HAYVONLARNING QON AYLANISH ORGANLARI EVOLUTSIYASI
(UMURTQALI HAYVONLAR)
Qon aylanish sistemasining evolutsiyasida asosan 3 ta bosqich ko‘zga tashlanadi.
1. Yurakning paydo bo‘lishi va yurak kameralari sonining ortishi.
2. Qon aylanishining ikkita – katta va kichik doirali bo‘lishi.
3. Yurakning chap arterial va o‘ng venoz bo‘laklarga ajralishi.
HAYVONLAR
YURAKNING TUZILISHI
QON AYLANISH DOIRALARI
BOSHSKELETSIZLAR
Yuragi rivojlanmagan.
Qorin aortasi yurak
vazifasini bajaradi.
Qon aylanishi 1 doirali, yopiq
Qorin aortasida venoz qon tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin
aortasi jabra
arteriyalariga tarmoqlanib, jabraga boradi.
Shuni
ta’kidlash kerakki, bularda jabra arteriyalari kapillarlarga
bo‘linmaydi. (YANGI TEST)
Jabrada qon kislorodga to‘yinib,
orqa aortaga quyiladi.
Orqa aortadan arteriyalarga, ulardan kapillarlarga o‘tib, to‘qimalarni
kislorod va ozuqa bilan ta’minlaydi. Ichki a’zolardan va ichakdan yig‘ilgan
qon jigarda tozalanib,
qorin aortasiga quyiladi.
BALIQLAR
Yuragi
2 kamerali,
bitta
bo`lmacha va bitta qorinchadan
iborat.
Yuragida
faqat venoz qon
oqadi
Qon
buyrak, taloqda ishlab
chiqariladi
Qon bo‘lmachadan →
qorinchaga, qorinchadan →
qorin aortasiga unda →
4 juft jabra arteriyalariga →
jabraga boradi.
(YANGI TEST)
Lansetnik dan farq qilib, baliqlarda
jabra arteriyalari kapillarlarga
tarmoqlanadi.
Qon
jabrada kislorodga to‘yinib →
orqa aortaga, so‘ngra to‘qima va
a’zolarga
tarqaladi