Hayvonlarning oziqlanishi va uning shakllari


Download 0.67 Mb.
bet5/6
Sana02.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1320016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu Hayvonlarning ozuqalanishi va uning shakllari

Zoofaglar orasida faqat mayda umurtqasizlar bilan oziqlanish keng tarqalgan. Bunday zoofaglar hasharotlarplankton qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, suv mollyuskalari kabilar bilan oziqlanadi. Yirtqich zoofaglar orasida kannibalizm hodisasi, ya’ni o’ziga o’xshash hayvonlar bilan oziqlanish uchraydi. Masalan, Balxash olabug’a balig’ining oziqasida uning chovoqchalari ko’proq nisbatni tashkil etadi. Kannibalizm hodisasi yirtqich qushlar orasida qonuniy ravishda bo’ladi, ya’ni bir avlod individlari har xil katta-kichiklikda bo’ladi va oziqa yetishmay qolsa yoki bo’lmasa, yirik individlari maydalarini (nimjon) yeydi. Ba’zan oziqa umuman bo’lmay qolsa, ota-onalari o’z bolalarini yeydi. Kannibalizm hasharotlar orasida ham uchrab turadi. Masalan, chivinlarning harakatchan lichinkalari kam harakat lichinkalarni tutib yeydi yoki harakatchan pigmentli lichinkalar o’zaro bir-birini ko’plab nobud qiladi. Hayvonlarda oziqlanish usuli tarixiy rivojlanish jarayonida ularning tanasini tuzilish xususiyatlari va funksiyalarida chuqur iz qoldirgan. Oziqa topish usuli birinchi navbatda hayvonning o’troq yoki harakatchan hayot kechirish tarziga bog’liq. Shuningdek, hayvonning yakka yoki guruh bo’lib yashashi ham ma’lum ahamiyatga ega. Umuman olganda, oziqlanish - bu organizmni muhit bilan bog’lanishning asosiy yo’li hisoblanadi va ushbu jarayon hayvonning morfo-fizologik va ekologik xususiyatlarini (belgilarini) shakllanishida, asosiy hal qiluvchi omil bo’lmasa ham, har holda chuqur iz qoldiradi. Birinchi navbatda, oziqlanish xarakteri fermentlar turi va uning ajralish xususiyatlari bilan bog’liq.

Zoofaglar orasida faqat mayda umurtqasizlar bilan oziqlanish keng tarqalgan. Bunday zoofaglar hasharotlar, plankton qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, suv mollyuskalari kabilar bilan oziqlanadi. Yirtqich zoofaglar orasida kannibalizm hodisasi, ya’ni o’ziga o’xshash hayvonlar bilan oziqlanish uchraydi. Masalan, Balxash olabug’a balig’ining oziqasida uning chovoqchalari ko’proq nisbatni tashkil etadi. Kannibalizm hodisasi yirtqich qushlar orasida qonuniy ravishda bo’ladi, ya’ni bir avlod individlari har xil katta-kichiklikda bo’ladi va oziqa yetishmay qolsa yoki bo’lmasa, yirik individlari maydalarini (nimjon) yeydi. Ba’zan oziqa umuman bo’lmay qolsa, ota-onalari o’z bolalarini yeydi. Kannibalizm hasharotlar orasida ham uchrab turadi. Masalan, chivinlarning harakatchan lichinkalari kam harakat lichinkalarni tutib yeydi yoki harakatchan pigmentli lichinkalar o’zaro bir-birini ko’plab nobud qiladi. Hayvonlarda oziqlanish usuli tarixiy rivojlanish jarayonida ularning tanasini tuzilish xususiyatlari va funksiyalarida chuqur iz qoldirgan. Oziqa topish usuli birinchi navbatda hayvonning o’troq yoki harakatchan hayot kechirish tarziga bog’liq. Shuningdek, hayvonning yakka yoki guruh bo’lib yashashi ham ma’lum ahamiyatga ega. Umuman olganda, oziqlanish - bu organizmni muhit bilan bog’lanishning asosiy yo’li hisoblanadi va ushbu jarayon hayvonning morfo-fizologik va ekologik xususiyatlarini (belgilarini) shakllanishida, asosiy hal qiluvchi omil bo’lmasa ham, har holda chuqur iz qoldiradi. Birinchi navbatda, oziqlanish xarakteri fermentlar turi va uning ajralish xususiyatlari bilan bog’liq.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling