Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
52.Toza muhit yarating
Haqiqiy muvaffaqiyatga erishish kaliti oddiygina sizning o’z dunyoyingizda kechadigan o’y-xayollaringizdadir. Siz hayotingiz davomida etibor beradigan, o’ylaydigan ikir – chikirlar sizning taqdiringizni belgilaydi. Hayot bu amalga oshadigan bashorat, siz undan nimani kutsangiz o’shani olasiz. Helen Keller aytganidek, pessimist inson yulduzlarga qiziqmaydi, xaritada yo’q joylarga xayolan sayohat qilmaydi va inson qalbida yangicha olam kashf qilmaydi. Bunday hislarni his qilgan inson esa, baxtli bo’lish yo’lida birinchi qadamni qo’ygan bo’ladi. Yuqori natijalarga erishish uchun to’g’ri o’ylab, toza fikrlash zarur. Bu uchun siz avvalo shaxsiy tabiatingizni yaxshilashingiz kerak bo’ladi. Mening San- Fransiskoda omma oldida qilgan nutqimdan so’ng, bir yoshi katta ayol oldimga asta keldida qo’limdan tutdi, -xuddi yaqin birin sonining qo’lini ushlagandek. Ko’zlarimga tik qarab aytdi: Janob Sharma men o’tgan bir soat davomida sizning yaxshi yashash haqidagi ziyraklik bilan so’zlagan nutqingizga guvoh bo’ldim va men tamoman sizning aytganlaringizni maqullayman. Ko’p yillar davomida shuni angladimki, bizning atrofimizdagilar, kayfiyatimiz, o’ylarimiz va orzularimizning shakllanishiga xizmat qilyapti. Shuning uchun men uyimning har bir burchagida bir buket yangi uzilgan gullarni qo’yib qo’yaman. Mening pulim ko’p emas. Lekin bu shunday odatki, men busiz yashayolmayman. Bu ayol bilardi, “ asosiysi, pulni nimagadir sarflash emas, balki nimaga sarflashdir”. O’zingizning tabitingizga sinchiklab boqing. Sizning o’ylaringiz, siz muloqotda bo’ladigan insonlar, siz o’qigan kitoblar va siz har kunlik hayotingizda atrofdagilaringizga aytadigan so’zlaringiz ta’sirida shakllanyapti. Siz ishda vaqtingizni negativ insonlar bilan o’tkazasizmi? Agar shunday bo’lsa, ular oxir oqibat sizni negative va sorbet odamga aylantiradi. Siz uyingizda televizorda vahimali va shavqatsiz kinolarni ko’p ko’ryapsizmi? Agar shunday bo’lsa, sizning miyyangiz beorom va tartibsiz bo’ladi. Sizning ish joyingiz yorqin va ranglimi? Kelayotgan haftada o’zingizning ish joyingiz va hayotingizni 50 yaxshi tomonga o’zgartirish uchun birinchi qadamni qo’ying. Siz yaqinda o’z dunyoqarashingizda va harakatlaringizda juda katta o’zgarishlarni ko’rasiz. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling