodir bo’ladi”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling